Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Tarqatmalarning ro’yhati va tarmoqdagi yangiliklar



Download 4,75 Mb.
bet46/338
Sana25.01.2022
Hajmi4,75 Mb.
#410381
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   338
Bog'liq
ЗОБ 2021 УМК ОК

Tarqatmalarning ro’yhati va tarmoqdagi yangiliklar.

Tarqatmalarning ro’yhati, xatni bitta manzilga yuborish orqali ularni bir gurux manzillarga yuborish imkonini beradi. Xizmat u yoki bu tarqatma Lar ro’yhatiga a’zo bo’lish imkonini beradi, natijada siz turli mavzularda bo’ladigan elektron pochta munozalarida katnasha olasiz.

Foydalanuvchi pochta mijozi dasturi yordamida tarqatish ro’yhati (Mailling list) bazasi saqlanayotgan serverga yuboradi, so’ngra xat avtomatik tarzda o’sha tarqatmaga a’zo bo’lgan barcha mijozlarga jo’natiladi. Turli mavzular bo’yicha tarqatish ro’yhatlari mavjud. Ikki turdagi ro’yhat mavjud: xabardor bo’lish (faqat ma’lumot olishi mumkin) va muzoqarachilar (o’zi ham barcha ishtirokchilarga xat yuborishi mumkin).

Ayrim tarqatuvchilar ro’yhati moderator tomonidan tartibga solinib turiladi, ularning mavzulariga to’g’ri kelmaydigan xatlar chiqarib yuboriladi. Hozirgi kunda minglab bunday ro’yhatlar mavjud. Kishilar bilib – bilmay manna shu mavzudagi xatlarni olishga rozilik bildiradilar. Bu bilan ular avtomatik tarzda jamoaviy pochta tarqatmalari abonentiga aylanadilar. Ma’lumot server bazasidagi barcha a’zolarga yuboriladi. Ko’plab kompaniyalar tarqatmalar orqali o’z mijozlarining ma’lumotlar bazasini tashkil qilishga harakat qiladilar.

Tarmoq yangiliklari (Netnews) yoki yangiliklar guruxi (Newsgroups)- bu, Internet-konferentsiyaning global sistemasi bo’lib, u ma’lum mavzular doirasida, matnli munozaralar tashkil qilish imkonini beradi. Yangiliklar guruxidagi ma’lumotlar, bizni tassavvurimizda shakllanib qolgan yangilik bo’lishi shart emas. Bu ushbu gurux yangiliklarida muxokoma qilishga tashlangan ma’lumot bo’lishi mukin.

Newsgroups servisi tarqatishlar ro’yhati xizmati bilan bir qator o’xshash xususiyatlarga ega, lekin agar ma’lumot tarqatma ro’yhatda tarqatilgan bo’lsa, abonent qutisiga keladi va serverda xoxlagancha uzoq muddat saqlanishi mumkin. Lekin Newsgroups orqali tarqatilgan maqola yangiliklar guruxining barcha ishtirokchilari o’qish imkoniga egabo’ladi, lekin faqat ma’lum vaqtgacha saqlanib turadi. Agar tarqatma ro’yhat aniq biror bir tashkilotga tegishli bo’lgan, bitta serverda joylashtirilgan bo’lsa, unda Netnews bitta serverda emas balki butun dune bo’ylab minglab serverlarga kuchiriladi. SHuning uchun ushbu yoki boshqa xabarning o’quvchilari oldindan ma’lum bo’lmaydi.

Netnews pochta tarqatma ro’yhatlaridan o’zining ishtirokchilari doirasining chegarasizligi va obuna bo’lganlar ro’yhati saqlanadigan markaziy serverning mavjud emasligi bilan ajralib turadi. Har kim xoxlagan, o’ziga qulay vaqtda yangilikalar guruxiga qo’shilishi va uni birgalikda ko’pchilik bo’lib muxokama qilishi mumkin. Tarmoqli yangiliklarida ishlab uchun maxsus mijozlar dasturi bo’lishi kerak.

Yangiliklar guruxi bilan ishlash uchun mijozlar dasturi «Newsreader» deb nomlanadi. U xabarlarni o’qish, uchirish, maqolalarga javob berish va ularni yangiliklar guruxiga yuborishga imkon beradi.

Bir qator holatlarda bitta dastur o’z ichiga birdaniga bir necha xizmatlarni biriktira oladi. Masalan: Outlook Express, pochta mijozidan tashqari, o’z ichiga yangiliklar o’qish dasturini ham oladi.

Butun dunyo bo’ylab yangiliklarni tarqalishini ta’minlovchi mexanizmni tashkil etuvchi infrastruktura ya’ni katta miqdordagi yangiliklar serverlari mavjud.

Newsgroups dagi maqolalar uzatilish jarayonini mish-mishlar tarqatilishiga qiyoslash mumkin, biron yangilikdan xabardor bo’lgan har bir tarmoq bo’limi (ya’ni xabar qabul qilgan), boshqa tarmoqlarga yangiliklarni almashish uchun yuboradi.

Mijoz tomonidan yuborilgan maqola avval xabarlar kelib tushadigan lokal serverga keladi. SHundan keyin server qabul qilingan maqolani boshqa kushnilarga (maqola tegishli bo’lgan, bitta guruxga yozilganlarga), ular buni o’zlarining bazalariga saqlab olishadi va qo’shnilariga uzatadilar. Bu jarayon toki maqola barcha uzatuvchilarning serverlariga tarqatilgungacha davom etadi.
























Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish