Absolyut xokimyat madaniyati- kompaniya boshida absolyut xoqimyatga ega bo’lgan kuchli rahbar turadi. Nazorat direktor tomonidan sub’ektiv amalga oshiriladi va tanlanma xarakterga ega. Xoqimyat strukturasi «Kim rahbarga yakin bo’lsa, o’sha kuchli» tamoyili bilan belgilanadi.
Rolli madaniyat – asosiy tamoyili «funktsiya uni bajarayotgan insondan muximroqdir». Bo’limlar o’rtasidagi ishlar, ishchi guruxlar o’zaro harakatlarining kommunikativ qoidalari bilan tartibga solinadi. Firmada ixtisoslashuvning aniq chegarasi mavjud, funktsiyalar belgilab berilgan. Hujjat aylanishining tartibi yozib qo’yilgan: kim, kimga va kaysi ko’rinishda informatsiya berishi kerak. Ishlarni bajarilishida bir maromda ishlash qo’llab-kuvvatlanadi, vaqtdan ortiqcha ishlash yoklanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |