Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Chakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish tarmog’ini shakllantiruvchi omillar



Download 1 Mb.
bet57/158
Sana31.12.2021
Hajmi1 Mb.
#220144
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   158
Bog'liq
МаркетингМажмуаЛотинЯнги12.05.2020

2. Chakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish tarmog’ini shakllantiruvchi omillar

Chakana savdo firmalarining turlari 4 ta mezon bilan farq qiladi:

  1. do’konning jixozlari

  2. mijozga xizmat ko’rsatish darajasi

  3. tovar assortimenti

  4. savdoda xizmat ko’rsatish xarakteriga ko’ra farqlanadi.

Iste’mol kooperativi – bu chakana savdo do’konlari bo’lib, iste’molchilarni o’zi boshqaradi (ko’proq oziq-ovqat bozorida).

Savdo kooperativlari – bu bog’liq bo’lmagan do’konlar tarmog’i bo’lib, odatda bitta ta’minotchidan bitta va o’shandan xarid qilinadi. Uning afzalligi – xaridorlar ko’z o’ngida yirik savdo tarmog’i imijini yaratish (past narxlari bilan jalb yetuvchi).

Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko’pchilik vazifalarni bajaradi. Ulgurji savdodan sanoat korxonalari, tijorat firmalari va davlat muassasalari ulgurjisiga tovar sotib olishlari mumkin. Ulgurji savdo ahamiyati quyidagichadir:


  • chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarning tor assortimentini kengaytirib taklif etadi;

  • katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini kamaytiradi;

  • yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar bozorini chuqur o’rganadi;

  • tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zahiralarini shakllantiradi;

  • ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o’rtasida mustahkam aloqa bog’laydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar.

Ulgurjisiga faoliyat ko’rsatish tovar ishlab chiqaruvchilar, tijoratchi firmalar, agent va brokerlar orqali amalga oshirilishi mumkin.

Vositachi hamkorlarni tanlash hamma tovar ishlab chiqaruvchilar uchun muhim davr hisoblanadi. Eng avvalo shunga ahamiyat berish kerakki, tanlab olinayotgan vositachi bir vaqtning o’zida sizning firmangizning bozoridagi raqobatchisi bo’lmasligi kerak. Umumiy holatda vositachi firmalar ichidan sizning tovaringizni sotish bo’yicha maxsuslashganini tanlash zarur. Yana vositachi firmaning bozordagi obru - e’tibori, mavqei, moliyaviy ahvoli qanday va qaysi bank bilan ishlaydi kabi savollarga javob olishi kerak. Uning asosiy belgilaridan savdo shaxobchalarining moddiy texnikasi, joylashishi, sotuvchi xodimlarning malakasi va boshqalar. Oldin sinash uchun biror yilga shartnoma tuziladi va vositachi savdo firma vaqili, rahbari - menejeri vositachini shaxsan o’rganadi va uning shaxobchalariga boradi. Vositachilar iloji boricha ko’proq tanlanadi va ularning marketing - bozor dasturlariga ahamiyat beriladi.

Hozirgi sharoitda vositachilar bajaradigan vazifalar va ko’rsatadigan xizmat turlari g’oyat ko’p. Ular quyidagilardan iborat:


  • sotishni tashkil etish ishlarini bajarish - kontragentlarni izlash, sotuvchi nomidan xaridni rasmiylashtirish, tovar haqi uchun pul to’lanishini xaridor nomidan kafolatlash, reklama kompaniyalarini o’tkazish va bozorni tadqiq qilish;

  • transport - tashish ishlari, yukni sug’urtalashni amalga oshirish, savdo harakatlarini moliyalash;

  • texnikaviy xizmat, sotishdan keyingi texnikaviy xizmat ko’rsatish;

  • bozor to’g’risidagi axborot to’plash va uni taqdim etish.

Olib - sotish harakatlari mazmuniga qarab, bu ish bilan savdo uylari, eksport, import, ulgurji, chakana firmalar, distribyuterlar, stokistlar shug’ullanadilar. Savdo uylari bunday ishlarni asosan o’z hisobiga amalga oshiradi.

Savdo - vositachilik ishlarining navbatdagi turi - komission faoliyat komissioner deb ataladigan, bir tomonning komitent deb ataladigan ikkinchi tomon topshirig’i bilan ikkinchi tomon hisobidan, ammo o’z nomidan bitishuvlarni amalga oshirishdan iborat. Komitent bilan komissioner o’rtasidagi o’zaro munosabatlar komissiya shartnomasi bilan tartibga solinadi.

Komission ishlarining yana bir ko’rinishi - konsignatsiya xarakteridir. Konsignator - eksporter (konsitrat)dan o’z omboriga tovar konsignatsiya shartnomasi belgilangan muayyan shartlarda sotadi. SHartnomada junatilgan tovar nomi, narxi, sotish muddati va boshqalar ko’rsatilgan bo’ladi. Konsignator tashqi savdo ishlaridagi komissionerlarning ko’rinishlaridan biri, lekin u tovarlar savdosini konsignat belgilagan narxlarda, uning hisobiga, ammo o’z nomidan olib boradi.

Agentlik harakat (ish)lari - printsipial deb ataladigan bir tomonning agenti (savdo va tijorat) deb topshirigidan iborat.

Sanoat agenti muayyan joylarda o’zaro raqobatda bo’lmagan bir qancha sanoatchilar tovarlarni sotish bilan shug’ullanadilar. Aksariyat hollarda savdo agentlari kommivoyajerlar deb yuritiladi.

Kommivoyajer - savdo firmasining tayyor agenti namunalari,

Brokerlik savdo - vositachilik ishlari vositachi - broker orqali sotuvchi va xaridor (sug’urtachi bilan sug’urta qildiruvchi, kema egasi bilan kemani ijaraga oluvchi) o’rtasida aloqa o’rnatishdan iborat. Brokerning qaysi yo’nalishida faoliyat olib borishidan va u kimning nomidan ish qo’rishdan kat’i nazar, u hamisha faqat tor yuridik ma’nodagi vositachi tarzida ish olib boradi. Broker xech qachon shartnomadagi tomonlardan biri bo’la olmaydi, faqat tomonlarni o’zaro uchrashtirish, shartnoma tuzishga yordamlashish vazifasini bajaradi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish