5.O‘zbekistonning mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tishi. Bozor
munosabatlariga o‘tish davrining tarixiy zaruriyati. Boshqariladigan
ijtimoiy bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanlab olinishi va uning xususiyatlari.
1991 yilning 31 avgo‘stida O‘zbekiston respublikasining mustaqilligi
e’lon qilindi. Shu kundan boshlab respubliqaning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va
boshqa sohalarida yangi o‘zgarishlar davri boshlandi.
O‘zbekistonning tarixiy, milliy, an’anaviy, demografik va boshqa
xususiyatlarini xisobga olib, respublikamizda ijtimoiy jixatdan yo‘naltirilgan
bozor iqtisodiyotiga o‘tish mustaqil jumxuriyatimiz ichki siyosatining negizi
deb qabul qilindi. Bu yo‘nalish o‘z davrida nemis iqtisodchilari Vilgelm
Rebke (1899-1966), Volter Oyken (1891-1950), Lyudvig Erxard (1897-1977)
lar tomonidan ilgari surilgan edi.
Tulik erkin bozor munosabatlariga o‘tish ma’lum tarakkiyot davrini talab
etadi, bu tarixan anik faktdir. Bozor munosabatlari nisbatan to‘la amalga
oshgan davlatlar tarixiga nazar tashlansa, bu davr bir necha asrlardan tortib bir
necha un yillarni tashqil etadi. Masalan, klassik bozor munosabatlari tarkib
topgan Buyuk Britaniyani oladigan bo‘lsak, unga deyarli 200 yil,Fransiyaga
150 yil, Germaniya va AQShga 50-100 yil vaqt talab etildi.
Insoniyatning tarixiy rivojlanishi davomida iqtisodiyotda bozor
munosabatlarining kuyidagi shakllari farqlanadi:
1.Yovvoyi bozor (dastlabki paytda);
2.Ma’muriy - buyruqbozlik bozori (bir vaqtlar sobik sssrda va
"sotsialistik" deb atalgan mamlakatlarda);
3.Boshqariladigan bozor(xozirgi deyarli barcha rivojlangan yetakchi
mamlakatlarda).
Erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun kuyidagi zarur shart-sharoitlar
talab etiladi:
A) tanlash va tadbirkorlik erkinligi;
80
B) baxolarning erkinligi (baxoni talab va taklif asosida bozor belgilaydi);
V) erkin raqobat (monopologiyaga qarama -qarshi);
G) mulklarning turli tumanligi va ularning xuquqiy jixatdan qonun oldida
tengligi (davlat, xususiy, jamoa mulklari...);
D) davlatning iqtisodiyotga imkoni boricha kamroq aralashuvi va
boshqalar.
Respublikamizning bozor munosabatlariga o‘tish konsepsiyasi
O‘zbekiston respublikasi prezidenti, akademik i.a.Karimovning asarlari, risola
va nutklarida izoxlab berilgan. O‘zbekistonning tarixiy, milliy, an’anaviy,
eqologik va boshqa sohalardagi tajribalariga asoslanib, Respublikada ijtimoiy
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li makbo‘l deb topildi. Bu o‘tish
yo‘li tadrijiy (evolyusion), ketma-ket, boskichma-boskich amalga oshiriladi.
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga tez va buxronsiz o‘tishi
uchun qulay sharoitlar anchagina. Bu avvalo siyosiy mustaqillikning
mavjudligidir; xalqimizning boy tajribasi va mexnatkashligi, intelektual
boyligi tufayli xatto ma’muriy-buyruqbozlik davrida ham bozorlar mavjud
bo‘lgan va asosiy talab-extiyojni kondira olgan. Agar ishlab chiqarishga ilgor
texnologiya, Fan - texnika yutuklari joriy etilsa, boy moddiy texnika
resurslarimiz ishga solinsa, xalqimiz va davlatimiz tezda rivojlanib, nisbatan
kiska davr ichida ilgor mamlakatlar qatoriga kushiladi. Bozor iqtisodiyotiga
o‘tishning "O‘zbek modeli" konsepsiyasi O‘zbekiston respublikasi prezidenti
akademik I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan.
Uning besh tamoyili mavjud:
1.Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi va bunda iqtisodiyotning
mafkuradan xoli bo‘lishi.
2.Davlat bosh isloxotchi.
3.Qonunning hamma narsadan ustun turishi.
4.Kuchli ijtimoiy siyosat, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor.
5.Bozorga boskichma-boskich, tadrijiy (evolyusion) yo‘l bilan borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |