YUMB va kolloid eritmalarning sifatini baholash
Tayyorlangan YUMB va kolloid eritmalar sifatini baholash qolgan dori shakllaridagi kabi,
ya‘ni xujjatlar (pasport, retsept) tekshiriladi. YOrliqlarning rangi, eritma hidi, mexaniq
zarrachalarning bor-yukligi, hajmiy chetlanishi tekshiriladi. Eritmalarda loyqalanish kuzatilishi
mumkin.
11 - Ma‘ruza.
MAVZU 11.
Suspenziya dori shakli sifatida. Suspenziya turg‗unliligiga
ta‘sir etuvchi omillar.
Ma‘ruza maqsadi:
Suspenziya ta‘rifi, xosil bo‘lish yo‘llari va umumiy texnologiyasi.
Suspenziya turg‘unligiga ta‘sir etuvchi omillar (flokulyasiya, sedimentasiya, zarrachalarning
cho‘kish tezligi, zarrachalar o‘lchamining kattalashuvi)
Reja:
1. Suspenziyalar dori turi sifatida.
2.Suspenziyalar ta‘rifi, hosil bo‘lish yo‘llari.
3.Stabilizatorlar, suspenziyalarni stabillashsharoitlari.
4.Gidrofil va gidrofob moddalardan suspenziyalartayyorlash.
5.Suspenziyalar turg‘unligiga ta‘sir etuvchi sabablar.
6.Suspenziyalar sifatini aniqlash.
Tayanch atama va iboralar:
flokulyasiya, sedimentasiya, zarrachalarning cho‘kish
tezligi, zarrachalar o‘lchamining kattalashuvi.
Suspenziyalar - mikrogeterogen sistema bo‘lib, qattiq dispers faza va suyuq dispers
muxitdan iborat. qattiq moddalarning suspenziyadagi zarrachalar kattaligi 0,1 dan — 1 mkm
gacha, ko‘pol dispers suspenziyalarda 1 mkm dan ortiq. Dorixona amaliyotida ko‘pincha
suspenziya holida beriladigan dorilar qattiq moddalar bo‘lib, suvda juda kam eriydigan yoki
amalda erimaydigan preparatlardan tashqil topadi. Suspenziya hosil bo‘lishidagi asosiy omil
eruvchanlik bo‘lib, shu xususda moddalar eruvchanligini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan quyidagi
hollarda ham suspenziya hosil bo‘ladi.
Suspenziya lotincha dispergere tarqalmoq so‘zidan olingan bo‘lib, qattiq faza zarrachalari
dispers muxitda osilma holida tarqalgan bo‘ladi.
Dispers faza dispers muhitda erimasa
Eritma tarkibidagi modda miqdori eruvchanlik chegarasidan ortiq bo‘lsa.
Ikki xil tabiatli erituvchining qo‘shilishidan moddaning eruvchanligi
yomonlashsa.(Zarracha yiriklashi kuzatilada)
Eritmada erigan moddalarning kimyoviy reaksiyasi natijasida erimaydigan yangi
modda yuzaga kelsa.
Suspenziya tarkibida asosan ichishga mo‘ljallangan dori moddalar bo‘lib, bu dori turlari
murakkab tarkibli suyuq dorilar qismida ko‘p uchraydi va ularni amaliyotda mikstura deb ham
yuritiladi. Miksturaning suspenziya turi sifatida ahamiyati shundaki, suvda erimaydigan dori
moddalar yuqori darajada disperslangan (maydalangan) bo‘lib, kukunlarga nisbatan organizmga
tezrok so‘riladi va samarali davolash xususiyati bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |