„Saodatga yoʻllovchi bilim



Download 19,34 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi19,34 Kb.
#659336
Bog'liq
Bahronova Bahriya 107


QUTADG’U BILIG
Qutadgʻu bilig“ („Saodatga yoʻllovchi bilim“) — Yusuf Xos Hojib asari, turkiy adabiyotning nodir namunasi, 1069-70-yillarda yaratilgan. Muallifning asar muqaddimasida xabar berishicha, bu kitob oʻz davridayoq keng tarqalib, mashhur boʻlgan. Chin (Shimoliy Xitoy)liklar uni „Adab ul-muluk“ („Hukmdorlar odobi“), mochin (Janubiy Xitoy)liklar „Oyin ul-mamlakat“ („Hukmdorlik qonun-qoidalari“), Sharqiy xitoyliklar „Ziynat ulumaro“ („Hukmdorlar ziynati“), eronliklar „Shohnomayi turkiy” ("Turkiy „Shohnoma“), baʼzilar „Pandnomai muluk“ („Hukmdorlar pandnomasi“), turonliklar esa „Qutadgʻu bilig“ deb ataganlar.
„Qutadagʻu bilig“ dostonini yaratar ekan, muallif oʻz oldiga qoraxoniylar davlati hokimiyatini mustahkamlash, Tavgʻachxon bilan Eloqxonlar oʻrtasidagi ixtiloflarni bartaraf etish, hukmron doiralarning turli ijtimoiy tabaqalarga munosabatini belgilash, maʼrifat va obodonchilik uchun kurash, yaxshi xulq-odobni targʻib qilish kabi maqsadlarni qoʻygan. Bu bilan Yusuf Xos Hojib oʻz davrining yirik maʼrifatparvari va donishmandi sifatida gavdalanadi.
„Qutadgʻu bilig“ markaziga 4 masala qoʻyilib, ular 4 obraz vositasida ochib berilgan: birinchisi — adolat boʻlib, u podshoh Kuntugʻdi timsolida, ikkinchisi — davlat boʻlib, vazir Oytoʻldi, uchinchisi — aql boʻlib, vazirning oʻgʻli O’gdulmish, toʻrtinchisi — qanoat boʻlib, uning qarindoshi Oʻzgʻurmish qiyofasida tasvirlanadi. Shunga muvofiq ravishda qoʻyilgan masalalar voqealar rivoji, qahramonlarning oʻzaro suhbati, bahs-munozarasi, savol-javoblari, pand-nasihatlari vositasida hal qilinadi. Muallif bahsli masalalar yuzasidan ham axloq-odob, ilm, insoniylik va adolat doirasida fikr yuritadi hamda podshoh va amaldorlardan tortib dehqon-u hunarmandgacha — jamiyatdagi barcha toifalarning huquq va burchlari haqida oʻz mulohazalarini bildiradi. Borliq haqidagi bilimlarga toʻxtalgan Yusuf Xos Hojib odam bilishi mumkin boʻlmagan narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq yoʻq, bilim tufayli osmon sari ham yoʻl ochiladi, deydi; bilish uchun esa tinmasdan oʻrganish lozim, deb uqtiradi.
„Qutadgʻu bilig“ qoraxoniylar hokimiyatining oʻziga xos nazmiy nizomnomasi boʻlib, bu ramziy-timsoliy asar yurt egalari boʻlmish hukmdorlar va katta-kichik amaldorlarga atab yozilgan va asarda ularga mamlakatni adolat bilan boshqarish, tinchlikni saqlash, raiyatga zulm qilmaslik, bilʼaks, xalqning ogʻirini yengil qilish, turmushini farovon aylash, jamiyatning maʼnaviy-axloqiy negizlarini mustahkamlash, ilm-maʼrifatga keng eʼtibor berish, isteʼdod sohiblarini qoʻllab-quvvatlash, huquq, burch, adolat boʻyicha maslahat va tavsiyalar berilgan. Hukmdorlar adabnomasi — „Qutadgu bilig“ qoraxoniylar sulolasi misolida turkiy davlatchilik asoslari yangi bosqichga koʻtarilgan davrda zamon kun tartibiga qoʻygan siyosiy-ijtimoiy masalalarni hal qilishda asosiy dastur boʻlgan. Shoirning u yoki bu masala boʻyicha pand-nasihatlari xuddi hikmatday jaranglaydi, xalq maqollariga oʻxshab ketadi — ularning badiiy yuksakligi va maʼrifiy ahamiyati ham shunda.
Asar muallifining soʻnggi tahriridan oʻtgan va Tavgʻach Bugʻroxonga taqdim etilgan nusxasi nasriy (38 misra) va sheʼriy (77 bayt) muqaddima, kirish boblar (390 bayt), asosiy qism (68 bob, 5896 bayt), xotima (2 qasida va masnaviy bob)dan iborat. Jami 6520 bayt.
QUTADG’U BILIG
„Qutadgʻu bilig“ („Saodatga yoʻllovchi bilim“) — Yusuf Hos Hojib asari, turkiy adabiyotning nodir namunasi, 1069-70-yillarda yaratilgan. Muallifning asar muqaddimasida xabar berishicha, bu kitob oʻz davridayoq keng tarqalib, mashhur boʻlgan. Chin (Shimoliy Xitoy)liklar uni „Adab ul-muluk“ („Hukmdorlar odobi“), mochin (Janubiy Xitoy)liklar „Oyin ul-mamlakat“ („Hukmdorlik qonun-qoidalari“), Sharqiy xitoyliklar „Ziynat ulumaro“ („Hukmdorlar ziynati“), eronliklar „Shohnomayi turkiy” ("Turkiy „Shohnoma“), baʼzilar „Pandnomai muluk“ („Hukmdorlar pandnomasi“), turonliklar esa „Qutadgʻu bilig“ deb ataganlar.„Qutadagʻu bilig“, dostonini yaratar ekan, muallif oʻz oldiga qoraxoniylar davlati hokimiyatini mustahkamlash, Tavgʻachxon bilan Eloqxonlar oʻrtasidagi ihtiloflarning bartaraf etish, hukmron doiralarning turli ijtimoiy tabaqalarga munosabatini belgilash, maʼrifat va obodonchilik uchun kurash, yaxshi xulq-odobni targʻib qilish kabi maqsadlarni qoʻygan. Bu bilan Yusuf Xos Hojib oʻz davrining yirik maʼrifatparvari va donishmandi sifatida gavdalanadi.„Qutadgʻu bilig“ markaziga 4 masala qoʻyilib, ular 4 obraz vositasida ochib berilgan: birinchisi — adolat boʻlib, u podsho Kuntugʻdi timsolida, ikkinchisi — davlat boʻlib, vazir Oytoʻldi, uchinchisi — aql boʻlib, vazirning oʻgʻli O’gdulmish, toʻrtinchisi — qanoat boʻlib, uning qarindoshi Oʻzgʻurmish qiyofasida tasvirlanadi. Shunga muvofiq ravishda qoʻyilgan masalalar voqealar rivoji, qahramonlarning oʻzaro suhbati, bahs-munozarasi, savol-javoblari, pand-nasihatlari vositasida hal qilinadi. Muallif bahsli masalalar yuzasidan ham axloq-odob, ilm, insoniylik va adolat doirasida fikr yuritadi hamda podshoh va amaldorlardan tortib dehqon-u hunarmandgacha — jamiyatdagi barcha toifalarning huquq va burchlari haqida oʻz mulohazalarini bildiradi. Borliq haqidagi bilimlarga toʻxtalgan Yusuf Xos Hojib odam bilishi mumkin boʻlmagan narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq yoʻq, bilim tufayli osmon sari ham yoʻl ochiladi, deydi; bilish uchun esa tinmasdan oʻrganish lozim, deb uqtiradi.„Qutadgʻu bilig“ qorahoniylar hokimiyatining oʻziga xos nazmiy nizomnomasi boʻlib, bu ramziy-timsoliy asar yurt egalari boʻlmish chorvadorlar va katta-kichik, dehqonlarda atab yozilgan va asarda ularga mamlakatni adolat bilan boshqarish, tinchlikni saqlash, raiyatga zulm qilmaslik, bilʼaks, xalqning ogʻirini yengil qilish, turmushini farovon aylash, jamiyatning maʼnaviy-axloqiy negizlarini mustahkamlash, ilm-maʼrifatga keng eʼtibor berish, isteʼdod sohiblarini qoʻllab-quvvatlash, huquq, burch, adolat boʻyicha maslahat va tavsiyalar berilgan. Xukmdorlar adabnomasi — „Qutadgu bilig“ qoraxoniylar sulolasi misolida turkiy davlatchilik asoslari yangi bosqichga koʻtarilgan davrda zamon kun tartibiga qoʻygan siyosiy-ijtimoiy masalalarni hal qilishda asosiy dastur boʻlgan. Shoirning u yoki bu masala boʻyicha pand-nasihatlari xuddi hikmatday jaranglaydi, xalq maqollariga oʻxshab ketadi — ularning badiiy yuksakligi, va maʼrifiy ahamiyati ham shunda.
Asar muallifining soʻnggi tahriridan oʻtgan va Tavgʻach Bugʻroxonga taqdim etilgan nusxasi nasriy (38 misra) va sheʼriy (77 bayt) muqaddima, kirish boblar (390 bayt), asosiy qism (68 bob, 5896 bayt), xotima (2 qasida va masnaviy bob)dan iborat. Jami 6520 bayt.
Download 19,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish