ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari.
XV111 asr oxiri va X1X asr boshlaridagi sanoat tuntarishi katta iqtisodiy-
ijtimoiy o‘zgarishlarga olib keldi. Proletariat bilan burjuaziya jamiyatning
asosiy sinflari bo‘lib, qaror topdi. Mashina ishlab chiqarishi vujudga keldi
ijtimoiy ziddiyatlar keskinlashdi. Mexnatning kapitalga rasman buysunishi
xaqikatga aylandi. Proletariatning kashshoqlashuvi, ishsizlik, ijtimoiy ishlab
chiqarishning tartibsizligi, ijtimoiy tabakalanish kuchaydi. Kapitalistik takror
ishlab chiqarish asta-sekin mayda ishlab chiqarishning ijtimoiy negizlarini
ko‘pora boshladi. Mashina industriyasi iqtisodiyotning umuman o‘sishiga,
ammo axoli katta qismining kashshoqlashuviga olib keldi, byudjet xolatni
tushuntirib berish talab etildi va yangi iqtisodiy qarashlar paydo bo‘ldi.
Kapitilistik rivojlanishdan orqada qolgan va mayda tovar ishlab chiqarish
ustun bo‘lgan sharoitda sanoat tuntarishi davriga kirayotgan mamlakatlarda bu
jarayonlar, ayniqsa, utkir tus oldi. Bunday mamlakatlarda guyoki proletariat
manfaatlarini ximoya qilib kapitalizmni tankid qiluvchi qarashlar paydo
bo‘lishi tabiiy bir xol edi. Mayda ishlab chiqaruvchilar nazariyasini yaratgan
olimlar sotsialistlarga ham shuningdek, klassik iqtisodiy maktabga ham bab-
baravar qarshi turuvchi ta’limotni ilgari surishga intildilar. Mayda ishlab
chiqarish nazariyotchilari kapitalistik jamiyatda yirik sanoat mayda tovar ishlab
26
chiqarishni sikib chiqarishini, yollanma qullikni kengaytirish bilan bog‘liq
bo‘lgan ko‘pgina belgilarni tankid qildilar, birok xususiy mulkchilikni,
soxibkorlikning erkinligini va shu kabilarni tankiddan tashqari qoldirdilar
(ya’ni bozor munosabatlari qo‘llab-quvvatlangan).
Paydo bo‘lgan mayda Burjuaziya ijtimoiy-iqtisodiy mavkei mayda ishlab
chiqarish, siyosiy iqtisodning ziddiyatligi va noizchilligini oldindan belgilab
kuygan edi, uning rivoji bir necha boskichni o‘z ichiga oladi. Avvali
insonparvarlik, sungra esa xayr-exson maktabi shakllandi. Agar birinchi
maktab xali kapitalizmdan voz kechishni orzu qilgan, uni chetlab kuyishga
intilgan, proletariatning qulfatlari xususida astoydil ko‘z yoshi qilgan bo‘lsa,
ikkinchi maktab kapitilizmni islox qilish loyixasini ilgari surib, hammani o‘rta
xollarga aylantirmoqchi bo‘lgan, u "Kichik kapitalizm" tarafdori edi. Mayda
ishlab chiqarish nazariyotchilari xayolparast sotsialistlarning g‘oyalariga qarshi
turar edilar. Marksizm ta’limoti ommalashuviga qarshilik qilishga o‘rindilar.
Bu oqim uzoq davr mobaynida turli mamlakatalardagi iqtisodiy qarashlarning
shakllanishiga katta ta’sir utkazib keldi. Bu g‘oyalar ayniqsa kam rivojlangan
mamlakatlarda uzoq saqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |