1.4.
Ta’lim texnologiyalari fanining ilmiy-tadqiqot metodlari,
boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Ta’lim texnologiyalari nazariy fan sifatida ta’lim-tarbiya sohasida
kafolatli natijaga erishish darajasini oshirish muammolarini tadqiq etish
bilan shug’ullanadi hamda o’zining muntazam rivojlanishini
kadrlar tayyorlash orqali ta’minlab turadi. Muammolarni hal etishda
turli ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanadi va boshqa fanlar bilan
bog’liqliklarga ham ega.
Ilmiy tadqiqot ishlari fanni rivojlantirishga, ayrim pedagogik
hodisalarni tekshirib o’rganishga, muammolarni hal qilish yo’llarini
aniqlashga yordam beradi. Hozirgi kunda quyidagi metodlarni ta’lim
taraqqiyotiga samarali hissa qo’shadi deb hisoblash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |