Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari
Narx bilan istemolchilar ortasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki, uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi bilan izohlash mumkin. Talab qonuni istemolchilar odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda koproq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqadorligiga togri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar koproq tovar aylanmasi hajmini taminlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga moljallangan bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, moyna va boshqalar.
Raqobat narx siyosatida muhim barometr bolib xizmat qiladi. Korxonalarning narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bogliq bolgan tort bozor tipini ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopolistik raqobat sof monopoliya.
Asosan narxni ozgartirish yoli bilan talabga tasir korsatish raqobatning narx bilan bogliq usullarini yaratadi. Narx bilan bogliq bolmagan raqobat usullarida firmalar oz mahsulotining oziga xos xislatlariga zor beradi, mahsulot sotish, tovarlar harkati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta etibor beradi.
Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi:
1. Talab omillari (bozorda oxshash tovarlar mavjudligi va ularga bolgan narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yonaltirilgan narx)
2. Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).
3. Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan oxshash import tovarlari, raqobatchilar tovarlariga bolgan narxni bilish.
Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat:
narxlashtirish masalasi qoyiladi,
talabi aniqlanadi,
xarajatlari baholanadi,
raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi,
narxni shakllantirish uslubi tanlanadi,
oxirgi natijaviy narx ornatiladi.
«Ortacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili boyicha narx belgilash tovarning tannarxiga muayyan ustama qoyishdan iborat bolib, narx belgilashning eng oddiy usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda tebranib turadi. SHuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada istemolchiga etib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qoyadigan ustama narxlar yakunini ifodalaydi.
«Kozlangan foyda normasi» olishni taminlaydigan narx belgilash usulini qollaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga intmiladilar. Bu usul ortacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi.
Narxni chegaraviy xarajatlar boyicha belgilash usulini qollash bilan firma mahsulotning qoshimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni toxtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin.
Savdoda dokonlarga xaridorlarning kelishini kopaytirish uchun sotuvchilar ayrim tovarlarni toliq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar yaratadilar. Xaridorlar kopayadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga qoshimcha ravishda narxi meyorda bolgan tovarlarni ham xarid qiladilar.
Bozor tez ozgarib boradi va shunga kora har bir mahsulot ham oz yashash davrini ham otaydi. Shu vaqt davomida firmalar doimo narxlarga ozgartirishlar kiritadi.
Yangi mahsulotga narx belgilash eng jiddiy bosqichlardan biridir. YAngi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bogliq xarajatlar bozordagi talab darajasi, raqiblar harakati hali etarli darajada malum emas.
Narx belgilashning qiyinligi, muayyan darajada mahsulotning yangiligi darajasiga ham bogliq. Bu daraja esa uchga bolinadi:
eng yangi mahsulot;
texnikaviy ilgor mahsulot;
original bolmagan (yangi taqlidiy) va orinbosar mahsulotlar.
Bozor talabi hali nomalum, shu sababli noyob mahsulotga narx belgilashda asosiy masala «Qaymogini olish» yoki «Kirib olish» siyosatini qabul qilishdan iboratdir.
Bunda mutaxassislar narxga nisbatan asosiy istemolchilarning munosabati darajasini belgilaydilar, shuningdek, raqiblar bozorga qay darajada tezlik bilan kirib kelishi mumkinligini organadilar. Oziga oxshash orinbosarlari bolgan yangi mahsulot taqlidiy yoki moslashtirilgan mahsulot tarzida tasnif etiladi. Bunday hollarda narx siyosati ilgarigi taktikasini davom ettiradi va narx darajasi muqobil tovarlar ortasida mavjud bolgan sifat va miqdorga qarab ozgaradi.
Mahsulotning bozorga kirib kelishi va osishi bosqichidan toyinish bosqichiga harakati darajasiga qarab, narxlarni puxta boshqarish narx marketingni strategiyasini amalga oshirishning kaliti hisoblanadi.
Toyinish bosqichida narxlarni kotarish odatda talabning kopayishi emas, balki ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatini ortishi oqibatidir. SHu sababli mahsulotning turiga qarab yo erkin narxlar qoyiladi yoki tovarlar sotish hajmini kopaytirish uchun narxlar pasaytiriladi.
Yoqolib ketayotgan mahsulotlarga narx belgilash.
Narx marketingida keyingi rejalarga qarab ikki muqobil narx belgilash yoli qollaniladi. Ishlab chiqarishni qisqartirish uchun narxlarni bosqichma-bosqich pasaytirish strategiyasi jami gamlamalar sotib tugatilgunga qadar amalga oshiriladi. Unga muqobil holda foydani quvvatlash yolida qoshimcha xarajatlar, xususan mahsulot sotishni ragbatlantirish xarajatlarini qisqartiriladi, narxlar esa ilgarigi darajada saqlab qolinadi. Raqiblarning bozorni tashlab chiqib ketishiga qarab, bozor taminoti manbalari qisqaradi va aksariyat bunday vaziyatda shu mahsulotga hali muhtoj bolgan muayyan bozor segmenti saqlanib qoladi. Bu esa mahsulot yashash davrining songgi bosqichi davrida bozorda qolgan firmaga oz narxini oshirish imkonini yaratishi mumkin.
Savdo-sotiq faoliyatida marketing mutaxassislari uchun narx belgilashning ikkita asosiy siyosati mavjud, bu «qaymogini olish» va «kirib olish» siyosatidir.
«Qaymogini olish» va «Kirib olish» siyosatlari narx belgilashning favqulodda namoyon bolishi hisoblanadi. Uning birinchisi qimmat narxlar, ikkinchisi arzon narxlar strategiyasidir.
«Qaymogini olish» siyosati avvalo, tovar narxi ishlab chiqarish narxidan ancha yuqori ornatib asta-sekin uni tushirib boradi. «Qaymogini olish» siyosatidan aksariyat bozorga yangi mahsulotni joriy etishda foydalaniladi. Bunda narx qandaydir bir yuqori darajada belgilanadi, mahsulot esa segmentasiya natijasida asosiy deb etirof etilgan bozorda sotiladi. Bozorning toyinishidan song istemolchilarni jalb qilish maqsadida narx pasaytiriladi. SHunday yol bilan toliq daromad eng kop miqdorga etkaziladi.
SHu sababli yagona yol tovar sotish bozorlarini kengaytirish, yangi segmentlar izlashdir.
Xulosa
Qisqacha xulosa qilib shuni aytishimiz munkun,
Ishlab chiqarish jarayoni bu kishilik jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi uchun zarur bolgan moddiy va manaviy nematlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir. Moddiy va manaviy nematlar yaratish, turli xizmatlar korsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |