Саноат ва кишлок хужалик асослари ма



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/59
Sana21.07.2021
Hajmi0,5 Mb.
#125569
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59
Bog'liq
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi

2. Renta turlari 
 
Renta  yerga  bo’lgan  mulkning  iqtisodiy  realizatsiyasi,  ya’ni  amalga 
oshishidir.  Yer  egasi  manfaati  yuzaga  chiqishi  uchun  u  o’z  uchastkasini 
ishga  solib,  pul  topishi  kerak  bo’ladi.  U  o’z  yerida  dehqonchilik  qiladi, 
korxona  yoki  har  xil  xo’jalik,  turar-joy  binolarini  quradi,  yerni  ijaraga 
beradi,  uni  sotadi  yoki  garovga  qo’yib,  pul  oladi  va  shu  pulni  ishlatadi. 
Yerni  ishlatishning  bir-biridan  farq  qiladigan  muqobil  usullari  ko’p.  Bu 
usullardan  qay  birini  tanlash  yer  egasining  ishi.  Albatta,  mulkdor  o’z 
manfaatidan  kelib  chiqqan  holda,  o’zi  uchun  eng  qulay  usulni  tanlaydi. 
Bozor  iqtisodiyoti  tizimida  yerni  ishlatishdagi  (keng  tarqalgan  usul  uni 
ijaraga berib, renta olishdir. 
Renta  turlari  ko’p,  jumladan,  absolyut  (mutlaq),  differensial, 
monopol  renta,  qurulish  uchastkalaridan  va  undirma  sanoatda  olinadigan 
renta  kabilar  uning  ko’rinishlaridir.  Ularning  hammasi  yerga  kapital 
ko’yilib, mehnat sarflanishi  natijasida keladigan va yer egasiga tegadigan 
daromaddir. 


 
78 
Absolyut  renta  yer  uchastkalarining  sifatidan  qat’i  nazar  yer  mulk 
bo’lgani  uchun  uning  egalari  oladigan  renta.  Mazkur  renta  hamma 
yerlardan  olinadi,  lekin  miqdoran  yomon  va  hatto  eng  yomon  yerlardan 
olingan rentaga teng bo’ladi.  
Differensial  (tabaqalashgan)  renta  yerning  sifatiga  qarab  olinadigan 
va  rentaning  absolyut  rentadan  ortiqcha  bo’lgan  qismidir.  Yer  sifatining 
har  xil  bo’lishi,  ya’ni  tuproqning  unumdorligidagi  farqlar  uni  yaratadigan 
omildir.  Tuproq  hosildorligi  ikki  xil  bo’ladi:  tabiiy  va  iqtisodiy.  Tabiiy 
hosildorlik  tuproqning  ximiyaviy  va  fizikaviy  xossalari  bo’lib,  uni  tabiat 
in’om  etgan.  Xalq  tilida  oriq  yer,  semiz  yer  degan  tushuncha  qo’llanishi 
bejiz emas, albatta. Yerning hosildorligi tabiatan har xil bo’lganidan, yerga 
sarflangan bir miqdordagi resurslar turlicha natija beradi. Yerning sifatiga 
qarab, muayyan miqdordagi moddiy va mehnat resurslari sarflangan holda, 
turlicha  yalpi  hosil  olinadi.  Masalan,  100  birlikka  teng  resurs  sarflangan 
holda  «A»  uchastkasidan  har  gektariga  40  sentnerdan,  «V»  uchastkasida 
30  sentierdan  bug’doy  olinadi.  Hosildorlikdagi  farqqa  qarab  renta  ham 
tafovutlashadi. 
Tuproqning  iqtisodiy  hosildorligi  yerga  qo’shimcha  resurs  sarflash, 
ishlov  berish  orqali,  uning  sifatini  oshiradi,  unumdorligini  ko’tarishni 
bildiradi.  Iqtisodiy  hosildorlikni  tabiat  emas,  balki  fan-texnika  yutuqlari 
va  mehnat  in’om  etadi.  Iqtisodny  hosildorlikni  oshirib  borish  cheksiz 
emas,  albatta.  Yerga  sarflangan  qo’shimcha  resurs  hosildorlikni  ma’lum 
chegaraga qadar oshira oladi. 
Shu doirada renta ham farqlanadi. Gap shundaki, qo’shimcha resurs 
sarfiga  nisbatan  hosildorlik  ma’lum  darajada  o’sadi,  keyinchalik  u 
o’smaydi.  Differensial  rentaning  (dif.  renta)  o’zi  differensial  renta  I  va 
differensial  renta  II  dan  iborat  bo’ladi.  Differensial  renta  I  tuproqning 
tabiiy hosildorligiga va yer uchastkasining joylashuviga qarab olinadi 
Qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarining  bozor  narxi  bir  xil,  ammo 
o’rtacha  xarajatlar  esa  yerga  qarab,  har  xil  bo’lganligi  sababli,  bozor 
narxiga  asos  bo’lgan  yomon  yerdagi  xarajatlar  bilan  boshqa  sifatliroq 
yerdagi xarajatlar o’rtasidagi farq dif. renta I ni paydo qiladi. 
Differensial  renta  II  –  tuproqning  iqtisodiy  hosildorligi  natijasidir. 
Yerga qo’shimcha mablag’ sarflab, unga ishlov berish orqali hosildorlikni 
oshirish natijasida olinadigan renta dif. renta II bo’ladi. Tuproqning tabiiy 
imkoniyatlari  doirasida  yerga  mablag’  sarflash  hosildorlikni  ma’lum 
me’yor  darajasida  oshiradi,  o’rtacha  xarajatlarni  kamaytiradi.  Mablag’ 
sarfini  samarali  ishlatishiga  qarab,  turli  xo’jaliklarning  individual 
xarajatlari  tabaqalashadi.  Bozor  narxi  bir  xil  bo’lib,  xarajatlarning  har  xil 


 
79 
bo’lishi yerga yaxshi ishlov bergan xo’jaliklarda dif. renta II ni hosil etadi. 
Bunda  tuproqning  tabiiy  emas,  balki  iqtisodiy  hosildorligidagi  tafovutlar 
rentani yuzaga kelitiradi. 
Dif.  renta  II  mohiyatan  qo’shimcha  sarflar  keltirgan  qo’shimcha 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish