268
gimnastyorkalar (№ 5), ayollar va bolalar ko`ylagiga (№ 6 va № 7) mahkamlab qo`yish uchun
ishlatiladi.
Tugmalar.
Tugma qadaladigan joyni belgilash uchun kiyim yoki ashyoning tugma
qadaladigan joyi oldin yirmab tayyorlangan izma (tugma teshigi) ga tug`rilab o`lchanadi, tugma
kiyim yoki ashyoning chetidan chiqib turmaydigan qilib qadaladi. Tugmani qadashda
foydalaniladigan ish mato rangiga yoki unga muvofiq rangda bo`lmogi` keraq Ip 20 yoki 30
nomerli bo`lgani ma`qul . agar ip ingichkalik qilsa unga ikki qavat qilinadi.
Tugma qadashda ipni qattiq, tortib tikaslik keraq chunki tugma bilan mato o`rtasida ip
ustidan yana aylantirilib ip o`raladi. Aks
holda tugma matoga yopishib, tugmani o`tkazish
noqulaylashadi. Qattiq tugma tikilganda kiyim yoki ashyo bujmayadi. Kiyim yoki ashyo matosi
qancha qalin bo`lsa tugma shuncha qattiq bo`lishi oradagi ip uzunroq qoldirilishi lozim. Tigma
odatda ikki qavat matoga qadaladi, lekin ba`zan bir qavat matoga ham qadashga to`g`ri keladi.
(masalan astarsiz paltoda). Bunday paytlarda astar tomondan mato parchasi tasma yoki kichik
tugma ishlatiladi teshigi o`rtasida bo`lmay teshik yonida orqa tomonidan metaldan halqa
ishlangan yoki orqasi bo`rttirilib , shu yerda teshik ishlangan ayrim tugmalarda u qadaladigan
matodan kamarcha yoki lenta qilinadi. Teshigidan o`tkazilinadi va shu kamar yoki lenta kiyimga
tikiladi. Mo`ynadan tikilgan kiyimlarga tugma qadayotganda mo`yna halaqit bermasligi uchun ,
yupqa qog`oz qo`yib tugma tikiladi va keyin q`og`oz yirtib tashlanadi.
Tugmalarga qo`yiladigan asosiy talablar quyidagicha. Ular mustahkam, suv ta'siriga
chidamli bo`lishi kerak, sovunli eritmada qaynatilganda tashqi ko`rinishi, kifoyasi, bo`yog`i
buzilmasligi talab qilinadi. 1,5 m balandlikdan tashlab yuborilganda shikastlanmasligi lozim.
Ishlatilishiga ko`ra
tugmalar palto, kostyum, ko`ylaq shim, ich kiyim, bolalar kiyimi va
foННa kiyimlari uchun mo`ljallangan xillaiga bo`Unadi.
Erkaklar kiyimlari uchun ishlatiladigan tugmalar oddiy ko`rinishda bo`ladi. Paltolar uchun
diametri 26—33 mm li, pidjaklar uchun 20—25 mm, nimchalar uchun 15—17 mm, shimlar
uchun 14—17 mm, ko`ylaklar uchun 10—19 mm li tugmalar ishlatiladi. Ayollar kiyimlarida
ishlatiluvchi tugmalarning rangi, kifoyasi, o`lchovi modaga bog`liq.
Odatda esa paltolar uchun
30—48 mm li tugmalar, kostyum va jaketlar uchun 23—39 mm, ko`ylaklar uchun 12 mm, ichki
kiyimlar uchun 10—19 mm li tugmalar ishlatiladi.
Shakliga ko`ra tugmalar dumaloq, sharsimon, oval, yarimsharsimon tugmalar; sirtining
ko`rinishiga ko`ra — silliq va bo`rtmali; rangiga ko`ra — qora, oq rangli,
guldor va boshqa
rangli tugmalar. Kiyimga mahkamlab qo`yish usuliga ko`ra tugmalar ikki yoki to`rt teshikli va
yopib ochiladigan, ko`rinadigan yoki sim quloqli, yarmi ko`rinib turadigan o`simtali xillarga
bo`linadi.
Tugma tayyorlanadigan materiallaming xillari ham ko`p. Bular jumlasiga plastmassa,
yog`och, shisha, metal, suyak va hokazolar kiradi. Tugmalarning xossalari
ular ishlab chiqarilgan
materialning xossalariga bog`liq.
Aminoplast kukunidan presslab tayyorlangan tugmalar mustahkam, suv ta'siriga chidamli,
80°C gacha issiqqa chidaydi.
Krilat tugmalar shaffof, mustahkam, yorug`liq suv va sovuq ta'siriga chidamli, har xil
ranglarga oson bo`yaladi, lekin issiq ta'siriga uncha chidamli emas.
Sadaf tugmalar jilvalanib turadi,
issiqliq suv, ishqor va kislota ta'siriga chidamli.
Shisha tugmalar har xil rangli va mo`rt bo`ladi.
Yog`och tugmalar suv ta'sirida shishib, shaklini va yaltiroqligini yo`qotadi.
Suyak tugmalar issiq ta'siriga chidamli, ancha mustahkam, lekin ma'lum vaqt o`tganda
sarg`ayib ketadi.
Metallardan olingan tugmalar ancha mustahkam va kimyoviy moddalar ta'siriga turg`un.
To`qalar
.
Shim va nimchalar uchun to`qalar po`latdan tayyorlanadi va loklanadi. Shakli
jihatidan bir tomonida ishlari va o`rtasida ikkita kashagi bo`lgan to`rtBug`chak shaklli yokio`rta-
sida ikkita tili bo`lgan to`rtBug`chak shaklli xillari bo`ladi. Palto, kostyum, ko`ylaklar uchun
turli rang, shakl va o`lchovli plastmassa yoki yog`och to`qalar ishlab chiqariladi.
269
To`qali ilgaklar (15-rasm). To`qalar metal plasmassadan tayyorlanadi, ba`zan charm mato
bilan qoplab tikiladi. Charm, sun`iy charm matodan kamar tayyorlanib bir uchiga to`qa
tikiladi(qo`lda yoki mashinada), uni piston bilan ham mustahkamlash mumkin . kamarning
teskari tomoniga uchudan teshikli pistonlar o`rnatiladi. Kamar qalin charmdan bo`lsa ,
teshib
qo`ysa ham bo`ladi. Ba`zan yupqa suniy charm va mato kamarlarda to`qa o`rniga ilmoq
knopkalar ham ishlatiladi.
Knopka ilgaklar
Do'stlaringiz bilan baham: