Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/108
Sana14.06.2022
Hajmi1,5 Mb.
#668198
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108
Bog'liq
fayl 1939 20210924 (1)

10.4.
 
Mahsulot sifatini boshqarish muammolari.
Sifat menejmenti tizimi zamonaviy f irmalarni boshqarishda 
muhim ahamiyatga ega. 
Zamonaviy adabiyot va amaliyotda sifat menedjmentining quyidagi 
kontseptsiyalari qo‘llaniladi:
-
sifat tizimi; 
-
sifatni boshqarishga asoslangan menedjment tizimi;
-
sifatni umumiy boshqarish;
-
sifatni ta‘minlash sifatni boshqarish;
-
sifatni statistik nazorati;
-
sifatni ta‘minlash tizimi; 
-
mahsulot garantiyasi;
-
umumiy ishlab chiqarish menedjmenti; 
-
ilg‘or ishlab chiqarish tajribasi; 
-
ishlab chiqarish resurslarini boshqarish tizimi sifat tizimi menejmenti. 
Ushbu sanab o‘tilgan kontseptsiyalar turli xildagi sifat muammolarini 
hal qilishda qo‘llaniladigan turli usullar mohiyatini aks ettiradi. 
Mahsulot sifatini boshqarish uning sifatini zaruriy darajada ta‘minlash 
maqsadida loyihalashtirish. tayyorlash, ishlab chiqarish va ishlatish jarayonlarida 
amalga oshiriladigan harakatlar majmuidir. Zaruriy sifat darajasi tadqiqot va 
loyihalashtirish bosqichida eng yaxshi ilmiy - texnik yutuqlarni tahlil qilish 
asosida tashkillanadi. Ushbu bosqichda sifatni boshqarish muhim ahamiyatga ega 


bo‘lib, bunga sabab, xuddi shu yerda kelgusi mahsulotning asosiy texnik iqtisodiy 
va eksplutatsion ko‘rsatkichlariga zamin yaratiladi. Ushbu ko‘rsatkichlar 
iste‘molchilarning zamonaviy talablaridan oldindan bo‘lishi talab etiladi. Chunki 
savdoga chiqquniga qadar u ma‘naviy jixatdan eskirishi mumkin. 
Mahsulot sifatini ta‘minlash uni ishlab chiqarish bosqichida amalga oshiradi. 
Bunda mahsulot sifati uni tayyorlash uchun normativ texnik xujjatlar sifati 
bilan belgilanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini baholash mezoni bo‘lib, 
haqiqiy texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlarning loyiha xujjatlarida belgilangan 
ko‘rsatkichlarga mos kelish darajasi xizmat qiladi. Tayyor mahsulot sifatini 
saqlash uni sotish va ishlatish
jarayonida ham amalga oshirish zarur. 
Mahsulotni sotish sifati uni tayyorlash va tashish sifatidan tashkil topadi. 
Ishlatilish sifati esa buyumdan foydalanish darajasiga, ehtiyot qismlar va 
sarflanadigan materiallar sifatiga shuningdek istehmolchilar malakasiga bog‘liq 
bo‘ladi. Yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlar
mahsulotning hayot siklini tashkil etadi. 
Mahsulot sifatiga ilmiy izlanishlarda, konstruktorlik va texnologik 
ishlanmalarda asos solinadi, tayyorlashda tahminlanadi va ishlatilish jarayonida 
realizatsiya qilinadi. 
Mahsulot sifatini ta‘minlash, saqlashning asosiy bosqichlarni xarakterlaydigan 
―sifat halqasi‖ mavjud. Ushbu bosqichlarni quyidagicha izohlash mumkin: 
-
talabni, mahsulot sifati va texnik darajasini prognozlashtirish (marketing 
tadqiqotlari);
-
fan - texnika taraqqiyoti yutuqlarini hisobga olgan holda; 
-
sifat darajasini shakllantirish, normativ texnik xujjatlarni tayyorlash; 
-
ishlab chiqarish korxonasini imkoniyatlarini tahlil qilish; 
-
sifatli xom-ashyo, material, komplektlovchi mahsulotlar bilan ta‘minlash; 
-
ishlab chiqarishni texnik tayyorlash, texnologik jarayonlarni ishlab 
chiqish, jihoz bilan ta‘minlash; 
-
normativ texnik xujjatlar va standartlarga javob beradigan mahsulot ishlab 
chiqarish; 
-
ishlab chiqarish sifatini texnik nazorat qilish, sinash, baholash; 


-
tayyor mahsulotni sotish uni saqlash, tashish va sotish jarayonida sifatni 
saqlash; 
-
tayyor mahsulotni o‘rnatish va ishlatish, xizmat ko‘rsatish va 
ta‘mirlash sifatini ta‘minlash

Mahsulot sifatini boshqarish jaryoni mahsulotning sifat darajasini belgilash; 
unga ta‘sir ko‘rsatuvchi buyum yoki uni ishlab chiqarish jarayon darajasi 
to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish va o‘ganish; mahsulot sifatini boshqarish 
to‘g‘risida qaror qabul qilish va unga ta‘sir ko‘rsatishga tayyorlanish boshqaruv 
qarorlarini ommalashtirish; boshqarish natijasida natijasida mahsulot sifatining 
o‘zgarishi o‘zgarishi haqidagi axborotlarni yig‘ish va tahlil qilishdan iborat. 
Mahsulotni loyihalashtirish, ishlab chiqarish va undan foydalanishning barcha 
bosqichlariga taalluqlidir. 
Hozirda dunyoda sifatni boshqarishning turli tizimlaridan foydalanilmoqda . 
Lekin bu tizimlarni mufaqiyatli faoliyat yuritish uchun ilg‘r xalqaro 
kompaniyalar tomonidan o‘zlashtirilgan sifatli boshqarishning 8 ta tamoillariga 
asoslanibtashkil etilishi kerak. Bu tamoillar sifatini boshqarish sohasidagi ISO 
9000 seriyali xalqaro standartlarni yaxshilashga asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Sifatni boshqarishning 8 tamoyili: 
1. Istemolchiga etibor qilgan holda ish ko‘rish
2. Boshqaruvning o‘rni
3. Ishchilarni jalb qilish 
4. Jarayonli yondashuv
5.Boshqaruvga tizimli yondashu 
6.Doimo yaxshilash 
7.Ma‘lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish 
8.Ta‘minotchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlar 
Zamonaviy sharoitlarda sifatni boshqarish quyidagi qoidaga asoslanadi, ya‘ni 
mahsulot ishlab chiqargandan keyingi sifatni boshqarish kutilgan natijani 
bermaydi, ushbu jarayon mahsulotni ishlab chiqarish vaqtida ta‘minlanishi zarur.


Sifat juda ko‘p tasodifiy sub‘ektiv omillar ta‘siri bilan belgilanadi. Ushbu 
omillarning sifat darajasiga ta‘sirini oldindan ogohlantirish uchun sifatni 
boshqarish tizimi talab etadi. Bunda mahsulot yaratish jarayoniga har 
tomonlama, doimiy ravishda ta‘sir etishi zarur. 
Sifatni boshqarish tizimi muhit, maqsad, dastur kabi tushunchalar bilan 
bog‘langan. 
Boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar farqlanadi.
Boshqariluvchi tizim tashkilot (firma va boshqa tizimlar)ni boshqarishning 
turli darajasi orqali ifodalanadi.
Boshqaruvchi tizim yuqori bo‘g‘in rahbarligidan boshlanadi. Aynan 
yuqori bo‘g‘in rahbarligi, firma o‘tgan davrga nisbatan yuqoriroq darajaga 
erishishiga qodir degan strategiyaga asoslanishi lozim. 
Firmaning tashkiliy tizimida sifatni boshqarish bo‘yicha ishlarni nazorat 
qilish bilan shug‘ullanuvchi maxsus bo‘linmalar ko‘zda tutilishi mumkin. Sifatni 
boshqarishning maxsus funktsiyalarini taqsimlash firma faoliyati hajmi va 
xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Menedjment ob‘ekti sifatida sifatga menedjmentning 
rejelashtirish, tahlil, nazorat kabi barcha tarkibiy qismlari xosdir. Zamonaviy sifat 
menedjmenti yirik chet davlatlar korporatsiyalari tomonidan olib borilgan 
tadqiqotlar natijalariga asoslanadi. 
Yetakchi firmalar faoliyatining asosi bo‘lib quyidagi ishlar xizmat qiladi: 

yuqori bo‘g‘in rahbariyatining manfaatdorligi;

ishlar sifatini yaxshilash bo‘yicha kengashni tashkil qilish; 

barcha rahbarlarni bajariladigan ishlar sifatini 

oshirishga jalb etish; 

kollektiv ishtirokni ta‘minlash; 

individual ishtirokni ta‘minlash; 

tizimlarni takomillashtirish guruhlarini tashkil etish; 

ta‘minotchilarni to‘liqroq jalb etish; 

boshqarish tizimlarining amal qilish sifatini ta‘minlash; 



sifatni oshirishning uzoq muddatli strategiyasi va qisqa 

muddatli rejalashni ishlab chiqish va amalga
 
oshirish; 

erishilgan natijalarni tan olish tizimini tashkil etish. 
Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni quyidagi operatsiyalardan tashkil 
topadi.
1. Sifatni boshqarish dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni 
rejalashtirish. 
2. Mahsulot sifatiga ta‘sir qiluvchi har qanday boshqariluvchi jarayon xolati 
haqida axborot olish va taxlil qilish. 
3. Sifatni boshqarishga oid qarorlar qabul qilish va obektga chilinadigan 
boshqaruvchi ta‘sirlarni tayyorlash. 
4. Boshqaruvchi ta‘sirlarni chiqarish. 
5. Boshqaruvchi ta‘sirlar yuzaga keltirgan mahsulot sifati ko‘rsatkichlarining

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish