Saodat sadirova


Dermaning tolali elementlari



Download 1,79 Mb.
bet6/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш

1.1.2. Dermaning tolali elementlari
Dermaning asosini tolali tuzilmalarning murakkab o'rilishi tashkil qiladi. Dermaning hamma qimmatli xossalarini (yuqori mustahkamlik, cho'ziluvchanlik, elastinlik va boshqalar) odatda tolalarning xossalari belgilaydi. Morfologik va gistologik tuzilishi hamda kimyoviy xossalariga ko'ra dermaning tolali qismida, tolalarning uch asosiy toifalari farqlanadi: kollagenli, retikulinli va elastinli.
Kollagen tolalarining oqsillari massa jihatidan derma quruq qoldig'ining 90 % ini egallaydi va xomashyodan teri, mo'yna, jelatin, yelim ishlab chiqarishda asosiy komponent hisoblanadi. Kollagen tolalari dermaning yuza qavatida joylashgan ingichka tolachalardan tortib, to'rli qavatdagi baquvvat tolalar bog'lamigacha har xil qalinlikka ega. Dermaning tolali tuzilmalari qulflangan yaxlitlikni namoyon etuvchi juda murakkab o'rilishlarni hosil qiladi. Yaqin vaqtgacha mazkur o'rilishlarni, ushbu qulflangan yaxlitlik va murakkab bog'ni sun'iy ravishda buzmasdan turib, tolalarning tabiiy uchini topishga erishilmagan. Yakka tolani yoki tolalar bog'lamining dermadagi bosib o'tgan yo'lini kuzatishning amalda imkoni yo'q, chunki ay nan bir tolaning o'zi qayerda joylashganligi va uni tashkil etuvchi tolachalar soniga qarab, bir qalinlashadi, bir mayinlashadi.
Tolalar dermaning butun qalinligi orqali har xil yo'nalishlardan o'tib, yakka tolachalargacha yoki, hatto dermaning yuza qavatida fibrillalargacha ingichkalashib, so'ngra to'rli qavatga yana qaytib, qalinlashadi deb taxmin qilinadi. G'uddali qavatda tolalar o'zaro kichikroq burchak ostida o'raladi. Dermaning to'rli qavatida tolalarning baquvvat bog'lamlari barcha yo'nalishlarda har xil burchaklar ostida
13
joylashadi. Tolalar yo'nalishi qancha turli-tuman bo'lsa, ularning o'rilishi shuncha ko'p takomillashgan va dermaning birikuvchi to'qimasi shu qadar mustahkam va pishiq bo'ladi. Teri va mo'ynaning mustahkamlik, qayishqoqlik, cho'ziluvchanlik, ishqalanishga chidamlilik kabi fizik hamda mexanik xossalari derma tolalarining har xil qalinligi, shuningdek, ular o'rilishining murakkabligi va tabiatiga bog'liq. Bundan tashqari dermaning tolalar o'rilishidan hosil bo'lgan tabiiy strukturasi teri va mo'ynaning bug' va havo o'tkazuvchanlik, namlik sig'imi va namlik berish, suvga chidamlilik, termik barqarorlik va boshqa muhini iste'mol xossalariga ahamiyatli ta'sir ko'rsatadi. Kollagen tolalari silindrga yaqin shaklga ega, ba'zi joylarda lokal bosim ostida ular deformatsiyalangan bo'lishi mumkin. Har bir tola qalinligi mikrometr keladigan parallel joylashgan ko'p sonli "yugurib o'tuvchi" tolachalardan tashkil topgan. Tolalar bog'lami va tolalar orasida sifat jihatidan aytarli farq kam, ular faqat parallel joylashgan tolachalarning soni bilan farq qiladi. Tolachalar soni ularning yo'g'onligini belgilaydi. Tolalar bog'lami bir yo'nalishdan emas, balki ularning qo'shilishi yoki birga joylashishidan hosil bo'ladi. Mayin tolalar bir yakka tolaga (yoki tolalar bog'lamiga), bir boshqasiga tegishli bo'lishi mumkin. Shu tufayli, dermaga katta mustahkamlik beruvchi, tolalarning go'yoki to'ri hosil bo'ladi. Kollagen tolalari hech qachon tarmoqlanib ketmaydi yoki biri ikkinchisi bilan o'sib ketmaydi, bu ularning yuqori mexanik mustahkamligi bilan bir qatorda, o'ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Kollagen tolalarining tabiiy holatda kimyoviy reagentlar va proteolitik fermentlarning ta'siriga chidamliligi ularning yana bir farqli xususiyati hisoblanadi. Aftidan bu xususiyatlar ushbu oqsilning ma'lum kislotali tarkibi va strukturasiga bog'liq bo'lib, xomashyoga dastlabki ishlov berish va saqlash, shuningdek, charm va mo'yna ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida katta rol o'ynaydi
Xomashyoni konservalashning turli-tuman usullari, uni saqlashning har xil sharoitlari, texnologik ishlov berishning ko'pgina jarayonlari (ivitish, kullash, pikellash, yumshatish va boshqalar) teriga aynan bir, ba'zan esa teskari yo'nalishlarda ta'sir etadi. Teri navbatma-navbat issiqlik, past harorat, ho'llanish, quritish, kislotalar, ishqorlar, fermentlar va bakteriyalar, shuningdek, har xil tabiatli mexanik deformatsiyalar
14




Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish