3. Alternativ iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi A.V.CHayanov va
uning ayrim iqtisodiy bilimlari.
Xozirgi paytda boshqa ijtimoy fanlarda bo‘lgani kabi iqtisodiy bilimlar
tarixi fani ham qayta ko‘rib chiqilmoqda, tarix fanini xaddan ziyod
"G‘oyalashtirish", ob’ektiv vokelik hamda tarixiy faktlarga siyosat nuktai
nazaridan qarashlik kabi nuksonlardan asta-sekin xalos bo‘linmoqda. Sovet
davlatining dastlabki davrlaridayok yangi jamiyat iqtisodiyotini yaratish,
xo‘jalik yuritishning yangi metodlari va tamoyillari o‘stida ilmiy izlanishlar
olib borgan olimlarning nomlari qaytadan tiklanmoqda.
O‘z davrida «Xalq dushmanlari» bo‘lgan olimlarning xayoti, ilmiy
faoliyatlari va nazariyalariga ob’ektiv baxo berilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlab utamizki, usha paytlarda shurolar davlati va
kommunistik partiyaning olib borayotgan rasmiy siyosatiga alternativ -
muqobil iqtisodiy g‘oya, fikr, konsepsiya, ta’limot va nazariyalar bor edi.
Lekin ularning fikrlari antimarksistik, antisotsialistik nikob ostida inkor etildi,
olimlar jismonan yo‘q qilindi. Endilikda katagon yillari mavjud bo‘lgan barcha
ilmiy qarashlarni akl tarozisi bilan yangidan o‘rganish uchun sharoit tugildi.
Shunday iqtisodchilardan biri A.V.CHayanovdir.
Aleksandr vasilevich chayanov 1888 yil 17 fevralda moskvalik savdogar
oilasida dunyoga keldi. Bilim yurtini bitirgach, 1905 yili moskva qishloq
xo‘jaligi instito‘tiga ukishga kiradi (u davrda Moskva qishloq xo‘jaligi
instito‘ti , "Petrov qishloq xo‘jaligi akademiyasi", kiskacha "Petrov
akademiyasi" deb atalar edi).
Talabalik davrida Italiya (1908), Belgiya (1909) va keyinchalik G‘arbiy
Yevropadagi boshqa qator davlatlarda bo‘lishi, yosh olimning dunyo qarashi va
ilmiy tasavvuriga ta’sir etdi. 1908 yilda Italiyada kooperatsiya masalasiga
bagishlangan ilmiy ishi nashrdan chikdi.
1912 yili "Mexnat xo‘jaligi nazariy ocherklari" asarini yozib, bu asar bilan
rus iqtisodiy bilimlarida yangi tashqiliy ishlab chiqarish yo‘nalishini
rivojlantirishni belgilab berdi.
A.V.CHayanov va uning hamfikrlari bo‘lgan Makarov, Ribinkov kabi
dexqon mexnat xo‘jaligini yaxshilash uchun ishlab chiqarishni ratsioanl tashqil
etish, ilgor texnologiyaga asoslangan xolda uning intensivligini oshirish,
qishloq
xo‘jaligi
maksulotlarini
qayta
ishlash
va
realizatsiyani
58
kooperativlashtirish lozim, deb ko‘rsatgan edilar. Bu olimlar dexqon mexnat
xo‘jaligining asosi oilaviy mexnat yacheykasidir deb tushuntirdilar. Bu
tushunchani ular kooperatsiya to‘g‘risidagi nazariy va amaliy bilimlar bilan
bogladilar, mustaxkamladilar. Ular erkin iqtisodiy kooperativ barpo etish
tarafdorlari edilar.
20-yillarning o‘rtalarida Chayanovning dexqon xo‘jaligini tashqil etishga
bagishlangan "Ijtimoy agronomiyaning asosiy g‘oyalari va metodlari" kabi
asari bosilib chikadi. 1927 yilda "Kooperatsiyaning asosiy g‘oyalari va
shakllari" nomli asari chikadi.
CHayanovning ilmiy faoliyati, uning yozgan asarlari uning yirik iqtisodiy
olim, progressiv ijtimoy iqtisodiy isloxotlar tarafdori ekanligining yaqqol
dalilidir. Avval aytganimizdek, olimning ilmiy faoliyati bevosita "tashqiliy
ishlab chiqarish maktabi" bilan bog‘liq bo‘lib, uni ba’zida "CHayanov
maktabi" deb ham atadilar. Bu iqtisodiy maktabning boshqa maktab va
bo‘linmalardan asosiy farqi shunda ediki, maktabda xayotiy tajriba va
dexqonlarning kundalik extiyojlarini nazarda tutgan xolda ish olib borildi.bu
g‘oyalar «Antisotsialistik» deb baxolandi va olim katagon qilindi.xuddi
shunday yakun bir qancha boshqa olimlar (N.Kondratev,N.Voznesenskiy)
xayotiga zomin bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |