Саноат ва кишлок хужалик асослари ма



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/59
Sana21.07.2021
Hajmi0,5 Mb.
#125569
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
Bog'liq
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi

ADABIYOTLAR: 
 
1.
 
X.Vaxobov, M.Tillaboeva «Iqtisodiy geografiya asoslari» Toshkent. 
2001 yil 
2.
 
A.S.Soliev «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning dolzarb masalalari» 
Toshkent. 1995 yil 


 
62 
3.
 
Xrushev A.G. «Geografiya promishlennosti» Moskva. 1989 yil 
4.      A.S.Soliev «Iqtisodiy geografiya asoslari» ma’ro’zalar matni 
 
 
Mavzu: O’RMON SANOATI, BINOKORLIK SANOATI.  
 
REJA: 
1. Umumiy ma’lumot. 
2. O’rmon sanoati haqida. 
4. Binokorlik sanoati. 
 
O’rmon sanoati quyidagi tarmoqlarni o’z ichiga oladi: daraxt kesish, 
yog’ochsozlik (taxta tilish, mebel, gugurt ishlab chiqarish va h.k.) sanoati, 
sellyuloza-qogoz va o’rmon-kimyo sanoati. 
O’rmon 
sanoati 
korxonalari 
bir-biri 
bilan 
chambarchas                                                                         
bog’langan,  ya’ni  birining  maxsuloti  ikkinchisi  uchun  xom  ashyo  bo’lib 
xizmat  qiladi.  Yog’och  tayyorlash  korxonalari  taxta  tilish  zavodlariga 
yog’och  beradi,  taxta  esa  mebel  sanoati  uchun  xom  ashyo  bo’lib  xizmat 
qiladi.  Yog’och  tayyorlash  korxonalari  chiqindilari  (shox-shabba)  va 
yog’ochsozlik  chigitlari  (qipiq,  po’stloq,  qirindi)  o’rmon  sanoatida  spirt, 
moy  va  bo’yoklar  ishlab  chiqarish  uchun  ishlatiladi.  Shu  sababli  ham, 
o’rmon-kimyo kombinatlari ko’rish keng tarqalgan. 
O’rmon      sanoatining     bir-biriga      yaqin  joylashgan va  xom  ashyo, 
energiya, transportdan birgalikda foydalanishga hamda chiqindilarni to’lik 
kayta  ishlashga  asoslangan  mustaxkam  ishlab  chiqarish  aloqalariga  ega 
bo’lgan korxonalar o’rmon sanoati majmuasi deb ataladi. 
O’rmonlar  vazifasiga  ko’ra  quyidagi  turlarga  bo’linadi:  sanitariya 
o’rmonlari  (shaharlar  atrofida);  tuproqni,  dalalarni,  suvni  muxofaza 
qiluvchi  o’rmonlar  (daryolar,  ko’llar,  suv  omborlari,  kanallar  bo’yida); 
qo’riqxona 
o’rmonlari. 
Bunday 
o’rmonlarda 
daraxtlarni 
sanoat 
maqsadlarida  kesish  man  qilinadi.  Shu  sababli,  o’rmon  resurslariga 
xo’jalik  jixatdan  baho  berganda  o’rmon  bilan  qoplangan  butun  maydon 
hisobiga olinmaydi, balki o’rmonning sanoat uchun kesishga ruxsat etilgan 
maydoni  hisobga  olinadi.  Bundan  tashqari,  xududni  o’rmon  bilan 
qoplanganlik  darajasi  (o’rmon  bilan  oplangan  butun  maydonning  shu 
xududning  butun  maydoniga  nisbati)  degan  iqtisodiy  ko’rsatkichdan 
foydalaniladi. 


 
63 
O’rmon sanoatining ayrim tarmoqlari xom ashyo manbalari yaqiniga, 
dengiz,  daryo,  temir  yo’l  bilan  yaxshi  ta’minlangan  joylarga,  ayrim 
tarmoqlari esa iste’molchiga yaqin xududlarda joylashtiriladi. 
Yog’och  tayyorlash  o’rmon  sanoati  ishlab  chiqarishining  75  foizini 
tashkil qiladi. 
O’rmon  sanoati  ishlab  chiqarishi  bir-biri  bilan  bog’langan  quyidagi 
bosqichlardan iborat: 
a)  yog’och  tayyorlash  (daraxt  kesish,  uni  transport  magistrallariga 
olib  chiqish,  qayta  ishlash  markazlariga  yetkazib  berish).  Bu  tarmoq 
asosan xom ashyo manbalari yaqinida joylashtiriladi; 
b)  yog’ochga  mexanik  ishlov  berish:  taxta  tilish,  fanera,  gugurt, 
mebel,  idish  ishlab  chiqarish.  Taxta  tilish  sanoati  ham  xom  ashyo 
manbalariga yaqinroq joylashtiriladi. 
Fanera asosan oq qayin va olxa daraxtidan tayyorlanadi, shu sababli 
fanera  ishlab  chiqarish  korxonalari  ko’proq  aralash  va  keng  bargli 
o’rmonlar  tarqalgan  joylarda.  Hozir  igna  bargli  daraxtlardan  ham  fanera 
ishlab  chiqarilmoqda.  Gugurt  ishlab  chiqarish  sanoatida  xom  ashyo  tok 
terakdan  foydalaniladi.  Shuning  uchun  gugurt  korxonalari  asosan  shu 
daraxtlar  tarqalgan  joylarda  quriladi.  Mebel  sanoati  ko’prok  iste’mol 
rayonlarida quriladi; 
v)  yog’ochga  kimyoviy  ishlov  berish  (o’rmon-kimyo):  sellyuloza, 
qog’oz,  karton,  skipidar,  kanifol  va  boshqa  narsalar  ishlab  chiqaradi. 
Sellyuloza-qog’oz sanoati qog’oz, karton, qog’oz qoplar tayyorlash uchun 
yarim  fabrikalar  bo’lib  xizmat  qiladigan  yog’och  massasi  va  sellyuloza 
ishlab chiqaradi. Sellyulozadan sun’iy tola, plastmassalar, kino plyonkalar 
ishlanadi.  Qog’oz  massasi  mexanik  usul  bilan,  ya’ni  suvda  yaxshilab 
iritilgan  yog’ochni  maydalab  kukun  qilish  yo’li  bilan  olinadi.  Sellyuloza 
yog’ochni  termik  usul  bilan  ishlash  natijasida  hosil  qilinadi.  Sellyuloza 
ishlab chiqarish ko’p miqdorda suv talab qiladi va qog’oz olish uchun ko’p 
elektr energiya sarf bo’ladi. 
Jahonda  yog’och  tayyorlash  bo’yicha  AQSH,  Rossiya,  Kanada, 
Shvetsiya, Finlyandiya, Braziliya, Tropik Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyo 
davlatlari yetakchi hisoblanadi. 
 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish