Bitiruvchi talabaning reglament ishini bajarish layoqati, mahsus adabiyotlardan foydalanish qobiliyati va shaxsiy xususiyatlari: X.Yuldasheva o’ziga topshirilgan vazifani bajara oldi, mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni o’rganib, laboratoriya sharoitida igna bargli o’simliklardan efir moylarini ajratib olishni o’rgandi.
Bitiruv malakaviy ilmiy ishning ijobiy tomonlari: Talaba efir moylarini ajratib olib tozalashda erituvchi sifatida petroley efiri va etil spirtini qo’llagan va bu erituvchilarning efir moylarini ajratib olib tozalashdagi xususiyatlarini o’rgangan. Shu bilan birgalikda tajriba reglamentini iqtisodiy jixatdan tejamkor qilib yaratib, ishchilarni ish bilan ta’minlash kabi masalalarni ham bajara olgan. Bitiruv malakaviy ilmiy ish talablar asosida qilingan.
Bitiruv malakaviy ilmiy ishga qo’yilgan talablarning bajarilish darajasi: J.Satimovning bitiruv malakaviy ishi mazmuni, dolzarbligi, ilmiy va amaliy ahamiyati jihatidan bitiruv malakaviy ilmiy ishlariga qo’yiladigan talablarga javob beradi va uni himoyaga tavsiya qilish mumkin.
Bitiruv malakaviy ilmiy ish rahbari: Yusupova M.O’.
2022 yil «___» _________________
4-ilova Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti Oziq-ovqat texnologiyasi ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi Yuldasheva Xayitjonning “Ignabargli o’simliklardan efir moyi ajratib olishning laboratoriya tajriba reglamentini yaratish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ilmiy ishiga T A Q R I Z Malakaviy ish mavzusi: “Ignabargli o’simliklardan efir moyi ajratib olishning laboratoriya tajriba reglamentini yaratish”
Malakaviy ilmiy ishning hajmi _______________so’zdan iborat
a) tushuntirish qismi varaqlar soni:______________sahifadan iborat
b) ilovalar soni:______________________________________________
Bitiruv malakaviy ilmiy ish mavzusining dolzarbligi va berilgan topshiriqqa mosligi: Xalq xo’jaligini turli sohalarida xilma-xil ta'sir quvvatiga ega bo’lgan efir moddalarga bo’lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda. Yangi o’simlik va hayvon turlarini aniqlash va ularni ma'lum tizimga solib foydalanish imkoniyatlarini izlab topish dolzarb masalalardandir.
Respublikamizda o’sadigan archa o’simligining tarkibida inson organizmi uchun zarur bo’lgan biologik faol moddalar mavjud. Ta'sir kuchi juda kuchli bo’lgan va tanlab ta'sir ko’rsatuvchi dorivor moddalar to’plovchi o’simliklarni o’rganish, ulardan turli xil xom- ashyolar olish va laboratoriya sharoitida ajratib olingan moddalarni xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llash muhim vazifalardan biridir. Igna bargli o’simliklardan olinadigan efir moylari siydik haydashda, suyak kasalliklarida va jarohatlarni davolashda antiseptik preparat sifatida ishlatiladi. Shularni e’tiborga olgan holda talaba Xorazm hududida o’sadigan igna bargli o’simliklardan efir moylarini ajratib olishni o’rgangan.