―Texnologiya‖ grekcha so‘z bo‘lib ―techne‖- san'at,
moxirlik, ustalik va ―logos‖- ta'limot,
bilim demakdir. ―Dori texnologiyasi‖ - bu to‘g‘ridan to‘g‘ri dori tayyorlash texnikasini
moxirlik, ustalik va san'atkorlik bilan o‘rganish demakdir.
Davlat farmakopeyasi (DF) dorivor moddalar sifatini belgilovchi
majburiy mnumdavlat
standaratlari va ko‘rsatmalarining yig‘indisini o‘z ichiga oladi. Dorilar tayyorlash,
sifatini
aniqlash, saqlash va berishda DF asosiy qo‘llanma xisoblanadi. Farmakopeya grekcha so‘z
bo‘lib, ―pharmacon‖- dori yoki zaxar, ―poeio‖ - tayyorlash demakdir.
Farmakopeya katta
axamiyatga ega bo‘lgan dorivor moddalar sifatini nazorat qilish va ayrim dori turlarini tayyorlash
qoidalarini o‘z ichiga oladi.
Manuallar (lotincha Manuale- qo‘llanma) farmakopeyaga kiritilmagan turli dorilami va
tibbiyotda qo‘llaniladigan bir qancha moddalami o‘z ichiga oladi.
Manuallarda dorilami
tayyorlash va qo‘llash usullari ham qisqacha bayon etiladi.
Farmakopeya va manuallardan tashqari, farmatsiyaga oid bir qancha
adabiyotlar:
ma'lumotnoma, axboratnoma va farmatsevtik jumallar nashr etiladi.
Dorixona sharoitida dozalarga bo‘lishning 3 xil usuli qo‘llaniladi:
Tortib olish, o‘lchash;
Xaj m bo ‘ yicha о ‘ lchash;
Tomchi bo‘yicha o‘lchash.
Bulardan eng ко ‘p ishlatiladigani tortib olish usuli xisoblanib, u j uda keng qo ‘ llaniladi. -
Dorixona sharoitida asosan qo‘l- va ppsqngili tarozilar qo‘llaniladi. Ular. q‘zining miqligi
bo‘yicha ikkinchi sinf texnik tarozilar qatoriga kiradi. Qo‘l tarozilar lg, 5 g, 10 g, 20 g, 100 g va
200 g, posongili tarozilar 500 g va 1000 g li bo‘ladi.
Tarozining metrologik tavsifi uning turg‘unligi ishonchliligi, sezgirligi va doimiyligi kabi
ko‘rsatkichlami o‘z ichiga oladi.
Turg‘unligi - bu tarozi elkasini muvozanat holatidan chiqib ketib 4-6
marta
harakatlangandan keyin yana dastlabki muvozanat xolatini egallashga aytiladi.
Ishonchliligi- bu tarozini o‘lchanadigan modda va tosh o‘rtasidagi muvozanatiga aytiladi
(tosh bilan o‘lchanadigan moddani almashtirib qo‘ygan xolatda ham birinchi muvozanat xolatini
ko‘rsatishiga aytiladi).
Doimiyligi - bu tarozining bir xil sharoitda birorta moddani bir necha marta o‘lchaganda
ham, bir xil ko‘rsatkichni ko‘rsatishiga aytiladi.
Sezgirligi - bu tarozining juda kichkina og‘irlikni sezib, o‘z muvozanat xolatidan chiqib
ketishiga aytiladi.
Og‘irlik o‘lchov birligi qilib kilogramm qabul qilingan.
Kilogramm platina - irridiy
qotishmalaridan tayyorlangan silindrsimon massa. Dorixonada ikkinchi sinf texnik toshlar
qo‘llaniladi. Ularga may da (milligramm) - 10 mg dan 1000 mg gacha va yirik (grammli) - lg dan
200 g yoki 500 g gacha bo‘lgan toshlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: