Hujjatlarni rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar.
Xizmat hujjatlarini rasmiylashtirish standart formatdagi qog’ozlarda amalga oshiriladi. Bu formatlar A O – A 11 oralig’ida bo’ladi va quyidagi o’lchamlarda bo’ladi:
AO
|
841 x 1189
|
A 1
|
594x841
|
A 2
|
420x594
|
A 3
|
297 x 420
|
A 4
|
210 x 297
|
A 5
|
148 x 210...
|
A-6.........A-9
|
.................
|
A 10
|
26 x 37
|
A 11
|
18 x 26
|
Amaliyotda A 4 va A5 formatdagi qog’ozlardan keng foydalaniladi. Katta sxema va jadval mavjud bo’lgan hujjatlar A 3 formatdagi qog’ozlarda aks ettirilishi mumkin. Har qanday hujjat qog’ozda yozilganida to’rttomonida bush maydon bilan chegaralanishi kerak. Jumladan, tepadan va pastdan 20 mm, chapdan 20-30 mm va ungdan 10 mm bo’sh maydon bo’lishi talab qilinadi.
Hujjatlar ko’p qismli tashkilot blankalarida (ish qog’ozlarida) rasmiylashtiriladi. Blanka (ish qog’ozlari) – bu doimiy axborot yozilgan va o’zgarib turuvchi axborotlaruchun joy ajratilgan standart qog’oz varag’idir.
Hujjatlardagi axborotlarni nafaqat matn elementlari orqali, shuningdek barcha rekvizitlar orqali ham yetkaziladi. Har bir turdagi hujjat uchun, davlat standartlarida ko’zda tutilgan rekvizitlar yigindisi mavjud:
1-rekvizit. Davlat tassarufidagi tashkilotlarning ish qog’ozlarining yuqori qismiga qo’yiladi.
2-rekvizit. Tashkilotning emblemasi (timsoli) qog’ozning chap yuqori burchagiga tashkilot nomi oldiga qo’yiladi.
3-rekvizit. Tashkilot tomonidan olingan davlat nishonlarining nomi va belgisi.
4-5 rekvizitlar. Hujjatlarni avtomatlashtirish uchun ishlatiladi kodlar: OKUD – boshqaruv hujjatlarining umumiy klassifikatori; OKPO – korxona va tashkilotlar umumiy klassifikatori.
6-7-8 rekvizitlar. Xizmat hujjatining muallifini belgilaydi: 6-tarmoq, Vazirlik yoki yuqori tashkilot, 7-korxona va 8-bo’linma.
9-rekvizit. Muallif tashkilotning manzili, masalan, 170000 Andijon shahar Navoiy shoxkuchasi 32 uy, kommutator yoki devonxonaning telefon nomeri.
10-11 rekvizitlar. Sana va indeks. Indeks hujjat tayyorlangan bo’linma nomi, xat jo’natilganidan keyin nusxasi saqlanadigan joy, papkaning nomeri (tikiladigan papka) va hujjat chiqish tartib nomeridan tashkil topadi.
12-rekvizit. Kirayotgan hujjatning sanasiga va indeksiga ishora qilish; masalan: «Sizning 08.08.08 dagi № 03 – 21/145 sonli xatingizga javoban...»
Bunday javob xatni olgan devonxona 03-indeksli bo’linmaga, 21-deloga va 145 tartib raqamli xatga javob kelganligini anglaydi.
Hujjat tashqarga chiqarilishidan oldin ayrim mansabdor shaxslar bilan kelishiladi va so’ngra rahbar tomonidan imzolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |