Satr qismini o‘chirish funksiyasi
Satr qismini o‘chirish uchun quyidagi funksiyani ishlatish mumkin:
erase(unsigned int pos=0,unsigned int n=npos);
Bu funksiya, uni chaqiruvchi satrning pos o‘rnidan boshlab n ta belgini o‘chiradi. Agarda pos ko‘rsatilmasa, satr boshidan boshlab o‘chiriladi. Agar n ko‘rsatilmasa, satrni oxirigacha bo‘lgan belgilar o‘chiriladi:
string s1,s2,s3;
s1=”0123456789”;
s2=s1;s3=s1;
s1.erase(4,5); // s1=”01239”
s2.erase(3); // s2=”012”
s3.erase(); // s3=””
void clear() funksiyasi, uni chaqiruvchi satrni to‘liq tozalaydi.
Masalan:
s1.clear(); //satr bo‘sh hisoblanadi (s1=””)
Do'stlaringiz bilan baham: |