Satrlar qismlarini solishtirish uchun compare funksiyasi ishlatiladi:
int compare(const string &str)const;
int compare(unsigned int pos1,unsigned int n1, const string & str)const;
int compare(unsigned int pos1,unsigned int n1, const string & str,unsigned int pos2,
unsigned int n2)const;
Funksiyaning birinchi shaklida ikkita satrlar to‘la solishtiri-ladi: funksiya manfiy son qaytaradi, agar funksiyani chaqiruvchi satr str satrdan kichik bo‘lsa, 0 qaytaradi agar ular teng bo‘lsa va musbat son qaytaradi, agar funksiya chaqiruvchi satr str satrdan katta bo‘lsa.
Ikkinchi shaklda xuddi birinchidek amallar bajariladi, faqat funksiya chaqiruvchi satrning pos1 o‘rnidan boshlab n1 ta belgili satr osti str satr bilan solishtiriladi.
Uchinchi ko‘rinishda funksiya chaqiruvchi satrning pos1 o‘rnidan boshlab n1 ta belgili satr qismi va str satrdan ros2 o‘rnidan boshlab n2 ta belgili satr qismlari o‘zaro solishtiriladi.
Misol:
Do'stlaringiz bilan baham: |