Buxoro viloyati G’ijduvon timanidagi yog’och materiaallarini qayta ishlab chiqarish kombinati sexining binosi karkas variantda qabul qilingan bo‘lib, uning tuzilmaviy yechimlari binoning funktsional xususiyatidan, qurilish maydonini klimatik xususiyatlaridan kelib chiqib tanlangan.
Asosiy tuzilmalarning markalari va ularga qisqacha tavsiflar quyida
keltiriladi.
Poydevorlar stakan tipidagi temirbeton bo‘lib, quyilish chuqurligi 1.6 metr. Stakantsimon poydevor 3 pog‘onali bo‘lib: 1-pog‘ona 2.7x2.4 metr, 2-pog‘ona 1.8x1.5 metr, 3-pog‘ona 1.1x0.8 metrni tashkil etadi. Poydevor ostiga 0.1 m qalinlikdagi bitumli shag‘aldan himoya qatlami hosil qilingan. Poydevorlarga balandligi bo‘yicha 2 marta qaynoq bitum surkalib, gorizontal yuzasi bo‘yicha esa tsement-qumli qorishma yordamida namdan himoya qatlam hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |