Sanoat korxonalaridagi shovqinni aniqlash laboratoriya ishI



Download 287,14 Kb.
bet1/2
Sana01.12.2022
Hajmi287,14 Kb.
#875969
  1   2
Bog'liq
5-ЛАБОРАТОРИЯ ИШИ


SANOAT KORXONALARIDAGI SHOVQINNI ANIQLASH
LABORATORIYA IShI №5

  1. Ishning maqsadi.

Ishlab chiqarishdagi shovqinni akustik normalari, uni o’rganadigan o’lchov asboblari bilan tanishish, shovqin darajasini o’lchash va uni kamaytirish chora – tadbirlarini izlash.



  1. Ishning mazmuni.

2.1.Shovqinni o’lchaydigan asbobning ishlash mohiyati va tuzilishi bilan tanishish.
2.2.Shovqinni tovush bosimi darajasini o’lchash.
2.3.O’lchangan shovqinning bosim darajasini GOST 12.1.003 – 76 talablariga muvofiqligini taqqoslash.



  1. Umumiy ma’lumotlar.

Oxirgi bir necha o’n yillar mobaynida sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida shovqindan muhofaza qilish eng muhim muammolardan biri bo’lib qoldi. Chunki sanoat tarmoqlarida xilma – xil yangi texnologik moslamalar va jihozlar joriy qilindi. Ular katta tebranish doirasi va kuchlanish bilan xarakatlanishi tufayli ishchilar yuqori shiddatli va ortiqcha shovqin sharoitida ishlashga majburlar.
Ayniqsa tebranish doirasidagi shovqin odamga juda yomon ta’sir qiladi. Uzoq (ish smenasi) vaqt davomida shiddatli shovqin (95 – 100 dB) ta’sir etgan sharoitda ishchilarda bosh og’rig’i, bosh aylanishi, qattiq charchash, asab buzilish holatlari ro’y beradi. Uzoq muddatli (bir necha yillar) faoliyat davomida baland shovqin sharoitida ishlash natijasida esa eshitish organlari kasallanishi, quloq bitib qolishi yoki eshitish qobiliyatini pasayishi va bu o’zgarishlar odam organizmiga kompleks ta’sir etishi markaziy nerv sistemasi va yurak qon – tomir tizimi faoliyatini buzilishi kabi og’ir oqibatlarga uchrab, shovqin kasalligiga olib keladi.
Fizik nuqtai nazardan, shovqin – xar xil chastotali va ta’sir etish kuch – quvvatiga ega bo’lgan tovushlar aralashmasi. Shovqin elastik muhitda tebranayotgan jism ta’sirida yoki elastik (gazsimon, suyuq, qattiq jismli) zarralarning ma’lum kuch ta’sirida to’lqinsimon tarqaladigan tebranish harakatidir. Uning odamga ko’rsatadigan ta’siri tebranishlar doirasiga bog’liq. 20 Gs (Gers) gacha diapazondagi qaytalanish tezligiga (chastotasi) ega bo’lgan tebranishlar odam qulog’i qabul qiladigan tovushlardir. 20 Gs dan past diapazondagi tovushlar infratovush, 20 000 Gs dan yuqori tebranishlar ultratovushlar deyiladi.
Odam qulog’iga malol keladigan, ishlashga, shapirishga, fikrlashga xalaqit beruvchi tovush yoki tovushlar yig’indisi – shovqin deb ataladi. Shovqin fizik va psixofiziologik ko’rsatgichlar bilan ifodalanadi. Shovqinning fizikaviy ko’rsatkichlari – tovush bosimi va uni darajasi, tovush intensivligi, chastotasi kabilar. Psixofiziologik ko’rsatkichlar – tovush balandligi, tovush kuchi, ta’sirning ijobiyligi va xokazolar. Tovush bosimi deb, to’la tovush bosimi va o’rtacha bosimlar farqiga aytiladi. Tovush bosimining o’lchov birligi – Pa (kg/ sm3).
Tovush intensivligi – ma’lum vaqtdagi o’rtacha energiya oqimini birlik yuzasining bo’linmasiga aytiladi. Tovush intensivligining o’lchov birligi Vt / m2.
Tovush bosimi va tovush intensivligining miqdori bir necha davrgacha o’zgarishi mumkin. Bosimi – 10 7 marta, intensivligi – 10 14 marta.
Inson qulog’ining eshitish qobiliyati cheksiz emas, u nisbiy tovush intensivligi va tovush balandligini payqaydi, shuning uchun logarifmik – tovush bosimi va intensivligi darajasi degan tushunchalar kiritilgan. Ular quyidagi tenglamalar orqali topiladi:

Lp = 20 lg * P / P0 ; dB

Bu yerda: R – ma’lum nuqtadagi tovush bosimi, Pa


R0 – tovush bosimining eng past (minimal) shartli belgisi, u 2 * 10 - 5 Pa ga
teng tovushni chastotasi 100 Gs bo’lganda.

Lj = 10 lg * J / J0 ; dB


Bu yerda: J – tovushning intensivligi, Bt / m2


J0 – inson xis etgan tovush intensivligi, uJ0 = 10 -12 Bt / m 2
tovushni 1000 Gs chastotasiga teng.
Tovush chastotasi quyidagi muhitdan o’tgan 1 sekundda to’lqinlar soni bilan aniqlanadi, uning o’lchov birligi f = Gs.
Shovqin – bu murakkab tovush, shuning uchun u oddiy chastota va intensivlik tonlaridan iborat. Shovqinni chastotali tarkibini grafik tasvirida spektr deb ataladi.
Ishlab chiqarish sharoitida o’rtacha geometrik chastotalarning 8 ta (oktavali diapazon) tekshiriladi. Bularga asosan 65, 125, 500, 1000, 2000, 4000, 8000 Gs chastotalari kiradi. Sakkizta me’yoriy ruxsat etilgan tovush bosimining chegaraviy darajasi chegaraviy spektr deb ataladi.
Oktava – oxirgi chastota boshlang’ichdan 2 marta o’rtacha geometrik boshlang’ich chastotasida 2 marta katta bir necha chastotalar yig’indisi. Masalan: oktava 180 – 355 Gs – 250 Gs o’rtacha geometrik chastotasi bilan belgilanadi.
O’rtacha geometrik chastota quyidagi tenglama yordamida topiladi:

f = √ fn * fb ;


bu yerda : fn, fb - intervalning pastki va yuqori chastotalari.


Korxonalarda har- xil uskuna va jihozlar bor, ular shovqinning manbaidir. Ko’pincha mexanik va aerodinamik bo’ladi.



  1. Shovqinni me’yorlashtirish.

Shovqin «Umumiy xavfsizlik talablari» GOST 12.1.003 – 76 bo’yicha shovqinning turlari o’rganilgan, hamda ish joyidagi shovqinning me’yoriy normalari va ko’rsatkichlari belgilangan.

4.1. Shovqin toifalari.


4.1.1. Spektr ta’rifi bo’yicha shovqinlar quyidagilarga bo’linadi:
- keng chiziqli (широкоплосная) uzluksiz shovqin spektri, bir oktavadan kengroq.
- tonal (тональные) shovqin spektrida eshitish mumkin bo’lgan pasaygan tonlar.

4.1.2. Davriy ko’rsatkichlar bo’yicha shovqinlar quyidagilarga bo’linadi:


- o’zgarmas doimiy (postoyannыye) shovqinlar tovushning darajasi 8 soat ish vaqtida 5 dB dan kamroq o’zgarishi mumkin.
- o’zgaruvchan (непостоянные) shovqinlar tovushning darajasi 8 soat ish vaqtida 5 dB dan kengroq darajada o’zgarishi mumkin.

4.1.3. O’zgaruvchan shovqinlar o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:


- ma’lum vaqt ichida tebranadigan o’zgaruvchan shovqinlar.
- ma’lum vaqt ichida o’zgaruvchan (прерывистые) shovqinlar (fondan ortiq shovqin darajasidan 1 sekundli doimiy holatda bo’ladi).
- impuls shovqinlar (bir – biridan kamida 10 dB shovqin darajali bita yoki bir nechta 1 sekunddan kam bo’lmagan tovush signallari).

4.2. Shovqinning ko’rsatmalari (xarakteristikasi) va uni ish joyida me’yorlashtirish.


4.2.1.Ish joyidagi doimiy shovqinning ta’rifiy belgilaridan tovush bosimining darajasi dB da va oktavali o’rtacha geometrik chastotalari (65, 125, 250, 500, 1000, 2000, 4000, 6000) o’lchanadi.Shovqinni o’lchash vaqtida GOST 17187-71 ga asoslangan holda, shovqinning tovush bosimi darajasi shumomerning «A» shkalasida olinadi.

Jadval
Shovqin bosimi darajasining normativlari (me’yorlari)





Ish joyi

DB gi tovush bosimi darajasi,
oktavali o’rtacha geometrik chastotada Gs

Tovush dar. va tov. ek.daraj dB

65

125

250

500

1000

2000

4000

6000

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Konstruktorlik byurosi, hisobchilar, operator programmistlar, laboratoriya va shifoxonalar

71

61

54

49

45

42

40

38

50

Boshqarma binolari va ishchilar xonalari

79

70

68

58

55

52

50

40

60

Nazorat kabinetlari va distansion boshqaruv

94

87

82

78

75

73

71

70

80

Aniq yig’ma ishlari bajariladigan binolar

83

74

66

63

60

57

55

54

65

Tadqiqot ishlari laboratoriyalari, hisoblash mashinalari

95

87

86

76

75

73

71

70

80

Ishlab chiqarish binolarining ish zonasi va o’zgarmas ish joylari

99

92

92

86

86

80

78

74

85

  1. Shovqinga qarshi qo’llaniladigan usullar:

  • Shovqin paydo bo’layotgan manbaida kamaytirish.

  • Shovqinni cheklash.

  • Shovqinni so’ndirish.

  1. Qo’llaniladigan o’lchov asbobi va jixozlar.





  1. Rasm. Qurilmani foto surati va sxemasi.


1- Rasmda qurilmaning umumiy ko’rinishi berilgan, bu yerda asosiy tarkibiy qismlardan: 1-kamera (ishlab-chiqarish xonasi modeli), 2-shovqin manbai, 3-o’lchov asbobi, 4-to’siq, 5-mikrofon



  1. Ishni bajarish tartibi.

7.1. Shovqin manbasining tovush bosimi darajasini o’lchash.
7.1.1. Shovqin manbasini xarakatlantiring.
7.1.2. Kamerani panel bilan berkiting.
7.1.3. Tovushni umumiy darajasini o’lchang, buning uchun IShV-1 o’lchov ko’rsatgichini quyidagi holatlarga burang: a) delitel 1-40, b) delitel 11-40, v) rod izmereniya A, g) tumbler – zvuk, d) rod rabotы-bыstro.
Agar o’lchash vaqtida o’lchov ko’rsatgichi o’qchasi chapga, 0 dan pastga o’tib qolsa, uni o’lchov o’qi yordamida desibellarni pasaytirish hisobiga o’ngga siljitish mumkin (keyinchalik делитель 11 ham ishga solinadi). Umumiy o’lchov hisobiga albatta «delitel-1» va o’qchali o’lchov ko’rsatgichi ko’rsatmalarining yig’indisi kiradi.
Masalan: 1) «Делитель 11» - 30dB;
2) «Делитель 1 » - 30dB;
3) O’qchali o’lchov ko’rsatgichi - 6dB; bunda
Lr = 30+30+6 = 66 dB bo’ladi.
O’lchangan son xisobotning 2 chi jadvaliga kiritiladi.
7.1.4.Tovush bosimi darajalarini oktavali chiziqlarda o’lchash kerak, buning uchun:
a) «rod izmereniya» ko’rsatkichini «фильтры» holatiga o’rnating.
b) «chastota» ko’rsatkichi navbati bilan 65, 125, 250, 500, 1000, 2000, 4000, 6000 Gs xolatlariga o’rnatiladi.
v)«Delitel N» ajratkichini kerakli holatga o’rnatib, oktavali chiziqlardagi ko’rsatkichlarni alohida belgilang (yuqoridagi 1 va 11 delitel va o’qchali o’lchov ko’rsatkichi ko’rsatmalari yig’indilarini hisoblab).
g) o’lchovlardan so’ng shumomerni va shovqin manbaasini o’chiring.
7.2.Shovqinni kamaytirish uchun tovush yutuvchi to’siq qo’llanishining samarasini aniqlang.

  • kamerani oching

  • tovush yutuvchi to’siq (пенопласт)ni o’rnating

  • shovqin manbaini yurgizing

  • kamerani panel bilan berkiting

  • Ltovushni yutish bosimini chastotalarini oktavali chiziqlarida o’lchang

  • shovqin manbai va shumomerni o’chiring

  • natijalarni xisobotning 11 chi jadvaliga kiriting L tovushni yutish bosimiga kiriting.

  • tovush yutuvchi to’siq samarasini – to’siqsiz kameradagi o’lchovlarga tovush yutuvchi to’siqli o’lchovlar natijalarining ayirmasi sifatida aniqlang.

  • Olingan natijalarni xisobotning 11 jadvali Lr – L bo’limiga kiriting.

7.3. Shovqinni pasaytiruvchi (cheklovchi - fanera) to’siq qo’llash samarasini aniqlang.

  • kamerani oching

  • shovqinni yutuvchi to’siqni olib shovqinni cheklovchi fanera to’siqni o’rnating.

  • shovqin manbaini yurgizing

  • kamerani berkiting

  • L izolyasiyalangan tovush bosimi darajasi o’lchovlarini chastotalar oktavali chiziqlarida 1.4. bobga muvofiq o’lchang.

  • shovqin manbai va shumomerni o’chiring.

  • O’lchov natijalarini hisoblang 11 jadvalga L izol. Bosimga kiriting

  • Tovush yutuvchi to’siqning samarasini to’siqsiz kameradagi o’lchovlar va tovush ayiruvchi to’siqdagi o’lchovlar ayirmasini topish orqali aniqlang (Lr – L izol).

  • Olingan natijalarni xisobotning 11 jadvaliga Lr – L izol bo’limiga kiriting.

  • Olingan natijalar bo’yicha (11 jadval) shovqin spektrlari (Ld, Lr, Lpogl, L izol.) har biriga doir chastotalar oktavali chizig’iga qarab grafik shaklini chizing.

  • Shovqinni o’lchangan va davlat normalarida ko’rsatilgan ko’rsatkichlarini bir-biriga taqoslang va xulosada ko’rsating.

  • 11 jadval asosida to’siqlarning eng past samarador oktavali chiziqlarini toping.

Eshitish organlari ma’lum diapozondagi, yuqori va pastdan chegaralar bilan cheklangan tovush to’lqinlarini sezadi va qabul qilish xususiyatiga ega.
Eshitish chegaralari

Download 287,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish