Bog'liq 13714 1 5503376EFCE8575E605B9B65ADF82BB787B9A90D
“DIGITAL TRANSFORMATION OF INDUSTRY AND SERVICES: TRENDS, MANAGEMENT, STRATEGIES” 136 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimiz
zamonaviy yuksalishga erishish maqsadida innovatsion rivojlanish bosqichiga kirganligini eʼtirof
etilgan. “Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni... aynan
innovatsion g‘oyalar asosida boshlashimiz kerak. Innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyot
yo‘liga o‘tishimiz bejiz emas. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda
kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.”
Ta’lim berish jarayonida yangi texnik vositalar, kompyuter va boshqa axborot
texnologiyalarining jadal sur’atlarda kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni
ta’minlash maqsadida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.
Respublikamizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, jamiyatda raqamli
texnologiyalari va internetning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash
dasturlarini ishlab chiqish, hamda bu boradagi ishlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan. “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish
va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” (2002 yil), “O‘zbekiston
respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” (2005 yil),
“Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarini yanada rivojlantirish va joriy etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” (2012 yil)gi qaror va farmonlar shular jumlasidandi.
“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan
tegishli huquqiy zaminni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat
to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi (2020 yil 24 iyul) yangi O‘zbekistonni qurishda muhim
qadam bo‘ldi. Ushbu qonun taraqqiyotimizni kafolatlovchi, uni yanada jadallashtiruvchi yangi
g‘oya, yangi kashfiyotlar, ilmiy ishlanmalarni yaratish hamda hayotga joriy etilishining ishochli
huquqiy mexanizmlarini mustahkamlab benihoya muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur qaror va farmonlarda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va
ularni iqtisodiyotning turli tarmoqlariga tatbiq etish, jumladan, ta’lim jarayoniga zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish zarurligi ta’kidlangan.
Ta’limga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish:
- fanning barcha sohalarini axborotlashtirish;
- ta’lim faoliyatini intellektuallashtirish;
- integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish;
- ta’lim tizimi infratuzilmasini va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish.
Natijada talabaning kasbiy bilimlarni kasbiy egallashi, o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni
modellashtirish orqali fan sohasini chuqur o‘rganish, turli ta’lim faoliyati, o‘rganilayotgan
jarayonlarning kompyuter texnologiyalari orqali o‘quvchining mustaqil faoliyatini kengaytirish.
hodisalarni vositalar orqali ko‘rsatish esa o‘quvchilarda fan asoslariga qiziqish va faollikni
oshirishga olib keladi.
Kompyuter dasturlari nafaqat o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga
yordam beradi, balki kompyuterda ishlash orqali ijobiy ko'nikmalarni shakllantirishga yordam
beradi. Bunda asosiy o‘quv materialini to‘ldirish yoki o‘qitish samaradorligini oshirish uchun
kompyuter dasturlari qo‘llanilishi mumkin. Ta'limda texnologiyadan foydalanish juda muhimdir.
Bu vositalardan zamonaviy talablarga javob beradigan tarzda o‘qitish va o‘quvchilar e’tiborini
jalb qilish mumkin. Kompyuterlar, elektron darsliklar, internet va boshqa vositalar kabi o‘quv
qurollari o‘quvchilarga o‘quv ma’lumotlarini taqdim etuvchi texnik vositalardir. Axborot
texnologiyalari uchun turli xil elektromexanik qurilmalar, ko'rgazmali osiloskoplar va ularning
sinfda vizual tasvirlarni namoyish qilish uchun o'lchash asboblari, shuningdek, televizor, video
proyektor, elektron doska, elektron daftar, smartfon mobil qurilmalari, audio multimedia
texnologiyalari va boshqa vositalar.
Ta'lim jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni qo'llashga ko'plab omillar salbiy
ta'sir ko'rsatadi, jumladan:
- ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya vositalarining yetarli darajada
ta’minlanmaganligi;
-ta’lim muassasalari internet va boshqa axborot tarmoqlariga ulanmagan;