Prognozlash (bashorat qilish) usuli - o’rganilayotgan ob’ektning utmishdagi va hozirgi ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan ilmiy asoslangan oldindan ko’ra bilish. Turli xil tarkibiy qismlarni prognozlashga asoslangan qisqa muddatli (1,5) yilgacha, O’rta muddatli (5 yil) va uzoq muddatli (10-15 yil) prognozlar mavjud. Taqdim etish shakliga ko’ra, miqdoriy va sifat prognozlariga, tadqiqot ob’ektlarini qamrab olish bo’yicha umumiy va qisman prognozlashga taqsimlanadi.
Raqobat - 1) alohida shaxslar O’rtasida har biri o’zi uchun shaxsan erishini maqsad qilgan bitta yo’nalishdagi, xususan tadbirkorlar O’rtasida kattaroq foyda olish, savdo bozori, xomashyo manbalari uchun ko’rash; 2) moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, sotish va iste’mol qilsh jarayonida bozor tizimi sub’ektlarining kommunikatsiyasi, ko’rashi, o’zaro aloqalari iqtisodiy jarayoni; 3) bozor munosabatlarining tartibga soluvchisi, FTT va jamoatchilik ishlab chiqarishining samaradorligini kuchaytirish stimulyatori.
Do'stlaringiz bilan baham: |