MA’RUZA 18
Sanoat korxonasida energiya tejashning asosiy tamoyillari Energetik audit o‘tkazishning ahamiyati
Zarur ma’lumotlarsiz energiya tejamkorlik ishlari ko‘r–ko‘rona o‘tkaziladi. Quyidagi savollarga javob beradigan ma’lumot olinmaguncha energiya iste’molini nazorat qilish va keyin undan samarali foydalanishni moddiy rag‘batlantirish amalda mumkin emas:
Energiya qaerda ishlatilmoqda?
Qancha energiya ishlatilmoqda?
Energiya qay darajada samarali ishlatilmoqda?
Energiya qanchaga tushmoqda?
Ushbu savollarga javob energetik audit o‘tkazilgandan keyin olinishi mumkin. Bu ma’lumotlar energiya iste’molini nazorat qilishni boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Korxonaning xar xil qismlarida energiyani samarali ishlatilishi audit o‘tkazish natijasida olingan ma’lumotlarni tahlil qilingandan so‘ng baholanishi mumkin. Muayyan iste’molni o‘lchashlar yoki samaradorlik ko‘rsatkichlari qo‘yilgan maqsadlar yoki mos ishlab chiqarish sektoridagi o‘xshash standart ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanishi mumkin. Energetik auditni baholash bo‘yicha ikki xil yondashish mavjud:
Birinchisi iqtisod qilingan o‘lchovlar asosida foyda keltiruvchi pul birligini baholaydi.
Ikkinchi yondoshish energiyani nazoratda turish faktini baholash bilan ifodalanadi.
SHunday qilib, energiya ishlatishning nazorati va natijalar tahlili mablag‘ni iqtisod qilishi mumkin deyiladi.
Auditlarni o‘tkazish uchun, energetik auditlar dasturini yaratish va amalga oshirishda asosiy muammo keltirib chiqaruvchi, o‘lchashlar zarur bo‘ladi.
Bu ma’lumotlar energiya iste’molini boshqarishda zarur boshlang‘ich nuqta bo‘lib hisoblanadi. 1.2. Energiya narhi va narh o‘rnatish nazariyasi
Bozor iqtisodiyotini amalga oshirishdagi tovar yoki xizmatlarga bozoriy narh o‘rnatishning asosida ularni keltirishga sarflangan xarajatlar hajmi bilan kimningdir unga o‘zi hoxlab sarflamoqchi bo‘lgan harajati o‘lchamlarini yaqin kelishi zarurligi sifatidagi asosiy tamoil yotadi. Agar talab bilan taklifning bir biriga yaqinlik shartlari ta’minlansa, resurslarni ishlatishning va farovonlikning maksimal yuqori darajalariga erishiladi. Ushbu sharoitlarda bozor narhlari etishmovchi(kamyob) resurslarning haqiqiy iqtisodiy narhlarini aniq indikatorlari bo‘ladi, ular narhlarni stixiyaliyligini ifodalaydi.
Nazariy, erkin, raqobatbardosh bozor iqtisodiyotida energiya resurslariga talab, taklif va narh o‘rnatish o‘z–o‘zidan sozlanuvchi jarayon bo‘ladi hamda energiya ishlatishdan olinadigan toza iqtisodiy foydani davlat boshqaruvi va umumiy rejalashtirish zarurati bo‘lmagan holda maksimal ko‘paytirishda ifodalanadi.
Ishlatilgan energiyaga taalluqli qarorlarni markazlashmagan holda qabul qilinishi, quyidagi tushunchalar bilan bog‘liq bo‘lgan, energiyaga quyilgan narhlar bilan boshqarilishi kerak:
narh bilan sozlanuvchi talab;
narh bilan sozlanuvchi taklif;
talab va taklifni bozoriy muvozanatlash va muvozanatlovchi narhni o‘rnatish(aniqlash);
talab va taklif tomonidan narhni o‘zgartirilishiga moslashish jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |