Saodat sadirova



Download 1,79 Mb.
bet1/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш


SAODAT SADIROVA


CHARM VA MO'YNA


XOMASHYOLARIGA
DASTLABKI ISHLOV BERISH
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
5140900 ~ To 'qimachilik, yengil va qog 'oz sanoati buyumlarining
kimyoviy texnologiyasi va 5522300 ~ To 'qimachilik, yengil qog 'oz
sanoati buyumlarining kimyoviy texnologiyasi ta'lim
yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun o'quv
qo 'llanma sifatida tavsiya etilgan
Toshkent
«Yangi asr avlodi»
2010





шог!ШЬ





35.75А73 С-18
Sadirova S.N. Charm va mo'yna xomashyolariga dastlabki ishlov berish. -Т.: «Yangi asr avlodi», 2010. - 272 bet.
"Charm va mo'yna xomashyolariga dastlabki ishlov berish" fanidan o'quv qo'llanma 5140900 - Kasb ta'limi "To'qimachilik, yengil va qog'oz sanoati buyumlarining kimyoviy texnologiyasi" va 5522300 - "To'qimachilik, yengil va qog'oz sanoati buyumlarining kimyoviy texnologiyasi" yo'nalishlari bo'yicha ta'lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan.
Ushbu o'quv qo'llanma charm va mo'yna xomashyosi turlarining tavsiflari, ularning xossalari va ishlatilishi, xomashyoga dastlabki ishlov berish jarayonlarining mohiyati va amalda bajarilishi, shuningdek, xomashyoni saqlash va nazorat qilish tartiblari keltirilgan.
BBK 35.75A73 -
Taqrizchilar:
M.I.TEMIROVA,
BuxOO va YeSTI "Charm, mo'yna va to'qimachilik
sanoati texnologiyasi" kafedrasi dotsenti
Q. RAVSHANOV,
Buxoro Davlat Universiteti "Umumiy kimyo" kafedrasi dotsenti
ISBN 978-9943-08-614-2
© S.Sadirova. «Charm va mo'yna xomashyolariga dastlabki ishlov berish». «Yangi asr avlodi». 2010-yil.



KIRISH
O'zbekiston Respublikasi xalq xo'jaligining iqtisodiy va ijtimoiy yo'nalishlarida ishlab chiqarishni mamlakatimiz hamda chet el fan va texnikasining ilg'or yutuqlari asosida tubdan isloh qilish, uning asosiy sohalarida qayta jihozlanishni ta'minlovchi yuqori samarali mashinalar tizimi va texnologik jarayonlarni ommaviy qo'llash, ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish, ishlab chiqarishning ichki imkoniyatlaridan to'la foydalangan holda, uning unumdorligini oshirish kabi vazifalar belgilangan.
Jumladan, charm va mo'yna ishlab chiqarish korxonalari, tayyorlov hayvonotchilik korxonalari oldida hamma turdagi mahalliy xomashyodan to'liq va unumli foydalanish ma'suliyati belgilangan.
Bugungi kunda chorvachilikning ahvoli va rivojlanishi charm va mo'yna xomashyosining sifati va miqdoriga muhim ta'sir ko'rsatadi. Ayni paytda chorvachilikning fermerlik xo'jaliklariga o'tkazilishi, charm va mo'yna sanoatining xomashyo zaxiralarini yanada mustahkamlash imkonini beradi.
Charm ishlab chiqarish uchun yirik shoxli mol, ot, echki, qo'y va cho'chqa terilari qimmatli xomashyo hisoblansa, mo'yna ishlab chiqarishda qorako'l terilari, po'stinbop va mo'ynabop qo'y terilari, shuningdek, momiq mo'ynali yovvoyi hayvonlarning terichalari katta ahamiyatga ega.
Hayvon terilariga ishlov berish insoniyatning qadimiy mashg'u-lotlaridan biri hisoblansa-da, ammo ishlov berish usullari bir necha yuz yillar davomida soddaligicha qolib kelgan. Charm va mo'yna ishlab chiqarish hunarmandchilik darajasida rivojlanib, asosan qo'l mehnati qo'llanilib, mehnat sharoitlari juda og'ir bo'lgan.
Bunga sabab, terining tayyor charm va mo'ynaga aylanish jarayonlarining murakkabligi va ba'zi jarayonlar mohiyatining uzoq vaqtlar davomida ochilmagani hisoblanadi.
Charm va mo'yna xomashyosining tuzilishi, gistologik, fizik-mexanikaviy va texnologik xossalarini, shuningdek, dastlabki ishlov berish
3
va konservalash usullarmi mukammal bilish - xomashyoning sifatmi oshirish va undan samarali foydalanish uchun zamin yaratadi.
Kimyo sanoatining rivojlanishi yangi konservalovchi moddalar, antiseptiklar va boshqa kimyoviy reagentlarni qo'llash, mashinasozlikning rivojlanishi esa o'z navbatida xomashyoga ishlov berish va charm, mo'yna ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish uchun katta imkoniyatlar yaratdi.
Keyingi yillarda sun'iy materiallarni ishlab chiqarishning shiddatli rivojlanishiga qaramasdan, tabiiy charm va mo'yna ishlab chiqarish yildan yilga o'sib bormoqda, charm va mo'yna xomashyosini qo'llash sohalari yanada kengaymoqda.
Ma'lumki, charm va mo'ynadan poyabzal, kiyim-bosh va har xil buyumlarni tayyorlashda foydalaniladi, Tabiiy charm va mo'ynadan tayyorlangan buyumlarda shunday xossalar majmuasi to'planganki, ularni sun'iy materiallarda hosil qilishjuda mushkul. Xususan, ularning gigiyenik xossalarini belgilovchi adsorbsion qobiliyati, qayishqoqlik va tayyor mahsulotning yuqori mustahkamligi shular jumlasidandir.
Biroq, chami va mo'yna xomashyosining asosiy xossalarini, ularning sifatiga ta'sir etuvchi omillarni, shuningdek, xomashyo yetishtirish, saqlash va uni qayta ishlash texnologiyasini bilmay turib, charm va mo'yna ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli rivojlantirib bo'lmaydi. Shu sababli ushbu soha mutaxassislari charm va mo'yna xomashyosiga qo'yiladigan talablarni chuqur o'rganishlari va unga dastlabki ishlov berish jarayonlarini puxta egallashlari lozim.
Mazkur kitobda ana shu omillarni e'tiborga olinib, sohaga oid ahamiyatga molik ma'lumotlar keltirilgan.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish