SARVINING (CUPRESSUS SEMPERVIRENS L.) MORFOBIOLOGIK
XUSUSIYATLARI VA URUG‘ UNUVCHANLIGINI ANIQLASH
Isaqov Tohirjon Tursunboy o‘g‘li
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
“Dorivor va ziravor o‘simliklar” kafedrasi assitsenti, Andijon viloyati, O‘zbekiston
Ochiq urug‘lilar qadimiy o‘simliklar bo‘lib, yuqori devonda (320- 350 mln yil) paydo bo‘gan va mezozoy erasida (200 mln yil) juda yaxshi rivojlangan. Ularda gulining bo‘lmasligi, tanasining sodda tuzilishi, urug‘ xosil qilib, shu urug‘lar yordamida ko‘payishi, urug‘ning urug‘kurtakda xosil bo‘lishi, shuningdek, hamma turlari daraxt va butalardan iborat bo‘lishi, o‘tchil o‘simlik turlarining bo‘lmasligi bilan farq qiladi [1].
Sarvi bir uyli doimiy yashil o‘simlik. Cupressus sempervirens O‘rtayer dengizi Malaya arxipelagi, Old Osiyo Avg‘onistonda tarqalgan. Sarvi 25-30 metr balandlikdagi daraxt, ba’zan 45 metrgacha yetadi. Asosiy poya xosil qiladi [2].
Bir uyli o‘simlik. SHarsimon qubbalari mavjud bo‘lib, unda changchi gullari shakllanadi. Urug‘chi gullari tupgul qubbada joylashgan. SHakllangan qubbalari ikkinchi yilda yetiladi. Urug‘i qizil-qo‘ng‘ir rangli bo‘ladi.
Turli olimlarning fikricha kiparis turkumida 14 tadan 25 tagacha tur bor deyiladi.
Sarvining po‘stlog‘idan turli xil dorivor maxsulotlar olinadi. Maxsulot o‘simlikning gullash paytida tayyorlanadi. O‘simlik tarkibida tanin, flavanoid, proantotsianidollar, diterpen kislotalari, efir moylari mavjud [3].
Kiparisning efir moyi yevropada 1672 yildan ma’lum. Xozirgi paytda efir moyi bronxial, antiseptik, spazmolitik va shamollashga qarshi kasalliklarni davolashda foydalanilmoqda.
Kiparis qubbasining damlama va qaynatmalari gemmoray, varikoz, patogon, siydik xaydovchi, yaralarni bitishida keng foydalaniladi.
Xalq tabobatida sarvining novdalari va qubblaridan tayyorlangan vannalar qon tomir tizimi kasalida, yangi uzilgan bargi esa teri kasalligini davolashda ishlatiladi.
Kiparisdan tayyorlangan dori shakllari qon bosimida, infark asoratida, tromboflebit kasallarida foydalanish tavsiya etilmaydi. Kiparis fungitsidli ta’sirga ega, xidi turli xasharotlarni o‘ldiradi. Kiparis poyalaridan qurilishda, mebelsozlikda va boshqa qurilish maxsulotlarini tayyorlashda foydalaniladi.
Daraxtni o‘stirish uchun 8 dan 10 °C gacha harorat me’yoriy xisoblanadi, yoz mavsumida tik tushadigan yorug‘likdan va kuchli shamol saqlash lozim.
Tadqiqotlarda SHarq saurining urug‘ unuvchanligini xona sharoitida sharoitda olib borildi. Xona sharoiti muxitida Petri likopchasida 3 dona namlangan qog‘oz ustiga 25 donadan Cupressus sempervirens ning urug‘lari ekildi. Tadqiqotlar 3 xil muddatda fevral, mart va aprel oylarida o‘tkazildi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |