Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Shaxsiy marketingning maqsadi



Download 4,75 Mb.
bet111/338
Sana25.01.2022
Hajmi4,75 Mb.
#410381
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   338
Bog'liq
ЗОБ 2021 УМК ОК

Shaxsiy marketingning maqsadi – aldovsiz va yolgon va’dalarsiz o’z shaxsiga e’tiborni qaratishdir.

O’zingizni ma’lum bir iste’mol qiymatiga ega bo’lgan «mahsulot» sifatida tasavvur qilib ko’ring, bunda oddiy tovarni bozorda o’tkazishda foydalanilayotgan kontseptsiyalar (qarashlar, fikrlash usullari)ni qo’llash mumkin. Agar siz o’z karerangizni rivojlantirmoqchi bo’lsangiz, siz uchun quyidagilar zarur:



  1. Siz o’zingizni ilgari surmoqchi bo’lgan istiqbolli rivojlanuvchi bozorda marketing tadqiqotlarini o’tkazish;

  2. Bozorda talabgorlikni oshishiga kumaklashuvchi zarur xususiyatlar (malakalar)ni tadqiq qilish;

  3. O’zingiz va aloqalaringiz to’g’risidagi ma’lumotlarni tartibga solish;

  4. O’z personangizni sotishni marketing tadqiqotlarini o’tkazish.

Biz yuqorida ko’rib chiqqan SWOT – tahlili sizning karerangizni rejalashtirishga yordam beradi.

Inson o’zini biror bir «mahsulot» sifatida tasavvur kilar ekan, boshqa mahsulotlar kabi o’zining ma’lum «hayotiy tsikl» iga (paydo bo’lishi, o’sishi, yetuk bo’lishi, tuyinishi, voz kechilishi, iste’moldan chiqishi) ega ekanligini anglash qiyin emas.

Mahsulot avval yaratiladi, bozorga chiqariladi, u to’g’risida xabardor bo’lishiga qarab uni taniy boshlaydilar, keyin talab tuyinadi, Yangi raqobatchi mahsulotlar paydo bo’ladi va alohal mahsulot iste’moldan chiqib ketadi. Xudi shu narsa inson bilan ham yuz beradi – tugiladi, ukiydi, bilim va ko’nikmalar oladi (bozorda kerak bo’ladigan), mehnat bozorida o’zini sotadi, agar o’zining iste’mol sifatlarini qancha faollashtirsa, shunchalik muvaffaqiyatli sotadi. Ma’lum bosqichda o’rniga yosh mutaxassislar keladi va uni o’rnini egallaydi, u esa nafakaga chiqariladi. Lekin, ayrimlar pensiya yoshigacha ishlay olmaydilar. Agar bozor tahlil qilib borilsa, talab muddatini o’zaytirish mumkin.

Mehnat bozoriga bir qancha omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi: iqtisodiy, siyosiy, texnologik.

Ma’lum soxa mutaxassisi, o’sha soxadagi takomillashtirishlarni, Yangi mahsulotlarni paydo bo’lishini, tajribali personalni bozorga kirib kelishi, boshqa joylardan ishdan bo’shaganlar, institutlarni bitiruvchilarni va arzon ish kuchini kirib kelishini hisobga olishi kerak.

Bunday tahlil uchun insonning umumiy va noyob malakalari ro’yhatini tuzish, hamda uning hozirgi kundagi va istiqboldagi bozordagi raqobatbardoshligiga baho berish kerak bo’ladi.

Inson asosiy professional malakasiz ishga joylasha olmaydi, lekin tarakkiyot odatda noyob malakalar asosida amalga oshadi.

Insondagi ayrim iste’mol sifatlar xudi «mahsulot»dagidek tahlil qilinganidan keyin, ma’lum bozorda 3-5 yildan keyin kim bo’lishini belgilab olishi kerak.

Tovarni sotilishini ta’minlash uchun narx siyosati muxim rol uynaydi. Marketingning asosiy jixati tovarlarni tarqalish kanali bilan bog’liqdir. Tarqatish kanallari to’g’risida gap borar ekan, ularni quyidagi variantlarini keltirish mumkin:


  1. Turli xududlarda faoliyat ko’rsatish;

  2. Turli hajmdagi kompaniyalar;

  3. Turli mulkchilik shakllari.

Har bir tarqatish kanali tovar narxiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Mehnat bozorida ham boshqa har qanday bozor kabi, tovarlarni sotilishining o’ziga xos elementlari mavjud. Inson o’ziga xos tovarni sotuvchi sifatida, ish beruvchi sotib oluvchi sifatida va rekruting agenti vositachi sifatida ishchining malakalari jamlamasiga baho beradi.

Reklama sifatida sotuvchi tomonidan yoki ayrim hollarda vositachi (reseller)- rekruting agenti yordamidan foydalanib to’zgan rezyumedan foydalaniladi.

Rekruting agentligi ko’p hollarda ish beruvchilarning buyurtmasi bo’yicha ish olib boradi, bunda uning ayrim talablariga javob beruvchi, ma’lum sifat belgilariga ega bo’lgan ishchini topib berishi kerak. Ularga zarur ishchi-xodimlarni matbuot va Internetda reklamalarni joylashtirish orqali qidirib topadilar. Asosiy vosita sifatida suhbatlashishni keltirish mumkin. Ish qidiruvchi bilan bo’ladigan suhbatda unga test topshiriklarini, ishbilarmonlik uyinlarini taklif qilish mumkin. Masalan, marketing xodimiga ma’lum bir tovar taqdimotini o’tkazishni tayyorlashni tavsiya etish mumkin.

Agar gap yuqori malakali (executive search) top-menejerlar haqida ketadigan bo’lsa, odatda ular band bo’ladi, shuning uchun ularni biror-bir kompaniyadan o’z kompaniyasiga ogdirib olishga to’g’ri keladi. Bu jarayon «ovlash» deb yuritiladi va head hunting («oxota za golovami») – «boshlarni ovlash» deb nom oldi.

Oliy o’quv yurtining bitiruvchilariga mutaxassislik va ish joyini tanlash, birinchi kadamni to’g’ri qo’yishga alohida e’tibor berishlari kerak. Bu joyda S.Kovining iborasi juda o’rinlidir: «Agar narvon boshqa devorga qo’yilgan bo’lsa, sen qancha pogonani bosib o’tgan bo’lmagin, baribir xech yerga borolmaysan». Bu qancha sodda bo’lmasin, rivojlangan jamiyatlardagi ishchi-xodimlarga qancha ko’p maosh to’lanilmasin va karerasi qancha tez yuqoriga kutarilmasin, inson o’z ishidan qoniqish hosil qilmaydi.

Bunda yosh ish qidiruvchi uchun ish joyini tanlashda bir-birini inkor etuvchi uchta mezon mavjud:



Pul

Karerasining o’sishi Malakviy tajribasi



Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish