Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/323
Sana02.01.2022
Hajmi2,09 Mb.
#308759
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   323
Bog'liq
Ш С Шойимова Таълим технологиялари 2020 303 б

kvalimetriya 
(lot. “qualis” – sifat, yunon. “metreo”
 
-  o’lchash)  –  ya’ni  muayyan  ob’ekt  sifatini  kompleks  va  miqdoriy 
o’lchash tushunchasi ham  fanga kiritildi. Bugunki kunda kvalimetriya 
kasbiy  bilim,  ko’nikma  va  malakalar  darajasini  aniqlashda  keng 
qo’llanilmoqda.
 
Hozirgi  kunda  “Tester”,  “My  test”,  “Ispring”,  “MySQL”,  “Flash”, 
“Hot potato” va boshqa shu kabi  kompyuter  dasturlari  elektron  test 
yaratish  imkonini  beradi.  Bu  pedagoglar  uchun  innovatsion 
yondoshgan  holda  yangi  avlod  testlarini  tuzishda  hamda  ularni 
qo’llashda qulaylik yaratadi. Test ishlab chiqish, ularni dasturlashtirish 
bo’yichamutaxassislar testolog deb nomlanadi.
 
Ta’lim  tizimida  innovatsiya  sifatida  qabul  qilingan  reyting 
nazoratida  test  usulidan  samarali  foydalanilmoqda.  Test  sinovidan 
ta’limda  nafaqat  talabalarning  BKMni  aniqlash,  balki  1993  yildan 
boshlab  O’zbekiston  Respublikasida  abituriyentlarni  oliy  o’quv 
yurtlariga  tanlov  asosida  qabul  qilish  jarayonida  ham  samarali 
foydalanib kelinmoqda.
 
So’nggi yillarda ilmiy  pedagogikada xolisona  baholash,  og’zaki va 
yozma nazorat validligini oshirish usullari ishlab chiqilgan.
 
O’zbekistonda  pedagogik  testlar  birinchi  marta  1992  yilda  keng 
miqyosda  qo’llanildi,  shu  yili  O’zbekiston  Respublikasining  Birinchi 
Prezidenti I.A.Karimovning Farmoniga  muvofiq  tanlab  olingan  9 ta 
oliy  o’quv  yurtlari  abituriyentlari  uchun  test  sinovlari  o’tkazildi. 
Keyinchalik  talabalar  bilim  doirasini  aniqlashning  xolisona  usuli 
bo’lgan  pedagogik  test  sinovlari  ta’lim  tizimida  davlat  miqyosida 
qo’llab-quvvatlandi.
 
Test bir qator afzalliklarga ega:
 
1)
 
nazorat uchun oz vaqt va kam kuch sarflanadi, oson 
tashkillashtiriladi;
 
2)
 
bilimlarni o’zlashtirish sifati va darajasini obyektiv aniqlash 
imkoni mavjud;
 
3)
 
o’quv materiali mazmunini to’liq qamrab oladi;
 


101
 
 
4)
 
bir vaqtda ko’p sonli talabalar nazoratini tashkil etish mumkin;
 
5)
 
barcha  talabalar  uchun  bir  xil  sharoit  va  imkoniyat  yaratiladi
 
hamda bir xil murakkablikdagi topshiriqlar beriladi;
 
6)
 
bilim natijalari o’qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshiriladi;
 
7)
 
test topshiriqlari va uning natijalarini kompyuter texnologiyalari
 
asosida dasturlashtirish mumkin.
 
Malakali  ravishda  tuzilgan  pedagogik  test  xolisona  pedagogik  o’lchov 
vositasi bo’lib, nazorat olib borayotgan shaxsga bog’liqbo’lmaydi.
 
Test  o’quvmaterialining  barcha  asosiy  mohiyatini  o’z  ichiga  olishi 
mumkin, ta’lim  natijalarini  baholashning test usuli bilimni aniq va  to’g’ri 
baholaydi,  bunda  baholashning  ko’rsatkich  darajasi  oldindan  belgilanadi 
va hamma talabalar uchun umumiy bo’ladi.
 
Test    sinovlari  keng  qamrovli  bo’lib,  qisqa  vaqt  ichida  ma’lum    bir 
o’quvmaterialining  (yoki  o’quvfani)  o’zlashtirilishini  umumiy  ravishda 
nazorat  qilish  imkonini  beradi,  bunda  kuch  va  vositalar    kam  sarflanadi. 
O’zbekiston  oliy  o’quv  yurtlarida  yuz  minglab  abituriyentlarni  test 
sinovlari asosida tanlash qisqa vaqt ichida bir necha soat davomida amalga 
oshiriladi,  bu  esa  juda  uzoq  davom  etishi  mumkin  bo’lgan  og’zaki  va 
yozma kirish imtihonlaridan voz kechish imkonini berdi.
 
Ammo  test  sinovlarini  umuman  kamchiliklardan  xoli,  deb  bo’lmaydi. 
Test sinovlarining ko’pgina shakllari talabani mustaqil ravishda javoblarni 
tayyorlash,  o’z  fikrini  yozma  yoki  og’zaki  nutqi  orqali  ifodalash 
tajribasidan  mahrum  etadi,  pedagog  va  talaba  o’rtasida  jonli  muloqot 
bo’lmaydi. Bu sinovlarda talabaning psixologik faoliyati
 
«erkin  shakldagi»  javoblardan  farqlanadi,  talabaning  individual  jihatlari, 
aql-zakovati,  keng  eruditsiyasi,  bilimdonligi  namoyon  bo’lmaydi.  Bilimi 
sinalayotgan shaxs faqat muqobil javoblar ichidan to’g’ri javobni tanlaydi, 
xolos.  Va  nihoyat,  testlarning  sifatli  tuzilishi  masalasi,  mutaxassis 
testologlarning yetishmasligi dolzarb muammo hisoblanadi.
 
Talabalar  bilimini  tekshirishdan  maqsad  –  ularning  o’zlashtirish 
darajasini aniqlashdir. Test nazorati bilimlarni aniqlashda yaxshi natija
 
beradi,  lekin  tafakkur  jarayonini  kuzatishga  monelik  qiladi,  buning 
uchun  boshqa  usullardan  –  og’zaki  so’rov,  yozma  ish,  munozaralar, 
ishlab  chiqarish  vaziyatlarini  taxlil  qilish  hamda  muloqotlardan 


10
2
 
 
foydalanish  kerak.  Lekin  shu  bilan  birga  bilimlarni  test  yordamida 
nazorat qilish ta’lim jarayonini boshqarish imkonini kengaytiradi. Test 
sinovini  qo’llash  talabalarning  amaliy  qobiliyati  va  xotirasini 
rivojlantiradi.
 
Agar  test  sinovi  to’g’ri  tashkil  etilsa,  u  talabalar  bilimini  xolisona 
baholash  imkonini  beradi,  chunki  bu  baho  subyektiv,  ya’ni 
o’qituvchishaxsiga 
bog’liqbo’lmaydi. 
To’g’ri 
bajarilgan 
test 
topshiriqlari  ma’lum  o’lchov  darajasi  asosida  baholanadi.  Shuning 
uchun  ham  test  topshiriqlarini  aniq  va  xolisona  pedagogik  baholash 
vositasi  deyishadi.  Ammo  faqat  malakali  ravishda  tuzilgan  sifatli, 
ilmiy  talablarga  asoslangan  testgina  ana  shunday  baholash  imkonini 
beradi. Sifatli  test 
mezonlari 
quyidagilarda 
namoyon 
bo’ladi: 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish