Maqsadlar madaniyati yoki komanda madaniyati - asosiy xususiyati: to’g’ri odam, to’g’ri joyda. Firmada ekspertlar eng yuqori makomga ega. Har masala bo’yicha ishchi gurux tuziladi. Yuqori raqobat ko’rashi mavjud bo’lgan bozorda va mahsulotning hayotiy tsikli qisqa bo’lganida kompaniyaning harakati mana shu printsip asosida amalga oshiriladi.
SHaxs madaniyati- bunday tashkilot xodimlarida mustakillikka bo’lgan ehtiyojlari juda yuqori bo’ladi, ular korporativ mijozlarni topish uchun imidjli maqsadlar bo’yicha birlashadilar. Bunday firmalarda struktura minimal bo’ladi va mijozlarga xizmat ko’rsatish maqsadida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |