Bilimingizni tekshirib ko'ring
Teri nuqsonlari deb nimaga aytiladi?
Nuqsonlar qanday xillarga ajratiladi?
Hayot davridagi nuqsonlarga qanday nuqsonlar kiritiladi?
O'lgandan keying! nuqsonlar qaysi paytlarda hosil bo'lishi mumkin?
Teri kasalliklari qanday nuqsonlarni keltirib chiqaradi?
Hayvon charm qoplamining mexanik shikastlanishinatijasida hosil bo'ladigan nuqsonlarni ay ting.
Hayvonlarni yetarlicha oziqlantirmaslik va yomon sharoitda saqlashoqibatida hosil bo'ladigan nuqsonlarga misolkeltiring.
Terming ifloslanishi oqibatida qanday nuqsonlar hosil bo'ladi?
Terilarga ishlov berishda qanday nuqsonlar hosil bo'lishi mumkin?
lO.Terilarni tashish va saqlashda hosil bo'ladigan nuqsonlarning mohiyatini tushuntiring.
162
VI BOB. XOMASHYOGA DASTLABKIISHLOV BERISH
6.1. HAYVONNI SO'YISH TAR71BI
Molni so'yish quyidagi asosiy jarayonlarni o'z ichiga oladi: karaxt qilish, qonsizlantirish, terini shihsh va so'yilgan tanaga ishlov berish.
Molni so'yish xususiyatlari go'sht kombinatlari va mol so'yish punktlarining texnik imkoniyatlariga bog'liq. O'z navbatida teri sifati korxonaning texnik jihozlanganligi, ishchilarning mahorati va molning veterinariya-sanitariya holati darajasiga bevosita bog'liq.
Hayvonlarni so'yish texnikasi har xil bo'lsa-da, ammo so'yishni shunday amalga oshirish zararki, terilarda nuqsonlar hosil bo'lmasin, oqadigan qon terini ifloslantirmasin, to'liq qonsizlantirishga erishilsin, chunki terining tomirlarida qolgan qon, hatto tayyor charmda ham sezilib qoladi.
To'liq qonsizlantirishga quyidagi qoidalarga rioya qilinganda erishish mumkin:
Molni saqlash va so'yish joyiga olib kelishda, uni urishva baqir-chaqir qilib, qo'zg'atmaslik kerak.
Molni karaxt qilishni shunday amalga oshirish zarurki, yurak faoliyati saqlansin.
Bo'g'izlashda yirik qon tomirlaridan biri, ya'ni bo'yinning qon tomirlarini yorish zarur.
So'yilgan tanani vertikal holatda, boshni pastga qaratib joylashtirish lozim.
Yirik shoxli mollar va cho'chqalar so'yishdan oldin hushidan ketgiziladi, bu esa so'yishni osonlashtiradi, to'liq qonsizlantirishga ko'maklashadi va ishchilarning hayvonlar tomonidan jarohatlanishining oldini oladi.
Mol karaxt bo'lgan bo'lsa-da, yurak faoliyati saqlanadi, bu esa organizmning yaxshi qonsizlanishini ta'minlaydi.
Hozirgi vaqtda karaxt qilish elektr toki yordamida yoki mexanik ravishda (bolg'a bilan urib) amalga oshiriladi. Karaxt qilish o'zgaruvchan tok bilan olib boriladi, kuchlanish esa hayvonning yoshiga qarab reostat orqali boshqariladi. Tokning ta'sir muddati 6-8 soniya.
163
Karaxt qilingan molni so'yishda qonsizlantirish jarayoni 6-8 daqiqa davom etadi. Yirik shoxli mol 55-65 %, cho'chqa 40 % gacha, mayda shoxli mol 45 % qon yo'qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |