Sanoqulova Umida Namoz qizi
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik mutaxassisligi
I bosqich magistranti
+99890 125 15 32
ABU NASR AL-FOROBIY VA UNING “KATTA MUSIQA KITOBI” ASARI
Abu Nasr al-Forobiy - butun dunyo ilm-fani taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan O`rta osiyolik buyuk
faylasuf va yetuk qomusiy allomadir.
To`liq ismi - Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn O`zlug` ibn
Tarxon al-Forobiy at-Turkiydir. Forobiy G`arbda
Alpharabius
, Sharqda
يًاثلا نلعولا -
“Ikkinchi muallim”
(Arastudan keyin) va
“Sharq Arastusi”
nomlari bilan mashhur bo`lgan. Sharqda bunday nomlar bilan
ulug`lanishi uning o`z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta
hissa qo`shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufaylidir.
1
Ism-sharifidagi Forobiy,
uning tug`ilgan yeri Forobga nisbatdir. «Forob Sirdaryoning orqasida, turk mamlakati chegaralaridagi bir
viloyatdir. U Shosh (Toshkent) dan uzoqroq, Bolаsog`unga yaqin. Uning eni va bo`yi bir kunlikdan kamroq
yo`l. Forob yerlari sho`rob va to`qaylardan ham xoli emas. Vodiyning g`arbiy tomonida ekinzorlari bo`lib, unga
suv Shosh anhoridan olinadi. Forobdan ko`p olimlar yetishib chiqqan. Masalan, “As-Sahih” nomli lug`at
muallifi Ismoil ibn Hammad al-Javhariy al-Forobiy (vafoti 1002-yil), “Devon al-adab” nomli lug`at egasi
Is’hoq ibn Ibrohim va falsafiy asarlar muallifi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad al-Forobiy (950-yil
o`lgan) shular jumlasidandir»
2
. Sirdaryoning chap qirg`og`ida joylashgan Forob shaharlaridan Sudkantda
islomni qabul qilgan o`g`uz va qarluq qabilalari yashar edi. Uncha katta bo`lmagan, mustahkam qal’aga
aylantirilgan, jome’ masjidi ham bo`lgan Vasij esa qudratli amir istehkomi bo`lgan. Bu yer Qadardan ikki
farsax pastroqda. Vasij mashhur faylasuf Abu Nasr Forobiyning vatani edi. Shunday qilib, Forobiy
Sirdaryodagi Forob mintaqasining Vasij degan yerida o`troq turkiy qabilalaridan bo`lgan, musulmon harbiy
boshliq oilasida 873 (260-hijriy) yilda dekabrning ikkinchi yarmida dunyoga kelgan.
3
Forobiy boshlang`ich ma’lumotni o`z ona shahrida olgach, tahsilni Toshkent (Shosh), Samarqand,
Buxoroda davom ettiradi. So`ngra Arab xalifaligining ilmiy-madaniy markazi hisoblanmish Bag`dod shahriga
yo`l oladi. Forobiy o`z yo`lida Eronning Ray, Isfahon, Hamadon va boshqa shaharlarida ham bo`ladi. Bu
davrda Bag`dodda xalifa al-Muqtadir (908-932) hukumat tepasida bo`lib, shaharda ko`plab ilm ahllari
to`plangan edi. Bag`dodda Forobiy yangi bilimlarni o`zlashtirdi va o`zining turli fan sohalaridagi ilmini
kengaytirdi. Xususan, kelib chiqishi Xarron shahridan bo`lgan xristian olimlari Abu Bashar Matta ibn
Yunusdan yunon tili va falsafasini, tabib Yuhanna ibn Xaylondan tabobat va mantiq ilmini, Abu Bakr ibn
Sirojdan astronomiya va falsafiy g`oyalarni ifodalash uslublarini o`rgandi.
4
Bundan tashqari, ko`plab
manbalarda aytilishicha, Forobiy o`z ona tilidan tashqari, arab, fors, yunon, suryoniy kabi yetmishdan ortiq tilni
bilgan.
Alloma Bag`dod shahrida ekanida o`z ona yurti bo`lmish Somoniylar mamlakatiga ham borib keladi. Turk
olimi A.Abnanning XV asrga oid Mulla Lutfiy qalamiga mansub “Kashf uz-zunun” asariga tayanib xabar
berishicha, bu yerda Forobiy somoniy hukmdor Mansur ibn Nuh taklifiga ko`ra o`zining يًاثلا نيلعتلا (“Ikkinchi
ta’lim”) nomli kitobini yozadi. Forobiy 941-yili Damashq shahriga kelgan. Bu yerda o`zining “ لهأ ءارآ باتك
حلضافلا حٌيدولا” (Fozil shahar ahlining qarashlari haqidagi kitob) nomli asarini yozishni boshlaydi. Forobiyning
mashhurligi Halab hokimi Sayfuddavla Hamdamid (943-967) gacha yetadi, u Forobiyni Halabga chaqiradi, shu
bois u 943-yilda Halabga otlanadi.
Bu yerda turli ilmiy majlislarda ishtirok etib, ilm ahllarining e’tiborini
tortadi. Halabdan so`ng yana Damashqqa qaytadi. Bu yerda u o`zining “Fozil shahar ahlining qarashlari
haqidagi kitob” asarini yozib tugallaydi. Forobiy 949-950 yillarda qandaydir sabab bilan Misrga borganligi
haqida ma’lumotlar bor. Turkiyalik muallif A.Ateshning aytishicha, bu yerda u “Fozil shahar ahlining
qarashlari haqidagi kitob” asarini bo`limlarga ajratgan.
5
Misr safaridan Damashqqa qaytib kelgan Forobiy to
umrining oxirigacha shu shaharda yashab ijod qildi va 950-yilda shu yerda vafot etdi. Forobiy Damashqdagi
“Al-Bab as-sag`ir” qabristoniga dafn qilingan. Uning qabr toshiga “
تا
ححتافلا نيحرلا يوحرلا الله نس ” Abu Nasr al-
Forobiy nomi bilan mashhur bo`lgan musulmon olimi, faylasufi, adibi va musiqashunosi Muhammad ibn
Muhammad ibn Tarxon ibn O`zlug` qabri. 260-hijriy yili Forobda tug`ilgan va 339-hijriy yili Damashqda vafot
etgan, deb yozilgan.
6
1
Маънавият юлдузлари, -Т
.: Абдулла Қодирий номидаги Халқ мероси нашриѐти, 2001. -Б.72.
2
Ҳикматуллаев Ҳ., Шоисломов Ш. Ёқут Ҳаммавий. -Т.: Фан; 1965. -Б.31.
3
Орипов З.T. Шарқ мусиқий манбашунослиги (X-XI асрлар). -Т.: Фан ва технология, 2008. - Б.21-22.
4
Хайруллаев М.М. Абу Наср ал-Фараби. -М.: Наука, 1982. -C.44-45.
5
Хайруллаев М.М. Абу Наср ал-Фараби. -М.: Наука, 1982. -C.48.
6
Даукеева С. Философия музыки Абу Насра Мухаммада аль-Фараби. -Алма-Ата: Фонд Сорос -Казахстан, 2002. -С.144-145.
Forobiyning boy ilmiy merosi falsafa, matematika, geometriya, astronomiya, fizika, tibbiyot, she’riyat
kabi turli fan va sohalarga tegishlidir. Bular orasida Forobiyning musiqashunoslikka oid ishlari ham g`oyat
muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda allomaning o`zi ham mohir sozanda va bastakor bo`lganligi, hatto o`z
zamonasi uchun yangi bo`lgan musiqa asbobini ixtiro qilganligi haqidagi ma’lumotlar uchraydi.
Musiqashunos
olim sifatida Forobiy o`zining musiqa ilmiga oid qarashlarini nazariy va amaliy jihatdan bir qancha asarlarda
ifodalagan. Ingliz musiqashunos sharqshunosi mashhur olim Henri Jorj Farmer Forobiyning o`n bitta asarini
musiqaga oid deb hisoblaganligini ma’lum qilgan.
7
U bu ro`yhatga رعشلا يف ملاك (She’riyat haqida so`z),
اتك
ب
حيسدٌهلا ليحلا (Geometrik hiylalar haqidagi kitob) kabilarni ham kiritgan. Forobiyning faqat musiqashunoslikka
taalluqli asarlari quyidagilar:
1. “Katta musiqa kitobi” (ريثكلا يقيسىولا باتك(
2. “Musiqaga kirish”
)يقيسىولا يف لخده(
3. “Musiqa haqida so`z”
)يقيسىولا يف ملاك(
4. “Musiqa haqidagi risola”
)يقيسىولا يف حلاسر(
5. “Ritmlar kitobi” (خاعاقيلإا باتك)
6. “Ritmlar tasnifi haqidagi kitob”
يف باتك(
إ
)خاعاقيلإا ءاصح
7. “Uning ritmga qo`shimcha ko`chish haqida so`zi” (
لإا يلإ ًافاضه حلقٌلا يف هل ملاك
اقي
) (bu asar “Ritmlar tasnifi
haqidagi kitob” asariga qo`shimcha bo`lsa kerak)
8
8. “Ilmlar sanog`i haqida kitob” )مىلعلا ءاصحإ باتك( asarining “Musiqa ilmi” (يقيسىولا نلع) nomli bobi.
9
Bu kabi asarlar orasida “Katta musiqa kitobi” ( ثكلا يقيسىولا باتك(
ري
Forobiyning musiqashunoslikka oid
ham
hajm, ham ilmiy ahamiyat jihatidan eng yirik asari
hisoblanadi. Mazkur asar orqali Forobiy O`rta asrlarning
yetuk musiqashunosi sifatida ham tanildi. “Katta musiqa kitobi” (ريثكلا يقيسىولا باتك( da Forobiy oldinlari boshqa
fanlarning tarkibiy qismi bo`lgan musiqani mustaqil ilm darajasiga ko`targan.
10
“Katta musiqa kitobi” (ريثكلا يقيسىولا باتك( asarida Forobiy musiqa ilmini nazariy, amaliy tarmoqlarga,
kuylarning ichki tuzilishi, qonuniyatlarini hisobga olib,
عتلا
فير - ta’rif (kompozitsiya) va اقيلإا نلع - ilmi iyqo’
(ritmika) ga ajratadi. Forobiy musiqa nazariyasida tovushlar vujudga kelishining tabiiy-ilmiy ta’rifini beribgina
qolmay, kuylar garmoniyasining matematik prinsiplarini ochadi, turli jadvallar, geometriya qoidalari asosida
ko`plab murakkab chizmalar keltiradi. U Sharq musiqasining ritmik asosini dalillar bilan sharhlab beradi.
Forobiy ritmlarni tashkil etgan zarb birliklari bo`lmish naqralar, ularning birikmasidan hosil etiladigan
ruknlarning turli xillari asosida yaratiladigan ritm o`lchovlari va turlarini yoritib bergan.
11
Forobiyning boshqa asarlari singari
“Katta musiqa kitobi” (ريثكلا يقيسىولا باتك( ham arab tilida yozilgan.
Manbalarda aytilishicha,
Forobiy bu asarni Abu Abbos xalifaligi paytida vazir bo`lgan Abu Ja’far Muhammad
ibn al-Qosim al-Karxiyning taklifiga ko`ra yozgan.
“Katta musiqa kitobi” dastlab ikki kitobdan iborat bo`lgan.
Bulardan ikkinchi kitob hozirgacha topilmagan. “Katta musiqa kitobi” (ريثكلا يقيسىولا باتك( nomi bilan mashhur
asar birinchi kitob hisoblanadi. Bu asar butun dunyo miqyosida keng ko`lamda o`rganilib, tadqiq qilinib
kelinmoqda. Xususan, “Katta musiqa kitobi” to`laligicha faqat fransuz tiliga tarjima qilingan: 1930-1935
yillarda “Katta musiqa kitobi”ning fransuz tilidagi to`liq erkin tarjimasi baron Rudolf D` Erlanje tomonidan
amalga oshirilib, 1935 yili birinchi marta Parijda chop etiladi.
12
“Katta musiqa kitobi”ning turli boblari fors va
turk tillarida ham nashr etilgan. Mazkur asardan olingan turli parchalar sobiq Sovet Ittifoqida o`zbek, rus,
qozoq tillariga tarjima qilingan.
13
Forobiy “Katta musiqa kitobi” (ريثكلا يقيسىولا باتك( asarining tuzilishi haqida shunday deydi: «Yozgan
narsalarimizni ikki kitob qilishni ma’qul ko`rdik: ularning birinchisini shu ilmning asosiy tamoyillari bilan
tanishtirishda muhim bo`lgan ishlar bilan boshladik. Unga (birinchi kitobga) mazkur san’at turining asoslariga
taalluqli ma’lumotlarni kiritdik. Unda (birinchi kitobda) boshqa hech bir usulni aralashtirmagan holda, faqat
o`zimizgagina xos bo`lgan yo`l orqali, musiqa ilmining bo`limlarini to`liq ochib berdik. Ikkinchi kitob, unda
bizgacha yetib kelgan shu sohada tanilgan nazariyotchilarning qarashlarini berdik va ularning noaniq, chigal,
g`aliz so`zlarini izohladik. Unda biz ayrim olimlarning biror kitobda isboti keltirilgan fikrlarining har birini
alohida-alohida ko`rib chiqdik. Ulardan har birining bu sohada mavjud bilimlarni egallashda erishgan
darajalarini ko`rsatdik va ularning qarashlaridagi xato va kamchiliklarni tuzatdik. Birinchi kitob ikki qismni o`z
7
Арипов З. Т. О «Большой книге музыки» Фараби (К изучению первоисточника). // Некоторые вопросы совершенствования
учебно-воспитательной работы в музыкальных учебных заведениях (Методические рекомендации). Сборник. -Т.:
Конструктор,1986. -C.41.
8
Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри.
-Т.: Абдулла Қодирий номидаги Халқ мероси нашриѐти, 1993. -Б.215.
9
Хайруллаев М.М. Абу Наср ал-Фараби. М.: Наука, 1982. -C.132.
10
Матѐқубов О. Оғзаки анъанадаги профессионал музика асосларига кириш, -Т.: Ўқитувчи; 1983. -Б.11.
11
Маънавият юлдузлари, -Т
.: Абдулла Қодирий номидаги Халқ мероси нашриѐти, 2001. -Б.80.
12
Матякубов O. Фараби об основах музыки Востока. -Т.: Фан, 1986. -C.19.
13
Матѐқубов О. Оғзаки анъанадаги профессионал музика асосларига кириш, -Т.: Ўқитувчи; 1983. -Б.11.
ichiga oladi: (musiqa) ilmiga kirish va (musiqa) ilmining o`zi haqidagi qism. (Musiqa) ilmiga kirish qismini
ikki maqola qildik. (Musiqa) ilmining o`zi haqidagi qism esa uch bobdan iborat: Birinchi bob musiqa ilmining
tamoyillari va undagi umumiy masalalar haqida. Bu bobda bizgacha asarlari yetib kelgan ko`plab
qadimgilar
14
ning g`oyalari va ular (qadimgilar) ga ergashgan hozirgi zamondoshlarning fikrlarini uchratamiz.
Ikkinchi bob, uni biz o`zimizdagi mashhur cholg`ular haqida qildik, tamoyillar kitobidagi mulohazalarga ko`ra,
bir cholg`uning, boshqa bir cholg`udan chiqarilishining iloji yo`q deb hisoblanganligini, lekin buni noodatiy
bo`lgan cholg`ularda ham amalga oshirish mumkinligini ko`rsatdik. Uchinchi bob kuylarni hosil qilish haqida.
Shu uch bobning har birida ikkitadan maqola bor. Birinchi kitob sakkiz maqola, ikkinchi kitob to`rt maqola
qilingan. Shu sohada qilgan ishlarimizning barchasi o`n ikki maqola bo`ldi».
15
“Katta musiqa kitobi” (ريثكلا يقيسىولا باتك( ning qo`lyozma nusxalari dunyoning turli shaharlarida saqlanadi,
masalan, Leyden, Milan, Ostona, Bayrut va boshqalar. Misrlik musiqashunos sharqshunos olim G`attos
Abdulmalik Xashaba asarning yigirmadan ortiq qo`lyozma nusxalaridan foydalangan holda “Katta musiqa
kitobi” (ريثكلا يقيسىولا باتك( ning to`liq ilmiy-tanqidiy matnini tuzdi va unga ilmiy izohlar berdi.
Musiqashunoslikka doir mazkur yirik asarning G`attos Abdulmalik Xashaba tomonidan tayyorlangan ilmiy-
tanqidiy matni 1967 yili Qohira shahrida 1212 sahifa hajmida nashr etildi. Asarning kirish qismida Xashaba
ilmiy-tanqidiy matnni tuzishda o`zi foydalangan qo`lyozmalar haqida batafsil ma’lumot beradi:
«Asarning uchta nusxasida ko`rinib turgan tafovutli holatlar bor bo`lgan barcha so`z yoki gaplarni
hoshiyalarda keltirdik va bu uch nusxadan mazmunan eng to`g`ri keladiganini tanlab oldik.
Tanqidiy matn
,
asosan, mana shu uch nusxa asosida amalga oshirildi.
Bular:
1) asarning bu nusxasini “Mim” harfi bilan belgiladik. U Leyden kutubxonasida 1427 raqam ostida
saqlanayotgan juda nozik xat bilan ko`chirilgan qo`lyozmadan olingan fotonusxa, 133 sahifadan iborat. Bu
nusxa hijriy 482-yilda yozilgan nusxadan kotib Xalil ibn Ahmad ibn Xalil tomonidan hijriy 943-yili muharram
oyining 4-kunida
ta’liq xatida
ko`chirilgan.
2) “Dol” harfi bilan belgilangan nusxa. U Ostona kutubxonasida 22 raqam ostida saqlanuvchi tushunarli
nasx xatida yozilgan qo`lyozmadan olingan fotonusxa, 464 sahifadan iborat, qo`lyozmaning so`nggida ikki
sahifa bor, ularda she’riy qasida va kitobning muhri berilgan. Bu nusxa Ali ibn Rustam al-Kabshiy tomonidan
nasx xatida hijriy 654-yili jumodul oxir oyining 11-kuni ko`chirilgan.
3) “Sin” harfi bilan belgilangan nusxa. U Amerikaning Bernston universiteti kutubxonasida 9052 raqam
ostida saqlanuvchi qo`lyozma nusxadan olingan fotonusxa, 129 sahifadan iborat, oddiy nasx xatida yozilgan,
mazkur qo`lyozmada asarning ud cholg`usiga oid ikkinchi bobining birinchi maqolasida muayyan nuqson
(defekt) lar bor. Misr xalq kutubxonasining Temuriylar bo`limidan cholg`ularga oid mana shu kitobdan bir
parcha olib qo`lyozmaning nuqsonli joyini to`ldirdik.
Bu nusxada birinchi kitobning ayrim sahifalarining tartibi
turlicha joylashtirilgan va uning oxirida so`zlash uslubida o`zgarishlar boshlangan. Taxminlarga ko`ra, bu
qo`lyozma marhum Murod al-Borudiyning kitob javonida bo`lgan va undan Amerikaga olib kelingan. Bu haqda
Misr kutubxonasining fihrist (katalog) ida ko`rsatib o`tilgan. Mazkur qo`lyozma kotib Ahmad Muhammad
Rojiy tomonidan hijriy 822-yili rabi’ul avval oyining 14-kunida ko`chirilgan».
16
Bulardan tashqari, G`attos Abdulmalik Xashaba “Katta musiqa kitobi” asarining boshqa qo`lyozma
nusxalari haqida ham xabar beradi: «Shuningdek, qo`limizda 1930-1935 yillarda Parijda chop etilgan asarning
baron Rudolf D’Erlanje tomonidan qilingan tarjimasi ham bor edi, u kitobning quyidagi to`rt nusxasidan
foydalangan:
1) “M” harfi bilan belgilangan Leyden kutubxonasida 1427 raqam ostida saqlanayotgan, hijriy 943-yilda
ko`chirilgan
133 sahifadan iborat to`liq nusxa.
2) Milan kutubxonasida 289 raqam ostida saqlanuvchi, 784-hijriy yilda yozilgan 195 sahifadan iborat
to`liq nusxa.
3) Bayrut kutubxonasidagi to`liq bo`lmagan nusxa.
4) Madridning El Eskorial kutubxonasidagi 906 raqamli 183 sahifadan iborat Abu Hasan ibn Abu Komil
al-Kurdiy tomonidan
yozilgan
to`liq bo`lmagan nusxa, ko`chirilgan sanasi noma’lum».
17
Xulosa qilib aytish mumkinki, Abu Nasr al-Forobiy O`rta asrlar musulmon Sharqining yetuk
ensiklopedist olimi sifatida o`zidan ulkan ilmiy-ijodiy meros qoldirdi. Uning 160 dan ortiq nodir asarlari
fanning turli sohalariga mansub. Ular orasida Forobiyning musiqa ilmiga taalluqli ishlari alohida ahamiyatga
14
ءاهدقلا (qadimgilar) deganda Fоrobiy qadimgi yunon olimlarini nazarda tutgan (mas. Pifagоr, Aristotel va b.)
15
رصً ىتا
.يتارافلا
ا و حعاثطلل يترعلا ةتاكلا راد .يٌفحلا دوحأ دىوحه رىتكد ريدصت و حعجاره .حثشخ كلولا دثع ساطغ حرش و قيقحت .ريثكلا ىقيسىولا باتك
رشٌل
.حٌس ىودت .جرهاقلات
٩٣
-
٩٣
ص
16
رصً ىتا
حه رىتكد ريدصت و حعجاره .حثشخ كلولا دثع ساطغ حرش و قيقحت .ريثكلا ىقيسىولا باتك .يتارافلا
رشٌلا و حعاثطلل يترعلا ةتاكلا راد .يٌفحلا دوحأ دىو
.حٌس ىودت .جرهاقلات
٩٢
-
٢٣
ص
17
رصً ىتا
ل يترعلا ةتاكلا راد .يٌفحلا دوحأ دىوحه رىتكد ريدصت و حعجاره .حثشخ كلولا دثع ساطغ حرش و قيقحت .ريثكلا ىقيسىولا باتك .يتارافلا
رشٌلا و حعاثطل
.حٌس ىودت .جرهاقلات
٩٢
ص
molikdir. Shu qatorda
“Katta musiqa kitobi” (ريثكلا يقيسىولا باتك( o`sha davr musiqashunoslik ilmiga oid
dastlabki yirik ilmiy asar hisoblanadi. Mazkur asar Forobiydan keyin musiqa ilmi borasida yaratilgan asarlar,
shu jumladan, Abu Ali ibn Sinoning “Musiqa ilmi to`plami” (يقيسىولا نلع عهاىج), Abu Mansur Ibn Zaylaning
“Musiqa haqida to`liq kitob” (يقيسىولا يف يفاكلا باتك), Abu Abdulloh Xorazmiyning “Ilmlar kalitlari” (مىلعلا حيتافه)
singari yirik asarlarning yaratilishiga turtki bo`lgan.
“Katta musiqa kitobi” (ريثكلا يقيسىولا باتك( asari musiqa
nazariyasi, amaliyoti va tarixiga oid muhim manba sifatida bugungi kunda butun dunyoda keng ko`lamda
o`rganib kelinmoqda. Lekin shunga qaramay, bu asar yetarli darajada o`rganilgan, deyish mushkul. Uni keng
miqyosda o`rganish, tadqiq etish, tarjima qilish va ilmiy izohlash hozirgi zamon o`zbek sharqshunosligi oldida
turgan dolzarb ilmiy masaladir.
Do'stlaringiz bilan baham: |