bilan o‘rab olinib, bo‘laklarga bo‘linishidan dalolat beradi. Birlamchi emulsiya hosil bo‘lgandan
keyin, yana bir marta yaxshi aralashtirib, qolgan suvni oz-ozdan qo‘shiladi. Emulgirlash davrida
hovoncha dastasini "spiral" ravishda faqat bir tomonlama harakatlantirish kerak. yog‘ tomchilari
bu paytda ip shaklida cho‘zilib, ximoya parda bo‘laklarga bo‘linadi. Agar emulgirlash davrida
hovoncha dastasini har tomonlama harakatlantirsak, emulsiya hosil bo‘lishi ancha sustlashadi.
Hovonchaga har doim birinchi bo‘lib emulgator, keyin esa yog‘ olinadi. YUmaloqlangan narsa
hosil bo‘lmasligi uchun emulgator va hovoncha quruq bo‘lishi kerak. yog‘ bilan suvning kerakli
miqdori olingan vaqtdagina emulgator emulgirlash ta‘sirini ko‘rsatadi. Agar yuqorida aytilgan
shartlarga e‘tibor berilmasa, emulsiya turg‘un bo‘lmaydi yoki butunlay hosil bo‘lmasligi
mumkin. Ayniqsa "birlamchi emulsiya" hosil bo‘lmasdan qolgan suvni qo‘shish mumkin emas.
Agar emulsiya hosil bo‘lmasa, yog‘ tomchilari suv qo‘shilgandan keyin ham ajralib chiqsa, uni
to‘grilash mumkin emas. qaytadan tayyorlash kerak.
Ikkinchi usul
.
Ingliz usuli.
Olingan miqdordagi emulgatorni oz miqdordagi suvda eritib,
keyin tomchilab yog‘ qo‘shiladi. Hamma yog‘ni emulgirlab bo‘lgandan keyin, birlamchi
emulsiyaga qolgan suv quyiladi.
Uchinchi usul. Ibn Sino usuli(Rus usuli) .
Stakanga suv tortib olinadi, ustiga yog‘.
Kerakli miqdorda olingan emulgatorni hovonchada eziladi va unga yog‘ bilan suvning arashmasi
qo‘shib aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan birlamchi emulsiyaga suv qo‘shiladi. SHunday qilib
yuqorida berilgan usullar moddalarning oldinma-ketin olinishiga va ba‘zi bir texnik usullarni
qo‘llashga bog‘liq. Komponentlarning miqdori — yog‘ni retsept ko‘rsatmasi bilan, emulgator
miqdorini emulgirlash qobiliyatiga qarab, suv miqdorini emulgatorning suvda erishini hisobga
olib, birlamchi emulsiya hosil qilishiga ko‘ra olinadi.
Boshqa emulgatorlar uchun suv va emulgatorlar miqdori boshqacha. Masalan: bu
emulsiyani o‘rik elimi yoki olxo‘ri elimi bilan tayyorlansa, 6 g emulgator, 25-30 ml suv olinib,
ularning arab elimiga nisbatan kam eruvchanligini hisobga olish kerak. Ko‘rsatilgan usullar bilan
emulsiyalarni barcha emulgatorlardan tayyorlasa bo‘ladi (eritma holida ishlatiladigan salep
shilimshig‘i, kraxmal elimidan tashkari). Ularga ikkinchi usulni qo‘llash mumkin.
Kraxmal bilan emulsiya quyidagicha tayyorlanadi: 10 g kraxmalni chinni idishga teng
miqdordagi sovuq suv solib aralashtiriladi va 80 ml kaynok suvni ustiga qo‘shib aralashtiriladi
va bir oz qaynagunga kadar isitiladi. Hovonchaga o‘tqazilgan yarim sovutilgan, eritmaga 20 g
yog‘ oz-ozdan qo‘shib, hovonchada yaxshilab emulgirlanadi. Birlamchi emulsiyaga oz-ozdan
suv qo‘shib 200,0 gacha suyultiriladi.
Tragakant bilan tayyorlash quyidagicha: 2 g mayda tragakant poroshogidan, 20 marta ko‘p
suv bilan tragakant shilimshig‘ini tayyorlab olinib, unga tomchilab 20 g yog‘ qo‘shiladi. Hosil
bo‘lgan birlamchi emulsiyaga 200 g bo‘lguncha suv qo‘shiladi.
quruq sut bilan emulgirlash quyidagicha: 10 g quruq sut, 10 g yog‘ bilan aralashtirib, 10 g
suv qo‘shiladi va hovonchada birlamchi emulsiya hosil bo‘lguncha eziladi va kerakli
miqdorgacha suv qo‘shiladi. Emulgator T-2 qo‘llanganda uning kerakli miqdori olinib, suv
hammomida eritiladi va hovonchada 10 marta ko‘p 60-70°S suvni ustiga qo‘shiladi va
soviguncha aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan kaymokka o‘xshash bir xil aralashma o‘ziga yog‘ni
oson qabul qiladi. Hosil bo‘lgan birlamchi emulsiya retseptda ko‘rsatilgan miqdorgacha
suyultiriladi.
Rp.: Emulsi ex oleis 200,0
D. S. 1 choy qoshiqdan 3 mahal ichilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: