Rahbariyat
Ishlab chiqarish
Devonxona
Elektron hujjatlarni
boshqarish sistemasi
Servis
Elektron hujjatlar
Huj.tasviri
Yuristlar
Lugg’at va tavsifnomalar
Marketing
Xavfsizlik xizmati
Buxgalteriya
Personalni boshqarish
Portal
Arxiv
10-rasm. Ish yuritish va elektron hujjatlar aylanishining avtomatlashtirish sistemasini (IXAAS)
IXAAS sistmasini ishlab chiquvchilar, o’zlarining shaxsiy matn redaktorlarini tuzib utirmasdan, Microsoft Office redaktoridan foydalanadilar. Bunda dasturchilar, hujjatlarni ish yuritish sistemasiga kiritib, unig hujjatlar aylanishi sistemasida o’tishini ta’minlovchi Word interfeysiga qo’shimcha funktsional knopka kiritadilar. Zarur holatlarda, mashinkada hujjatlarni ko’rish uchun foydalanuvchi Word dasturini ishga tushiradi.
SHunday qilib aytish mumkinki, ish yuritishning avtomatlashtirilgan sistemasi elementlarni sitemada optimal harakatlanishini ta’minlovchi konveyer hisoblanadi, Microsoft Office dasturi esa mana shu konveyer atrofidagi dastgoxlar bo’lib, uning yordamida hujjatlarni (detal) tayyorlab va uni konveyerga qo’yish mumkin.
IXAAS sozlanish darajasiga qarab ularni shartli ravishda, ikkita guruxga ajratsh mumkin: «konstruktorlar» va «qutichalar». Qutichali qaror – buyurtmachining talabiga ko’ra, ma’lum romkalarga sozlash mumkin bo’lgan, ko’plab korxonalarga mos keladigan tipik dastur hisoblanadi. Konstruktor esa turli modullardan tashkil topib, korxona talablariga moslashtirishga katta e’tibor berilib, maxsus dasturlash kompaniyalarini taklif etishni taqazzo etadi. Bu esa albatta uning qiymatini orttirib yuboradi.
Ananaviy ish yuritish va hujjatlar aylanishi sistemasiga ega bo’lgan korxonalar qutichali qarorlarni avzal ko’radilar. Uning avzalliklariga: bu mahsulot ko’plab korxona va tashkilotlarda ishlatilib ishnoch kozongan, buyurtmachining xoxish va e’tirozlarini hisobga oladi, doimo to’liq hujjatlarga ega, ko’p uchraydigan xatolar ro’yhati mavjud, shuningdek qiymatining arzonligini ham kiritish mumkin.
Quticha qarorlariga quyidagilarni misol qilishimiz mumkin: «Gran - Dok», «DELO»(Elektron Ofis sistemalari (http://www.eos.ru/), «Evfrat - dokumentooborot» Congnitive Tehnologies (http://www.evfrat.ru/) , konstruktorlikka esa «Landocs», «BOSS - Referent»(http://www.it.ru/), «Zolushka» NTTS IRM (http://www.mdi.ru/) va boshqa ko’plab garbda ishlab chiqilgan dasturlar.
«BOSS - Referent» “AyTi” konstruktorlik toifasiga mansub bo’lib foydalanuvchi ko’p bo’lgan, korxonada hujjat ta’minoti jarayonlarini avtomatlashtirish bilan birga, shartnomalarni bajarilishini, moddiy ob’ektlarga tashqi va ichki xizmat ko’rsatish, potentsial mijozlar, hamkorlar va ta’minotchilar bilan o’zaro munosabatlarni olib borilishini ta’minlaydi. «Evfrat - dokumentooborot» Congnitive Tehnologies esa o’rta va kichik biznes sub’ektlari uchun mos keladi. SHuning uchun ham bu dasturlar O’zbekistondagi xo’jalik sub’ektlari uchun juda mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |