E-mail-jo’natmalarining yaxshi uslubi.
Jo’natma xatning kirish qismi qisqa bo’lishi va shaxsiy murojaat ko’rinishida bo’lishi maqsadga muvofiq. «Dunyoda eng yaxshi», «Axborot texnologiyalari olamida tan olingan yetakchi», «Haridor ehtiyojlarini To’la qondirish» kabi jumlalarni matndan chiqarib tashlash kerak. Ma’lumotlarni foizlarda ko’rsatish, yetakchilikni esa bozordagi mavke bo’yicha (iloji bo’lsa, marketing agentligiga ishora bilan) aniqlash foydaliroqdir.
Reklama xatlari matnlari sifati ideal bo’lishi zarur, chunki unga qarab kompaniya va uning mahsulotiga baho beriladi. Foydalanuvchilarning madaniy darajalaridagi farqlarni hisobga olib xat uslubi universal va keng auditoriyaning xech bir katlamini kamsitmaydigan bo’lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |