Kengayuvchi bannerlar ( pull-down banner ads)
Tajribadan ma’lumki, reklama asosiy matnni berkitmaguncha, uning samaradorligi yuqori emas. Kengayuvchi bannerlarda sichkoncha tugmachasi bosilgach, banner yoyilib, bir necha soniya davomida ekranning ko’p qismini egallab turadi va bundan so’ng oddiy banner ulchamlariga qaytadi.
Suzib chiquvchi oynalar (pop-up va pop-under)
Web reklamaning eng sur, ya’ni sizni gashingizga tegadigan shakli - bu o’z oynasida paydo buluvchi suzib chiquvchi oynalardir. Pop-up oynalari o’zi bilan asosiy matnni butunlay berkitib qo’yadi va uni o’qish uchun pop-up oynalarini chetga surish yoki yopish zarur. Pop-under oynalari esa asosiy matnning tagida ochiladi.
Pop-up reklama foydalanuvchilarni chalgitadi, asabiga tegadi, lekin oddiy bannerlarga nisbatan samaraliroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |