Oraliq nazorat o’quv-uslubiy boshqarma tomonidan belgilangan muddat va vaqtlarda (semestrning 12 haftasida) taqdimot tarzida olinadi.
Mazkur nazorat turi semestr davomida bir marotaba o’tkaziladi va maksimal 35 ball beriladi.
Yakuniy nazoratda ballar taqsimoti (o’zlashtirish ko’rsatkichlari bo’yicha):
Joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy balning 55 foizidan (39 baldan) yuqori ball to’plagan talabaga yakuniy nazoratda ishtirok etish huquqi beriladi. Yakuniy nazoratdagi variantlar har bir talabaga takrorlanmaydigan holda alohida tuzilib, har biri 5 ta topshiriqdan iborat bo’ladi.
Yakuniy nazoratdagi yozma ishlarni baholash mezonlari har bir topshiriq uchun maksimal 6 balldan belgilangan.
Talaba:
a) 26 - 30 ball yig’ish uchun 4 ta topshiriqni ham bajarishi kerak.
b) 21 - 25 ball yig’ish uchun 4 ta topshiriqni to’liq, 5-topshiriqni qisman bajargan bo’lishi kerak.
v) 17 - 5 bahoyig’ish uchun 3 ta topshiriqni to’liq, 4-topshiriqni qisman bajargan bo’lishi kerak.
g) 0 - 16 ball to’plashi uchun 2 ta topshiriqni to’liq va 3-topshiriqni qisman bajargan bo’lishi lozim.
Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiқ quyidagi formula orqali hisoblanadi:
UB=JN1+JN2+ON+YN
bu yerda: JN1,2- birinchi va ikkinchi joriy nazorat; ON – oraliq nazorat; YN – yakuniy nazorat.
Yozma ishlarni professor-o’qituvchilar ikki kun davomida tekshirib, baholarni e’lon qilishi va tegishli hujjatlarda қayd etishlari lozim.
Talabaning fan bo’yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi:
=
bu yerda: V – semestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi (soatlarda), UB – fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda).
III. Nazorat turlarini o’tkazish muddati
Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar tematik rejaga muvofiқ dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o’tkaziladi. Yakuniy nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o’tkaziladi. Talaba fan bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni ushbu fan bo’yicha to’plagan ballari umumlashtirilishiga qadar topshirishi shart.
Joriy nazoratlarda saralash balidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirishi uchun navbatdagi shu nazorat turigacha, oraliq nazorat uchun yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi.
Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo’yicha to’plangan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo’lsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo’yicha to’plagan ballari yig’indisi 55 baldan kam bo’lsa, talaba akademik қarzdor hisoblanadi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko’ra rektor buyrug’i bilan uch a’zodan kam bo’lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi va talabaning ballari qayta ko’rib chiқiladi.
Talabaning nazorat turlari bo’yicha erishgan natijalari kafedra, dekanat va o’quv-uslubiy boshqarmada kompyuter xotirasiga kiritilib, muntazam ravishda tahlil qilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |