Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/323
Sana02.01.2022
Hajmi2,09 Mb.
#308759
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   323
Bog'liq
Ш С Шойимова Таълим технологиялари 2020 303 б

Tayanch  iboralar: 
muammoli  o’qitish,  muammoli  vaziyat, 
evristika, tafakkur, xayol,  mustaqil  fikrlash, ijodiy fikrlash,  tanqidiy 
fikrlash,  munozara,  intellektual  mehnat,  hamkorlik  pedagogikasi, 
hamkorlikda o’qitish texnologiyasi.
 
 
6.1.
 
Muammoli o’qitishtexnologiyalari va uning o’ziga xos 
xususiyatlari
 
 
Muammoli  o’qitish  g’oyasi  amerikalik  faylasuf,  psixolog  va 
pedagog  J.Dyui  (1859-1952)  nazariy  qoidalariga  asoslanadi  va  XX 
asrning  boshlarida tarqala boshladi.  U 1894 yilda  Chikago  shahrida 
o’qitish  asosini  o’quv  rejasi  emas,  balki  o’yin  va  mehnat  faoliyati 
tashkil  etgan  tajriba  maktabini  ochgan.  O’qish,  hisoblash,  yozish 
bo’yichamashg’ulotlar  bolalarning  fiziologik  balog’atiga  qarab  o’z-
o’zidan  paydo  bo’lgan  ehtiyojlariga  muvofiq  o’tkazilgan.  J.Dyui 
o’qitishuchun  quyidagi  ehtiyojlarni  asos  qilib  belgiladi:  ijtimoiy, 
konstruksiyalash,  badiiy  ifoda,  ilmiy-tadqiqiy.  Bu  asoslarni  amalga 
oshirish uchun bilish 


190
 
 
manbalari  sifatida  bolalar  quyidagilarga  jalb  etilgan:  so’z,  san’at 
asarlari,  texnik  qurilmalar,  o’yin  va  mehnat  faoliyati.  Bu  maktabda 
qo’llangan  o’qitishning  yangi  uslublari,  yo’llari  va  tamoyillari 
nazariy  asoslanmagan  va  konsepsiya  sifatida  ifodalanmagan  edi. 
J.Dyuining  fikricha,  bilimlarni  o’zlashtirish  boshqarilmaydigan 
jarayon bo’lib, bola o’zida hosil bo’lgan ehtiyojni qondirishi natijasi 
sifatida  materialni  o’zlashtiradi,  o’qitish  samaradorligi  shartlaridan 
biri bu o’quv materialini muammolashtirishdir va u bola faolligi bilan 
bog’liqbo’lishi kerak. 
Muammoli  o’qitishni  chuqur  o’rganish  XX  asrning  60  yillarida 
boshlangan.  Fikrlash  psixologiyasi  nuqtai  nazaridan  muammoli 
o’qitishg’oyasi  va  prinsiplari  S.L.Rubinshteyn,  M.I.Maxmutov, 
V.Okon, I.Ya.Lerner kabi psixolog olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. 
S.L.Rubinshteynning 
“Tafakkur  –  muammoli  vaziyatdan 
boshlanadi”  degan  g’oyasi  muammoli  o’qitishning  psixologik  asosi 
sifatida  qabul  qilingan.  70-80  yillarda  an’anaviy  o’qitishshakllari 
samaradorligi pasayib ketganligi qayd etilganda, yetakchi pedagoglar 
muammoli  o’qitish  nazariyasiga  e’tibor  qarata  boshladilar.  Chunki 
an’anaviy  o’qitish  shaklida  asosiy  diqqat  o’qituvchi  faoliyatiga 
qaratilgan  bo’lsa,  muammoli  o’qitishkonsepsiyasida  asosiy  urg’u 
o’quvchilar  tomoniga    ko’chadi.  Muammoli  o’qitish  tamoyili 
bo’yichabilim o’quvchilarga tayyor shaklda uzatilmaydi, balki ilmiy- 
tadqiqot jarayoniga o’xshatib, o’quv faoliyati jarayonida  o’quvchilar 
tomonidan egallanadi. 
Hozirgi  kunda  bu  sohadagi  izlanishlar  dunyoning  turli 
mamlakatlarida  davom  ettirilmoqda,  turli  soha  fanlari  bo’yicha 
muammoli  o’qitish  texnologiyalarining  majmuaviy  ishlanmalari 
yaratilmoqda. 
Bugungi  kunda,  muammoli  o’qitish  deganda  mashg’ulotlarda 
pedagog  tomonidan  yaratiladigan  muammoli  vaziyatlar  va  ularni 
yechishga  qaratilgan  ta’lim  oluvchilarning  faol  mustaqil  faoliyati 
tushuniladi.  Buning  natijasida  ta’lim  oluvchilar  kasbiy  bilim, 
ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar hamda fikrlash qobiliyatlari 
rivojlanadi. 


191
 
 
Muammoli 
o’qitish,  o’qitishning 
shaxsga 
yo’naltirilgan 
texnologiyalariga taalluqli, chunki bu yerda shaxsga  subyekt sifatida 
qaraladi,  muammoli  vaziyatlarning  maqsadi  –  pedagogik  jarayonda 
o’ziga xos qiziqish uyg’otishdir. 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish