Milliy va umummadaniy kompetensiya:
umuminsoniy va milliy qadriyatlarni e’zozlash, orasta kiyinish.
O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI
Dars turi:
|
aralash yoki kombinatsiyalashgan: shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi
|
Dars metodi:
|
“Aralash”,“Interfaol metodlar”, “Guruhlarda ishlash”, “Ushbu matnda qanday so’z yetishmayapti?”, “Aqliy hujum”
|
Dars jihozi:
|
darslik, ko’rgazmali va didaktik materiallar, proyektor, AKT
|
DARSNING BLOK CHIZMASI:
№
|
DARS BOSQICHLARI:
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi
|
3 daqiqa
|
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
Takrorlash, mustahkamlash,
yangi mavzu bilan bog’lash
|
8 daqiqa
|
3
|
Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
14 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Dars yakuni va baholash
|
G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi
|
2 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism.
O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.
1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:
1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:
O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
“Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzu bo’yicha qisqacha ma’lumot berishadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:
“Sariq devni minib”, “Sariq devni o`limi” romani kirmagan xonadon, uning qahramonlari bilan do`stlashmagan bolalar bo`lmasa kerak. Buning boisi, yozuvchi bolalar adabiyotiga hayotni haqqoniy tasvirlash bilan o`z o`quvchisini voqealarga ishontira olgani bilan boshqa ijodkorlar farq qiladi.
“Xudoyberdi akaning tabiatida o`zi qandaydir mo`jaz, yaxshi ma’noda bolalik bor” – deydi yozuvchi Shukur Xolmirzayev.
Ayni shu - yaxshi ma’nodagi bolalik, bolalarcha soddalik, samimiyat, kattalar tajribasi, bilimini ko`ngilga jo etgan holda hayot hodisalarini bolalarcha idrok etish tuyg`usi bo`lmaganida balkim X.To`xtaboyev bolalar qalbiga yo`l topa olmasdi.
1.Bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To`xtaboyev haqida nimalarni bilasiz?
2.Yozuvchining qanday asarlarini o`qigansiz?
3.Bolalar hayotinin ularning sarguzashtlarini hikoya qiluvchi qanday asarlarni bilasiz?
SHAYTONNING YELKASIGA IGNA SANCHDIM
Bir jihatdan olib qaraganda, oyim uyga kiritmay to‘g‘ri ish qilgan ekan. Nega desangiz, o‘sha paytlarda men sehrli qalpoq axtarib egasi ko‘chib ketgan hovlilarni, go‘ng tepalarni, eski-tuski kiyim-boshlar tashlanadigan burchak-surchaklarni tintuv qilib yurgan edim. Bir oy avval Qashqir qishloqda turadigan buvim biznikiga mehmonga kelib, sehrli qalpoq haqida ertak aytib beruvdi. Qalpoqni kiyib olgan azamat yigit biram ishlar qiladiki, biram qahramonliklar ko‘rsatadiki, agar eshitsangiz, og‘zingiz ochilib qoladi. U hammani ko‘rib turadi. Uni esa hech kim, eng ko‘zi o‘tkir odamlar ham ko‘rolmaydi.
- Buvi, buvijon, o‘sha qalpoqning rangi qanaqa? - deb so‘radim hovliqib.
- Oq jundan to‘qilgan.
- Uni qayerdan topsa bo‘larkin?
- O‘sha qahramon qarib-chirib o‘layotganda qalpoqni shu atrofdagi hovlilardan biriga yashirib ketgan, bolam.
- Topsa bo‘larmikan?
- Nega bo‘lmas ekan. Izlasang, albatta topasan, o‘g‘lim.
Xullas, o‘sha kechadan buyon oromimni yo‘qotganman. Kechasi-yu kunduzi tinim bilmay sehrli qalpoq axtaraman. Ishonsangiz, izlamagan joyim qolmadi. Faqat eski qishloqning chekkasidagi tashlandiq bir uy qolgan, xolos. Bu hovli kimniki - hech kim bilmaydi. Hatto, oyim ham aniq bir narsa ayta olmadi.
Kechqurun uyga kirishdan mahrum bo‘lgach, oyim aytyapti deb, qo‘shnimizdan ikkita nonni qarzga oldim-da, qorong‘i tushishi bilan o‘sha hovli tomon yo‘l oldim. Tashlandiq uydan xunugi bo‘lmas ekan. Qaysi burchakka qaramang, ajinami, alvastimi ko‘zini lo‘q qilib menga baqrayib turganga o‘xshaydi. Hatto nazarimda ikki marta bo‘ri ham ko‘ringandek bo‘ldi. Keyin bundoq sinchiklab qarasam, ikkovi ham mushuk ekan. Men titkilamagan burchak qolmadi. Teshikki bor, hammasiga qo‘l suqib ko‘rdim...
Bir mahal charchab, suvsab, holdan toyib o‘tirib qolibman. Mudray boshladim. Yo‘q, men uxlamasligim kerak, dedim o‘zirtiga o‘zim. Keyin shartta o‘rnimdan turib sal ichkariroq kirdim. Molxona bo‘lsa kerak, oxurda bir to‘p latta yotibdi. Orasini titkilagan edim... topdim, ishonasizmi, topdim, xuddi o‘shaning o‘zi! Oq mayin jundan, chekkasiga ipakdan chiroyli hoshiya tikilgan!
- Salom, qalpoqcham! - qichqirib yubordim.
- Salom, Hoshimjon! - degan ovoz eshitildi.
- Men seni axtarib yuruvdim.
- Men seni kutib yotuvdim...
Boshimga ildim-u uy tomon qush bo‘lib uchdim. Axir men uning chinakam sehrli qalpoq ekanligini sinab ko‘rishim kerak edi-da
Siz turli-tuman qiziqarli hodisalarga boy sarguzasht asarlarni ozmi-ko‘pmi o‘qigansiz, albatta. Aslida sarguzasht deb boshdan kechirilgan voqealarga aytiladi, biroq adabiy asardagi har qanday voqeani ham sarguzasht deyish mumkin emas. Sarguzasht asarda favqulodda qiziq va g‘aroyib voqealar, o‘quvchini hayajonga soladigan tasvirlar, kechinmalar ko‘p bo‘ladi. Bunday asar kishini doim hayajonda ushlab turadi, uni o‘qiganingizda bu yog‘i nima bo‘larkin deya qiziqishingiz ortib boradi. Jonatan Sviftning «Gulliverning sayohatlari», Daniel Defoning «Robinzon Kruzo», Jyul Vernning «O‘n besh yoshli kapitan» kabi kitoblari ana shunday asarlardandir. Ularda qahramonlar ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqealarni boshdan kechiradilar, dahshatli to‘siqlarga duch keladilar. Bunday asarlarda biroz mubolag‘a, biroz fantastik tasvir ustunlik qilgani tufayli ularni muxlislar boshdan oxir hayajon bilan o‘qiydi.
O‘zbek adabiyotida ham qahramonlar hayoti sarguzashtli kechadigan asarlar anchagina. Jumladan, Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonini sarguzasht asarning mukammal namunasi desa bo‘ladi. Unda Farhodning Axraman devni yengishi bilan bog‘liq voqealar, Yosuman kampir kirdikorlari haqiqiy sarguzasht asarga xos tarzda tasvirlangan.
Keyingi davr adabiyotimizda yaratilgan asarlar, jumladan, Siz yuqorida tanishgan Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» romani ham sarguzasht usulida bitilgan asar hisoblanadi. Unda 6-sinf o‘quvchisi Hoshimjon Ro‘ziyevning qilmishlari juda qiziqarli voqealar asosida hikoya qilinadi. Bu asarda fantastik va detektiv holatlar uyg‘unlashgan tarzda ifoda etilgan. Garchi asarda real voqealar tasvirlanayotgan bo‘lsa-da, undagi fantastik, detektiv unsurlar romanni hayajon bilan o‘qilishini ta’minlaydi.
Sarguzasht asarlar qiziqarli bo‘lishi, ajoyib-g‘aroyib voqealarga boy bo‘lishi tufayli kitobxon dunyoqarashini, fantaziyasini o‘stirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham Sizlarga vaqt-vaqti bilan sarguzasht asarlarni o‘qib turishni maslahat beramiz.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Og’zaki savol-javob.
Yo'l qo'yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil va qisqacha xulosa qilinadi.
V. Dars yakunlarini chiqarish
1 . O'quvchilarda paydo bo'lgan savollarga javob berish;
2. Baholarni e'lon qilish.
3.O’quvchilar aytib o’tgan fikrlari to’planib tahlil va xulosa qilinadi va darsning eng so’nggi xulosasi chiqariladi
VI. Uyga vazifa
M avzu yuzasidan darslikda berilgan savollarga javob topish.
Do'stlaringiz bilan baham: |