7.2. Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko’rsatkichlari hamda baholash uslublari
Har davrda bozor kon’yunkturasi qaysi tovar chiqarishni ko’paytirish, qaysi tovarga talabning kamayishi haqida aniq ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlar ishlab chiqarish uchun ham savdo firmasi uchun ham zarurdir. Bozor kon’yunkturasi bozorda muvozanatni mavjudligi yoki bo’zilganligi bilan xarakterlanadi. SHunga ko’ra bozor kon’yunkturasi ijobiy va salbiy, qulay va noqulay bo’lishi mumkin.
Bozor kon’yunkturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar miqyosiga va sotib oluvchilarning xarid qobiliyatiga bog’liqdir, narx- navoga, modaning o’zgarishiga qarab har xil bo’ladi. Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga sarflangan qo’shimcha resurslar, ularning qaytarib berish muddatlari, tovar zahiralari dinamikasi, eksport va import, shuningdek narx - navodagi o’zgarishlar yo’nalishiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovar taklifi o’rganiladi.
Uzoq muddatli o’sish imkoniyalarini aniqlash va kon’yunktura tahlili bir -biri bilan bog’liq va u bir-birini to’ldira boradi.
Sifatli tahlil qilish uchun to’plangan ma’lumotlarni 3 ta guruhga bo’linadi:
-o’tgan davr kon’yunktura ma’lumotlari;
-tadqiq qilinayotgan davr kon’yunktura ma’lumotlari;
-kelgusidagi kon’yunkturaga ta’sir yetuvchi ma’lumotlar.
Umumxo’jalik kon’yunkturaning tahlilini izlanishni maqsadiga ko’ra ikkita yo’l olib borish mumkin:
Agar ma’lum bir vaqtning ichida kon’yunkturaning rivojlanish tendentsiyalari va sur’atlarini bilib olish masalasi qo’yilgan bo’lsa, u holda kon’yunktura tahlili shu vaqtning ichida uning dinamikasini o’rganish yo’li bilan olib boriladi,
Agar eng oxirgi sanaga kon’yunktura holatini aniqlash masalasi qo’yilgan bo’lsa, u holda iqtisodiy tsiklning fazasini va faza ichidagi misol tariqasidagi joyini aniqlash yo’li bilan olib boriladi. SHuni e’tiborga olish kerakki, kon’yunktura tahlili va uzoq tendentsiyalarning rivojlanishini aniqlash o’zora bog’liq va bir - birini to’ldiradi.
Kon’yunktura tahlili jamiyatning xo’jalik xyotining qiyinligini hisobga olmagan holda u yoki bu qarashlarni tasdiklaydigan o’zboshimchalik bilan tanlangan omillar va statistiktik ma’lumotlarga yendoshib emas,balki bir-biriga qarama-qarshi hodisalarning yig’indisiga yendashish kerak.Kon’yunktura tahlilining shakli bu kon’yunktura sharhi va ma’lumotnomasidir.
Mahsulotni ishlab chiqarishni belgilanganligiga qarab,mahsulotni absolyut birligi ulchovlarida ishlab chiqarib, ishlab chiqarish davrini davomiyligi,iste’molchilar doirasi tezroq yoki sekinroq kon’yunkturani o’zgarishini aks ettiradi.
Ba’zi tarmoqlar,masalan kora metallurgiya,xavo va suv transporti,kurilish belgilangan iste’molchilar uchun oldindan buyurtma qilish tizimi bo’yicha ishlaydilar.Boshqalar esa, ya’ni avtomobil , radioelektron va shu kabilar qisqa muddat ichida ishlab chiqariladi va bozorda noma’lum iste’molchilarga sotiladi. Uzoq muddatli tovarlarni ishlab chiqarishni qisqarishi yoki o’z ishi natijasida ishlab chiqarish kon’yunkturasini yaxshilash yoki yomonlash aniq ko’rsatkichi bo’lib hisoblanmaydi. CHunki katta buyurtma portfelining kattaligi yoki shunday tarmoqlarda uning yo’qligi mahsulot ishlab chiqarish dinamikasining iqtisodiy tsiklning dinamikasidan rad etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |