Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
MBO (manajment by objestivs) boshqarish usulini tushitiring.
Vaqt yetishmasligi muammosining asosiy sabablari.
Vaqtini rejalashtirishda Pareto tamoyilidan foydalanish.
Vaqtini rejalashtirishda ABC tamoyili foydalanish.
« Ish meni emas, Men ishni boshqaraman» tamoyilidan foydalanish.
«Microsoft Office» dasturlarining ilovalari bilan ishlashning ish vaqtida foydalanishga ta’siri.
Elektron pochta va telefonda oqilona muloqot qilishnining ahamiyati.
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro’yhati
Vesnin V.R. «Sekretы sekretarskogo dela». http://www.ails-nuu.tk.
Gerchikova I.N. «Menedjment». Moskva, 2005 g Proxorov A. «Rabota v sovremennom ofise» .www.INTUIT.ru
Rusinov F. i dr. Menedjment: uchebnik. M.: FBK-PRESS , 2009g.
Falinskiy I.P. «Osnovы vneshnoekonomicheskix svyazey». www.RosBES.ru.
Xovard K., Korotkov E. «Printsipu menedjmenta: upravlenie v sisteme tsivilizatsionnogo predprinimatelstva». Uchebnoe posobie. Moskva, 2011g.
Internet ma’lumotlari:
http://www.dit.perm.ru
http://www.refportal.ru
http://www.allbest.ru
9 mavzu. Tashkilotlarda kompyuterlardan foydalanishdagi xavfsizlik muammolari
Reja:
AyTi (IT) xavfsizligi bilan bog’liq muammolarning kelib chiqish sabablari.
IT-xavfsizligi muammolarining turli darajalari.
AyTi (IT) xavfsizligi bilan bog’liq muammolarning kelib chiqish sabablari
Korxonalar ochiq sistema bo’lib tashqi muxit ta’sirida bo’ladi. Tashqi muxit omillari esa korxonaga nisbatan doimo agressivdir. Menejment fani asoschilaridan biri G. Emerson shunday degan edi: «Kaerdaki hayot bo’lsa, o’sha joyda xavf bo’ladi», bundan ko’rinib turibdiki bu daxoning aytgan gaplari na faqat XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida, balki XXI asrda ham o’z mohiyatini yo’qotmagan. IT sistemalari rivojlanib borgan sari, u yerda axborotlarni saqlab qolish muammolari ham o’sib bormoqda. Agar rahbar o’zini, «men butunlay xavfsizman» deb xis qilishi, bu juda ham xavflidir.
Zamonaviy ofislardagi IT muammolari biznes ehtiyojlari, xavfsizlik talablari va xususiylik tamoyillarining bir – biri bilan o’zaro munosabatlaridan kelib chiqadi. Biznes ehtiyojlari deganda: kompaniyaning strategik axboroti, raqamli xuquqlarni boshqarish, biznesni personallashtirish, biznes ehtiyoji sifatida axborotlarni ayriboshlash tushiniladi. Xavfsizlik talablari esa xodimlar va mijozlarning harakatlarini monitoring qilib borish, ishonch, ma’lumotlarning maxfiyligi, raqamli xuquqlarni boshqarish, kompaniyaning strategik axborotidir. Xususiylik tamoyillariga anonimlik, axborot almashinuvida shaffoflik, nazorat va tanlab olish kiradi.
Bunda shu narsa ma’lum bulmoqdaki, biznez ehtiyojlari, xavfsizlik talablari va xususiylik tamoyillari bir biri bilan qarama – qarshilikka kirishmoqda, chunki biznes o’z tabiatiga ko’ra axborotlar almashish orqali faoliyat ko’rsatadi. Xavfsizlik tamoyillari esa axborotlarni maxfiy bo’lishini talab qiladi.
Kompaniya rahbariyati, foydani ko’paytirish maqsadida ta’minotchilarga, mijozlarga va hamkorlarga, o’zining korporativ axborotilarga kirib borishga imkon yaratib berishga majbur. Lekin, korporativ axborotilar maxfiylik unsurlariga ega, ushbu ma’lumotlarning oshkor bo’lishi, ayniksa raqobatchilar qo’liga tushib qolishi, biznesni yo’qotishga olib keladi. Raqobatchilar doimo boshqa korxonalar to’g’risida ko’proq ma’lumot olish va to’plashga harakat qiladi. Bundan ko’rinib turibdiki, ma’lumotlar faqat ishonchli shaxslargagina berilishi kerak, ya’ni korporativ axborotlarga ega bo’lishni avtorizatsiya sistemasini ishlab chiqish kerak. Ushbu sistema ma’lumotlarni kim olayapdi va o’zini tanishtirgan shaxs, xaqikatdan ham o’sha shaxsmi degan savollarga javob berishi kerak. Ehtiyojlardan kelib chiqib, avtorizatsiya xodimlar, hamkorlar va mijozlarning harakatlarni monitoring qilish sistemasini yaratib oladi.
Hamkorlar va mijozlar to’g’risida ma’lumotlarni to’plab borish, ular haqida qo’shimcha ma’lumotga bo’lish va unga yaxshiroq xizmat ko’rsatish imkonini yaratadi, pirovard natijada kompaniyaning foydasi ham ko’payib boradi. Lekin, hamkorlar va mijozlar to’g’risida ko’plab ma’lumotlarni to’planishi, ularning shaxsiylik xuquqlarini bo’zilishiga olib keladi. Jumladan, Internet – magazinlarning ko’plab mijozlari, ular bergan buyurtmalar to’g’risidagi ma’lumotlar, uchincha shaxslar tomonidan foydalanishlaridan kurkishini aytmoqdalar. Xavfsizlik xizmati xodimlari, mijozlar va korxona xodimlari raqamli xuquqlarni boshqarish sistemasini joriy qilganlarida, doimo norozilik bildiradilar, chunki bu ularning harakatlari ustidan aygokchilik qilishga imkon yaratadi.
Ish beruvchi va xodimlar o’rtasidagi nizolar, «alamzada xodim» deb nomlanga IT mummolarini keltirib chiqaradi. Bunday hollarda xodimning raqobatchilarga o’tib ketishi, ko’plab ma’lumotlarning oshkor bo’lishiga olib keladi.
Bundan tashqari, ko’plab kompaniyalar istemolchilarning axborot sistemasidan foydalanib o’z reklamalari ularga tikishtiradilar. Axborotlarni ommaviy tarqatish vositalari qanchalik ko’p bo’lsa, vijdonsiz reklama beruvchilar mijozlarning shuncha ko’p vaqtini ugirlaydilar. Va nixoyat, o’zini kim ekanligini isbotlash istagi ham, kimlarnidir informatsion sistemasini bo’zishga, biznesini izdan chiqarishga harakat qiladi, vaholanki, bu ularga xech qanday foyda keltirmasa ham. Bunga yaqqol misol qilib – kompaniyalarga millionlab zarar keltiruvchi turli viruslar xujumini uyushtirish. Tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, davlat organlari tomonidan ularni takib qilish, jazolash tadbirlari, bu soxada virus tarqatib nom chiqarish istagini kamaytirmayapdi. SHu o’rinda foydalanuvchilarning korporativ tarmoqdagi savodsizlarcha qilgan xatti – harakatlari oqibatida fayllar yo’qolmoqda yoki ma’lumotlar oshkor bo’lib qolmoqda. Ma’lumotlarni himoya qilish sanoat josuslaridan tijorat va ishlab chiqarish sirlarini o’z ichiga oladi. CHunki hozirgi kuchli raqobat ko’rashi bozorni egallash va raqobatchilarni yo’q qilishni takozzo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |