Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspektsiya nazoratini o’tkazish Reja



Download 143,25 Kb.
bet3/3
Sana22.04.2022
Hajmi143,25 Kb.
#573322
1   2   3
Bog'liq
10.03.2022.Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspektsiya nazoratini o’tkazish

ekspert tashkiloti — ekspertizani amalga oshiradigan, mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan tashkilot;
ekspert tashkilotlari faoliyatiga qo’yiladigan talablar (keyingi o’rinlarda akkreditatsiya mezonlari deb yuritiladi) — akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti vakolatiga ega bo’lishi uchun bajarilishi kerak bo’lgan talablar;
ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish bo’yicha vakolatli organ (keyingi o’rinlarda vakolatli organ deb yuritiladi) — «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspektsiyasining akkreditatsiya va inspektsion nazorat bo’limi;
ekspertiza ob’ektlari — xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi loyiha hujjatlari, texnika qurilmalari, binolar va inshootlar, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan boshqa hujjatlar;
ekspertiza xulosasi — ekspertiza ob’ektining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi (muvofiq emasligi) to’g’risida asosli xulosalarni yoki xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining identifikatsiyalash natijalarini o’z ichiga olgan hujjat.
2. Ekspertiza akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti tomonidan akkreditatsiya sohasiga muvofiq akkreditatsiya attestati asosida amalga oshiriladi. Akkreditatsiya attestatiga ega bo’lmagan tashkilot ekspertizani amalga oshirish huquqiga ega bo’lmaydi.
3. Ekspert tashkilotini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspektsiya nazoratini o’tkazish vakolatli organ tomonidan mazkur Qoidalar, qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiq o’tkaziladi
II. Ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish
4. Akkreditatsiya qilish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
a) buyurtmachidan akkreditatsiya qilish uchun arizani qabul qilish, taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholash va arizani ijro etish haqida qaror qabul qilish;
b) taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish va tahlil natijalari asosida xulosa rasmiylashtirish;
v) buyurtmachini joyiga borib baholash va baholash natijalari bo’yicha dalolatnomani rasmiylashtirish;
g) bajarilgan ishlar natijalari asosida qaror qabul qilish;
d) akkreditatsiya attestatini rasmiylashtirish, ro’yxatga olish va buyurtmachiga topshirish.
Akkreditatsiya qilishning keyingi har bir bosqichi avvalgi bosqichlarda ijobiy natijalarga erishilgan taqdirda amalga oshiriladi.
5. Akkreditatsiyadan o’tish uchun buyurtmachi mazkur Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan shaklda rasmiylashtirilgan arizani vakolatli organga topshiradi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
b) buyurtmachi faoliyat olib bormoqchi bo’lgan akkreditatsiya sohasi (akkreditatsiya sohalari ro’yxati mazkur Qoidalarning 1a-ilovasida keltirilgan);
v) ekspert tashkiloti nizomi;
g) buyurtmachining akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligini tavsiflovchi deklaratsiya (akkreditatsiya mezonlari mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan);
d) buyurtmachi tomonidan akkreditatsiya qilish uchun to’lov to’langanligini tasdiqlovchi hujjat;
Ekspert tashkilotlarini qayta akkreditatsiya qilish
Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatining amal qilish muddati tugashidan uch oy oldin qayta akkreditatsiyadan o’tish uchun vakolatli organga ariza topshirishi mumkin.
Akkreditatsiya attestatining amal qilishi tugatilganda yoki akkreditatsiya attestati bekor qilinganda ekspert tashkiloti qayta akkreditatsiyadan o’tish uchun vakolatli organga ariza topshirishi mumkin.
Ekspert tashkilotlarini qayta akkreditatsiya qilish mazkur Qoidalarning II-bobi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT!
Download 143,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish