2. Renta turlari
Renta yerga bo’lgan mulkning iqtisodiy realizatsiyasi, ya’ni amalga
oshishidir. Yer egasi manfaati yuzaga chiqishi uchun u o’z uchastkasini
ishga solib, pul topishi kerak bo’ladi. U o’z yerida dehqonchilik qiladi,
korxona yoki har xil xo’jalik, turar-joy binolarini quradi, yerni ijaraga
beradi, uni sotadi yoki garovga qo’yib, pul oladi va shu pulni ishlatadi.
Yerni ishlatishning bir-biridan farq qiladigan muqobil usullari ko’p. Bu
usullardan qay birini tanlash yer egasining ishi. Albatta, mulkdor o’z
manfaatidan kelib chiqqan holda, o’zi uchun eng qulay usulni tanlaydi.
Bozor iqtisodiyoti tizimida yerni ishlatishdagi (keng tarqalgan usul uni
ijaraga berib, renta olishdir.
Renta turlari ko’p, jumladan, absolyut (mutlaq), differensial,
monopol renta, qurulish uchastkalaridan va undirma sanoatda olinadigan
renta kabilar uning ko’rinishlaridir. Ularning hammasi yerga kapital
ko’yilib, mehnat sarflanishi natijasida keladigan va yer egasiga tegadigan
daromaddir.
78
Absolyut renta yer uchastkalarining sifatidan qat’i nazar yer mulk
bo’lgani uchun uning egalari oladigan renta. Mazkur renta hamma
yerlardan olinadi, lekin miqdoran yomon va hatto eng yomon yerlardan
olingan rentaga teng bo’ladi.
Differensial (tabaqalashgan) renta yerning sifatiga qarab olinadigan
va rentaning absolyut rentadan ortiqcha bo’lgan qismidir. Yer sifatining
har xil bo’lishi, ya’ni tuproqning unumdorligidagi farqlar uni yaratadigan
omildir. Tuproq hosildorligi ikki xil bo’ladi: tabiiy va iqtisodiy. Tabiiy
hosildorlik tuproqning ximiyaviy va fizikaviy xossalari bo’lib, uni tabiat
in’om etgan. Xalq tilida oriq yer, semiz yer degan tushuncha qo’llanishi
bejiz emas, albatta. Yerning hosildorligi tabiatan har xil bo’lganidan, yerga
sarflangan bir miqdordagi resurslar turlicha natija beradi. Yerning sifatiga
qarab, muayyan miqdordagi moddiy va mehnat resurslari sarflangan holda,
turlicha yalpi hosil olinadi. Masalan, 100 birlikka teng resurs sarflangan
holda «A» uchastkasidan har gektariga 40 sentnerdan, «V» uchastkasida
30 sentierdan bug’doy olinadi. Hosildorlikdagi farqqa qarab renta ham
tafovutlashadi.
Tuproqning iqtisodiy hosildorligi yerga qo’shimcha resurs sarflash,
ishlov berish orqali, uning sifatini oshiradi, unumdorligini ko’tarishni
bildiradi. Iqtisodiy hosildorlikni tabiat emas, balki fan-texnika yutuqlari
va mehnat in’om etadi. Iqtisodny hosildorlikni oshirib borish cheksiz
emas, albatta. Yerga sarflangan qo’shimcha resurs hosildorlikni ma’lum
chegaraga qadar oshira oladi.
Shu doirada renta ham farqlanadi. Gap shundaki, qo’shimcha resurs
sarfiga nisbatan hosildorlik ma’lum darajada o’sadi, keyinchalik u
o’smaydi. Differensial rentaning (dif. renta) o’zi differensial renta I va
differensial renta II dan iborat bo’ladi. Differensial renta I tuproqning
tabiiy hosildorligiga va yer uchastkasining joylashuviga qarab olinadi
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining bozor narxi bir xil, ammo
o’rtacha xarajatlar esa yerga qarab, har xil bo’lganligi sababli, bozor
narxiga asos bo’lgan yomon yerdagi xarajatlar bilan boshqa sifatliroq
yerdagi xarajatlar o’rtasidagi farq dif. renta I ni paydo qiladi.
Differensial renta II – tuproqning iqtisodiy hosildorligi natijasidir.
Yerga qo’shimcha mablag’ sarflab, unga ishlov berish orqali hosildorlikni
oshirish natijasida olinadigan renta dif. renta II bo’ladi. Tuproqning tabiiy
imkoniyatlari doirasida yerga mablag’ sarflash hosildorlikni ma’lum
me’yor darajasida oshiradi, o’rtacha xarajatlarni kamaytiradi. Mablag’
sarfini samarali ishlatishiga qarab, turli xo’jaliklarning individual
xarajatlari tabaqalashadi. Bozor narxi bir xil bo’lib, xarajatlarning har xil
79
bo’lishi yerga yaxshi ishlov bergan xo’jaliklarda dif. renta II ni hosil etadi.
Bunda tuproqning tabiiy emas, balki iqtisodiy hosildorligidagi tafovutlar
rentani yuzaga kelitiradi.
Dif. renta II mohiyatan qo’shimcha sarflar keltirgan qo’shimcha
Do'stlaringiz bilan baham: |