Sanoat xavfsizligini ekspertizadan va akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimini
Sanoat xavfsizligini ekspertizadan va akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish bilan bog‘liq ob’ektlar xavfsizligini ekspertiza qilishni tashkil etish sohasida:
Sanoat xavfsizligi sohasida ekspert tashkilotlarini belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazadi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Sanoat xavfsizligi sohasida berilgan ekspert xulosalarining yagona hisobini yuritadi;
Atom energiyasidan foydalanish ob’ektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat turlari xavfsizligi ekspertizasini (xavfsizlikni asoslash ekspertizasini) tashkil etadi;
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi hamda istirohat bog‘lari attraksionlarini ekspluatatsiya qilish borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va qabul qilish sohasida:
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida texnik jihatdan tartibga solish, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish sohasida, putur yetkazmaydigan nazorat bo‘yicha, shuningdek, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishda va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasida, yadro qurilmalarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, yadro materiallarini, radioaktiv moddalar punktlarini va radioaktiv chiqindilar omborlarini fizik himoya qilish sohasida talablarni belgilaydigan normalar va qoidalar ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda qabul qilinishini ta’minlaydi;
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida, putur yetkazmaydigan nazorat bo‘yicha, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish talablari mavjud bo‘lgan normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda kelishadi;
Foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha korxonalar, ob’ektlarni tugatish va konservatsiya qilishda yer qa’ridan foydalanuvchilar bajarishi shart bo‘lgan texnik talablarni (foydali qazilmalar konlaridan foydalanishda ishlarning xavfsizligi va iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan kon ishlanmalarini saqlab qolish yuzasidan) belgilaydi;
J) xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, soha faoliyatiga taalluqli bo‘lgan xalqaro shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini ta’minlash sohasida:
Sanoatda, kon nazoratida, atom energetikasi va ilmiy tadqiqotlarda ishlarni xavfsiz olib borish ustidan nazorat qilish sohasida xalqaro hamkorlik qiladi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan belgilangan tartibda aloqa qiladi;
Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish, kimyoviy, bakteriologik (biologik) va zaharli qurol-yarog‘ni taqiqlash, shuningdek, kimyoviy, biologik, radiologik va yadro materiallarining ta’siri xavfini pasaytirish bo‘yicha xalqaro shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi;
H) texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi sohalarida faoliyatni amalga oshiruvchi mutaxassislarning malakasini oshirish sohasida:
Sanoat xavfsizligi sohasida xodimlarning malakasini tizimli asosda oshiradi, shuningdek, texnika va texnologiyalarni dinamik rivojlantirishni hisobga olgan holda radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida mutaxassislar tayyorlashni tashkil etadi;
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida atom energetikasi ob’ektlari, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish sohasida, putur yetkazmaydigan nazorat bo‘yicha, shuningdek, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanish bo‘yicha xodimlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish (bilimlarni tekshirish) tartibini tasdiqlaydi;
Kon, portlatish ishlarini bajarish va rahbarlik qilish huquqiga tayyorlashni va o‘qitishni tashkil etadi va amalga oshiradi hamda belgilangan tartibda portlatuvchining yagona daftarchalari berilishini tashkil etadi;
Istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishda xodimlarning malakasi oshirilishini tashkil etadi va ularning bilimlarini tekshirishda ishtirok etadi.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda o‘zining tarkibiy bo‘linmalari orqali amalga oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. Toshkent, ,,O’zbekiston", 2021 y.
Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent «SHarq",2019 y.
O’zbekiston Respublikasini Mehnat kodeksi Toshkent, 2021 y.
O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonuni Toshkent, 20213 y.
V.S.Alekseev, E.O.Murodova, I.S.Davыdova. Bezopasnost jiznedeyatelnosti «Prospekt» Moskva-2016 g.
O.Qudratov, T.G’aniev. Hayotiy faoliyat xavfsizligi. Toshkent. «Mehnat»-2014.
Internet tarmog‘idagi kerakli saytlar ro‘yxati
www.oak.uz – Oliy attestatsiya komissiyasining sayti
www.edu.uz – Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining portali
www.uzedu.uz – Xalq ta’limi vazirligining portali
Do'stlaringiz bilan baham: |