56
Mamlakatda yangi jamiyat kurilishi jarayonida iqtisodiy nazariyalarni
rivojlantirish, boyitish borasida sovet olimlari ilmiy izlanishlarni davom
ettirdilar. Sovet davri iqtisodiy bilimlarini o‘rganishga bagishlangan dastlabki
ilmiy maqola va asarlar 1960 yillar o‘rtalaridan chika boshladi. Panomaryov
1964 yilda, Bogomazov, Kanevich 1966 yilda, Yevseev, Pankov - 1967 yildan
boshlab sovet davri iqtisodiy bilimlari tarixi bilan shugullana boshladilar.
50 - yillardan boshlab ayrim iqtisodiy masalar, avvalo, tovar xo‘jaligi,
sotsialistik mexnat xarakteri, ayirboshlash, taksimot munosabatlari va boshqa
iqtisodiy kategoriyalarning rivojlanishi tarkibiga oid ilmiy izlanishlar vujudga
keldi. Bu esa o‘z navbatida, 60 - yillardar boshlab iqtisodiy bilimlar tarixini
o‘rganish bo‘yicha maxsus ilmiy ishlarning rivojlanishiga zamin yaratdi. Bu
esa o‘z navbatida ijtimoy fanlarni o‘rganishda bir yoklamalikka, ob’ektiv
xayotiy faktlardan ko‘z yumib o‘tib ketishlarga sabab bo‘ldi.
Markscha
nazariyalarning
tub
ma’nosiga
yetarlicha
ahamiyat
bermaslik,unga ijodiy yondoshmaslik va bu bilimlardan, sovet davlatini ko‘rish
jarayonidan o‘zoqlashuv, ikkinchi tomondan, markscha-lenincha nazariyalarga
yagona dogma sifatida qarash, bu nazariyalarni bir tomonlama o‘rganish,
iqtisodiy muammolarni yechishni osongina markscha-lenincha bilimlar
panasida qoldirish kabi negativ xolatlar vujudga keldi. Natijada, markscha
bilimlar xayotdan, yangi jamiyat ko‘rish amaliyotidan o‘zilib qoldi. Bo‘larning
barchasi, nafaqat butun bir davlat ijtimoy-iqtisodiy xarakat praktikasiga salbiy
ta’sir ko‘rsatdi, balki boshqa ko‘plab mamlakatlarning iqtisodiy siyosatini
izdan chikib ketishiga sabab bo‘ldi.
Sotsializm iqtisodiy qonunlari va ishlab chiqarish munosabatlari
to‘g‘risidagi ta’limot qanday shart-sharoitlar va sabablarga ko‘ra vujudga keldi,
rivojlandi. Bu jarayon sotsialistik kurilish va xo‘jalik yuritish amaliyotida
qanday ahamiyatga ega bo‘ldi. Masalaning shu tarzda kuyilishi ma’lum
konkret tarixiy davr ichida vujudga kelgan iqtisodiy bilimlar, ularning
rivojlanishi tarixini o‘rganishni takozo etadi. Bu esa o‘z navbatida fanni
o‘rganishga, metodologiyasining chegaralarini yanada kengaytirishga,
birmuncha bo‘lsada, "G‘oyalar" ko‘rashidan "CHalgitishga" yordam beradi.
Chunki iqtisodiy bilimlar, chunonchi, sovet iqtisodiy bilimlari tarixiga oktyabr
tuntarilishidan ancha avval markschilar tomonidan nazariy poydevor kuyilgan
edi.
Bundan ko‘z yumish - iqtisodiy bilimlar tarixini inkor etish bilan teng
bo‘lur edi.yangi iqtisodiyotda bozor munosabatlariga qarama-qarshi ishlar olib
borildi. Bo‘lar kat’iy baxolar, davlat mulki asosiy, ya’ni xususiy mulk
inkor etildi, raqobat musobaka bilan almashtirildi,kat’iy rejalashtirish joriy
etildi va boshqalar. Oqibatda boqimandalik kayfiyati ustun keldi va iqtisodiyot
inkirozga uchradi.
57
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sotsializm deb ataladigan davr siyosiy
iqtisod tarixini boskichlarga bo‘lib o‘rganish masalasida bir fikrga
kelinmaganligi hamda turlicha iqtisodiy konsepsiyalarning mavjudligi bu
masala xal etilmagan deb aytishimizga asos bo‘la oladi.
Ma’muriy-buyruqbozlik va yakka partiyaviylik asosidagi iqtisodiyot xayot
sinovlaridan uta olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: