Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Bozor kon’yunkturasini bashorat qilish uslublari



Download 1 Mb.
bet39/158
Sana31.12.2021
Hajmi1 Mb.
#220144
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   158
Bog'liq
МаркетингМажмуаЛотинЯнги12.05.2020

7.4. Bozor kon’yunkturasini bashorat qilish uslublari

Umuman bashoratni aniqlash ma’lum ob’ektning bo’lajak holatini, ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir.

Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi shart:

1. Kelajakda bozor kon’yunkturasiga ta’sir yetuvchi omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish.

2. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo’lishi.

3. Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi etarli bo’lishi.

4. Xulosalarni aniq va ravon tilda, ayniqsa qaror qabul qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi.

5. Bozor kon’yunkturasi istiqboli o’z vaqtida aniqlanishi va korxona, assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo’llaniladi.

Bozor kon’yunkturasini iqtisodiy tenglikka yo’likmaslik, muvozanatiga erishish sharti hisoblanadi.

Bozor kon’yunkturasini bashorat qilish uslublarini 4 ta katta sinfga bo’lishimiz mumkin.

1. Faktografik uslublar. Bu bashorat qilishning shunday uslubiki, unda o’tgan davrda bo’lib o’tgan haqiqiy omillardan axborotli asos sifatida foydalaniladi. Bu ma’lumotlar miqdor va sifat xarakteriga egadir. Bozor kon’yunkturasini bashorat qilishning faktografik uslublari o’z navbatida 3 turga bo’linadi. Birinchi turi yekstropolyatsiya va interpolyatsiya uslublari yig’indisidan iborat bo’lib, bu turdagi modellar uchun chiziqli funktsiyalarni tuzishda boshlangich axborotdan foydalanish xarakterlidir. Ikkinchi turi statistik uslublar bo’lib, ular ikki va undan ortiq o’zgaruvchan bashorat qilish ob’ektlarining o’zaro aloqalarini tadqiq qilishda qo’llaniladi. Uchinchi turi mazkur ob’ektlarning kelgusidagi rivojlanishini shunga o’xshash ob’ektlarning rivojlanish qonuniyatlari bo’yicha tadqiq qilishga asoslanadi.

2. Ekspert uslublar u yoki bu sohadagi mutaxassis-ekspertlarning fikr va mulohazalarini qayta ishlashga asoslanadi. Bashorat qilishning ekspert baholash uslubi intuitiv va analitik uslubni o’z ichiga oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni jalb qilishga, amalda bashorat qilish ob’ektini rivojlantirish jarayonlarini aniqlash hamda shaxsiy yeruditsiya va tuygu vositasida kelgusidagi o’zgarishni baholashga asoslangan uslublar kiradi. Analitik uslublarga bashorat qilish ob’ektini tadqiq qilish jarayoni modelini mantiqan tahlil qilishga asoslangan usullari kiradi.

Bozor kon’yunkturasini bashorat qilishda ekspert baholash uslublari, ayniqsa, intuitiv uslublar keng qo’llaniladi.

3. Yekstropolyatsiya uslubi. Yekstropolyatsiya uslublari bozor kon’yunkturasining turli ko’rsatkichlari va xususiyatlarini bashorat qilishda qo’llaniladi. Yekstropolyatsiya formalar yoki jarayonlarning kelgusidagi holati qonunlari, nazariyalari hamda tajribasini keng yoyishni takozo qiladi, ya’ni bu holda yekstropolyatsiya bashorat qilish amalga oshirilayotgan ob’ektning ilgarigi rivojlantirish tendentsiyalariga tayanadi.

Ekstropolyatsiyaning bozor tadqiqotlarida qo’llaniladigan asosiy modellaridan biri – bu trend modelidir. Trend modellari jarayonlarni vaqtga nisbatan o’zgarishning asosiy yo’nalishlarini ko’rsatadi.

4. Yekonometrik modellar. Yekonometrik modellar iqtisodiy jarayonlar paramerlarining stoxastiklarini nazarda to’tgan holda bozor kon’yunkturasining turli ko’rsatkichlari O’rtasidagi o’zaro aloqalar va proportsiyalarni miqdoriy bayon qiladigan regression va balans tenglamalari tuzish orqali ifodalanadi. Yekonometrik modellash bozor kon’yunkturasini bashorat qilishda keng qo’llaniladi. Ular ishlab chtkarish va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, bozordagi narxlar darajasi, raqobat va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, iste’molchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing tadbirlarini amalga oshirish va unga ta’sir qiluvchi omillar O’rtasidagi va boshqa jarayonlar o’zgarishni matematik modellar yordamida tahlil qilishga hamda bashorat qilishga yordam beradi. Yekonometrik modellarning xususiy holi korrelyatsion va regression modellashdir.

Bozor kon’yunkturasini tahlil va bashorat qilish natijalari firmaning biznes-reja tuzishda yoki firmaning bozordagi butun faoliyatini tartibga solishda va boshqarishda keng qo’llaniladi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish