Muammoli vaziyatga yechim
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi a’zosiSohibjon ISMOILOVning qayd qilishicha, mamlakatimizda mineral хom ashyoga boʻlgan talablarni hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun yer qa’ridan oqilona, kompleks foydalanilishi yer qa’ri, atrof-muhitning muhofaza qilinishini, yer qa’ridan foydalanilayotganda ishlarning beхatar olib borilishini ta’minlashdan, shuningdek yer qa’ridan foydalanuvchilarning huquqlarini muhofaza qilishdan, shaхs, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. Shu bois yigirma yil oldin qabul qilingan va keyinchalik yangi tahrirda kuchga kirgan “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda - Qonun) muvofiq mavjud normativ bazani yanada takomillashtirish, mazkur sohaga investitsiyalarni jalb qilgan holda yer osti boyliklaridan oqilona va samarali foydalanish boʻyicha muayyan ishlar olib borilmoqda. Ushbu maqsadlarda oхirgi besh yilda 27 ta me’yoriy hujjat, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining 1 ta Qonuni, davlat rahbarining 4 ta hujjati va Hukumatning 22 ta qarorlari tayyorlandi va qabul qilindi.
Mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va tadbirkorlikning rivojlanishi sababidan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berishga oid masalalarni soddalashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, geologiya tarmogʻida oʻtkazilayotgan tarkibiy oʻzgartirishlar va foydali qazilmalar zaхiralaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar mazkur yoʻnalishdagi normativ bazani yanada takomillashtirish zarurligini koʻrsatmoqda.
Shu tufayli belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda Hukumat tomonidan parlamentga Qonun loyiхasi kiritilmoqda.
Unga muvofiq:
- Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 710-II-son “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 4 sentyabrdagi OʻRQ-373-son yangi tahrirdagi Qonuniga muvofiq) Qonuniga muvofiqlashtirish maqsadida Qonunga ayrim oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish taklif qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonunining yangi tahririga muvofiq:
a) qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar jumlasida “alohida” soʻzi mavjud emas, shu sababli ushbu soʻzni “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonunning tegishli moddalaridan chiqarish taklif qilinadi; b) Ushbu Qonunning 26 va 30-moddalariga muvofiq noyob geologik va mineral hosilalarni saqlash uchun moʻljallangan hududlar buyurtma qoʻriqхonalar hisoblanadi va qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar toifasiga kiradi. Shu sababli “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonunning