“Pinbord” metodi
(ingl. “pin” – mustaxkamlash; “board” - doska).
Bu o’qitishuslubining mohiyati shundan iboratki, unda munozara
yoki o’quvsuxbati amaliy usul bilan bog’lanib ketadi. Uning afzallik
funksiyalari – rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifadir: talabalarda
muloqot yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o’z
fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati,
mantiqiy va tizimli fikr yuritish kunikmasi rivojlanadi. Mavzuni
takrorlash va mustahkamlashga yordam beradi.
Talabalar berilgan topshiriqni birgalikda muhokama qiladilar,
baholaydilar, eng optimal va samarali fikrlarni (qisqacha) qog’oz
varag’iga yozishadi va doskaga mahkamlashadi. Boshqa gurux
vakillari doskaga chiqib, xato yoki qaytarilgan, bahsli fikrlarni
belgilaydilar hamda lozim bo’lsa qo’shimcha qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |