Berdiqulova Sevinch Tohir qizi
3-kurs, Guliston Davlat Universiteti
MINTAQALAR VA TARMOQLAR IQTISODIYOTINING INNOVATSION
RIVOJLANISH MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI
Annotatsiya: Maqolada mintaqalar va milliy iqtisodiyot tarmoqlari innovatsion
rivojlanishining dolzarb muammolariga bag’ishlangan bo’lib, izlanish bo’yicha tadqiqotlar
o’rganilib, shakllangan fikrlar asosida xulosalar qilingan.
Аннотация: В статье рассматриваются актуальные вопросы инновационного
развития регионов и отраслей народного хозяйства, исследования и делаются выводы на
основе сформированных представлений.
Аnnotation: The article focuses on current issues of innovative development of regions
and sectors of the national economy, studies the research and draws conclusions based on the
ideas formed.
Kalit so’zlar: innovatsiya, strategiya, agrar soha, suv tejovchi texnologiyalar, innovatsion
kompaniyalar, raqamli iqtisodiyot, IT-parklar, Global Innovatsion Indeks.
Ключевые слова: инновации, стратегия, Сельское хозяйство, водосберегающие
технологии, инновационные компании, цифровая экономика, ИТ-парки, Глобальный
инновационный индекс.
“SANOAT VA XIZMAT KO‘RSATISH SOHALARINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI:
TENDENSIYALAR, BOSHQARUV, STRATEGIYALAR”
277
Key words: innovation, strategy, agriculture, water-saving technologies, innovative
companies, digital economy, IT parks, Global Innovation Index.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va uni liberallashtirishda innovatsion
iqtisodiyotga asoslanishi jahon hamjamiyatida milliy iqtisodiyotning o’rnini mustahkamlashning
muhim omili hisoblanadi. O’zbekistonda amalga oshirib kelinayotgan islohotlar aynan shu
maqsadni o’zida aks ettirgan holda rivojlanish tendensiyasiga ega bo’lmoqda. Jahon iqtisodiyoti
globallashuv sharoitida raqobat muhitining jadallashuvi milliy iqtisodiyotlar oldiga jiddiy
vazifalarni qo’ymoqda. Shuningdek, mamlakatlarning rivojlanishini ta’minlash va iqtisodiy
barqarorligini saqlab qolish, o’z navbatida Respublikaning tabiiy boyliklarini emas, balki
innovatsion g’oyalarini eksport qilish hisobidan rivojlanishga erishish mumkinligini zarur qilib
qo’ydi. Bu borada, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Bugun biz davlat
va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish
yo’lidan o’tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan
hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g’oya, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi”
1
deb
qayd etib o’tilganligini mazkur masalaning ahamiyati yuqoriligini anglatadi.
Mamlakat iqtisodiyoti va iqtisodiyot subyektlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir
ko’rsatishning asosiy vositalaridan biri – davlat iqtisodiy siyosatining bo’g’inlaridan
hisoblanuvchi innovatsiya siyosatidir. Davlat innovatsiya siyosati yordamida bevosita ishlab
chiqarish hajmi sur’atlari oshishiga, fan-texnika taraqqiyoti tezlashishiga, ijtimoiy ishlab
chiqarish tuzilishi o’zgarishi, ijtimoiy muammolarni hal qilishga ta’sir o’tkaza oladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’zining “Yangi O’zbekiston Strategiyasi” kitobida
quyidagi fikrlarni bildirdi: “Qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda tomchilatib, yomg’irlatib
sug’orish va boshqa suv tejovchi texnologiyalarni keng qo’llash, bu borada yer egalari va suv
iste’molchilarini rag’batlantirish mexanizmini kengaytirish, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan
suv resurslarini boshqarish va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish hamda suv
iste’molchilari uyushmalari faoliyatini yanada optimallashtirish zarur”. Bugungi kunda
iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan qishloq xo’jaligiga innovatsion texnologiyalarni olib kirish
dolzarb vazifalardan hisoblanada. Bu borada joriy yil 28 yanvar kuni Prezidentimizning “2022-
2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi
Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan tasdiqlangan taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug’lash va faol
mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturining Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish
va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash deb nomlagan uchinchi yo’nalishda qishloq xo’jaligini
ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali sohaning barcha tarmoqlari ravnaqini ta’minlaydigan
maqsad va vazifalar batafsil bayon etilgan.
-
Agrar sohani rivojlantirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini klaster asosida qayta ishlash
va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
-
Qishloq joylarda yashayotgan aholining hayot darajasi va sifatini oshirish;
-
Fermer va dehqonlar daromadini 2 barobarga ko’paytirish uchun zarur sharoitlarni
yaratish;
-
Qishloq xo’jaligining yillik o’sish sur’atini 5 foizga yetkazish vazifalari belgilandi.
Ular doirasida 3 ta bosh maqsad belgilanib, 15 ta vazifalar va 46 tizimli tadbirlar amalga
oshiriladi. Bu rejalarni amalga oshirish bizdan katta ilm va salohiyat talab etadi. Sohaga
inovatsion texnologiyalarni olib kirish tezroq rivojlanish va liberallashishga olib keladi. Ushbu
vazifalar bilan bir qatorda qishloq xo’jaligini modernizatsiyalash va intensiv rivojlantirish
borasida agroklaster hamda kooperatsiyalar tarmog’ini kengaytirish, fermer, dehqon xo’jaliklari
va tomorqa egalari huquq va manfaatlarini himoyalash, soha xodimlari, yer egalarinining ilm-fan
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi "2017-2021-yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” PF-4947-son Farmoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |