So’ngra vazеlindan 0,5 mеntol eritiladi. Qizdirilgan havonchada 1,0 dеrmatol 0,5 g mеntol
eritiladi. Hosil bo’lgan aralashma olib qo’yiladi va shu havonchada 0,3 g novokain 1,5 ml suvda
eritiladi. Eritmaga 3,5 g suvsiz lanolіn qo’shib yaxshilab aralashtiriladi,
toki suvni shimib
olguncha, so’ngra avval tayyorlab qoyilgan surtma dori bilan aralashtiriladi, bir xil massa hosil
bo’lguncha. Tayyor surtma dori idishga solinadi va jihozlanadi.
Talabalarini o‘zlashtirishini tekshirish:
Test nazorat savollari.
1.Surtma dori shakliga to’g’ri ta’rif keltirilgan qatorni toping.
- bir yoki bir necha dori moddalarni moy yoki moysimon moddalar
bilan aralashtirib
tayyorlangan yumshoq dori shaklidir.
-quyuq suyuqlik bo’lib, sirtga qo’llash uchun belgilangan va teri haroratida eriydigan dori
shaklidir.
- bir-birida juda kam yoki mutlaqo erimaydigan suyuqliklarni maxsus ishlash yo’li bilan olingan
dori shaklidir.
- dispers sistema bo’lib, tarkibiga ko’ra dispersion muhit va dispers fazadan iborat dori shaklidir.
2. Agar retseptda surtma dorilarni konsentratsiyasi ko’rsatilmagan bo’lsa,
u holda necha foizli qilib
tayyorlab beriladi?
- 10 %;
- 15 %;
- 1 %;
- 20 %;
3. Asoslarning xususiyatiga ko’ra qanday tayyorlanadigan surtma dorilar bor?
- A, B, V javoblar to’g’ri.
- gidrofob asoslarda
tayyorlanadigan surtma dorilar;
- gidrofil tipidagi asoslarda tayyorlanadigan surtma dorilar;
- emulsiya asoslarda tayyorlanadigan surtma dorilar;
4. Dispers sistemasining xususiyatiga ko’ra surtma dorilar qanday guruhlarga bo’linadi?
- gomogen va geterogen;
- eritma tipidagi surtma dorilar;
- emulsiya
tipidagi surtma dorilar;
-hammasi to’g’ri
5. Surtma dorilar tasnifi-
- hammasi to’g’ri;
- tarkibi bo’yicha va konsistensiyasi bo’yicha;
- dispers sistemasining xususiyatiga ko’ra;
- ta’sir ko’lami bo’yicha.
6. Dispers sistemasining xili bo’yicha surtma dorilar...
- gomogen va geterogen bo’ladi;
- qovushqoq va suyuq bo’ladi;
- ko’p tarkibli va bir xil tarkibli bo’ladi;
- ko’z uchun, rektal va burun uchun bo’ladi.
7. Gomogen surtmalarni qanday tiplari bor?
- qotishma, eritma, ekstraksion;
- osilma,
ekstraksiya, aralash;
- qotishma, osilma, aralash;
- ekstraksion, osilma, emulsion;
8. Surtma dori shakli tayyorlashda ishlatiladigan asoslarga qo’yilgan talablar.
- hamma javoblar to’g’ri;
- qo’llash maqsadiga muvofiqligi va yumshoq konsistensiyasi;
- biologik bezararligi va mikroblarga qarshi turg’unligi;
- fizikaviy va kimyoviy turg’unligi va neytral muhiti. Surtilgan joyidan yengil artilishi.